1. Polietnik va monoetnik davlat tushunchasi va uning belgilari



Download 37,22 Kb.
bet1/4
Sana26.09.2021
Hajmi37,22 Kb.
#185574
  1   2   3   4
Bog'liq
6-MAVZU (2)


6-Mavzu: Polietnik va monoetnik davlatlarda milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar

REJA

 

1. Polietnik va monoetnik davlat tushunchasi va uning belgilari



2. G‘oya va ularning namoyon bo‘lish xususiyatlari

3.  Milliy g‘oya va milliy o‘zlikni anglash

 

 

1. Polietnik va monoetnik davlat tushunchasi va uning belgilari



Ijtimoiy taraqqiyotning borishiga qarab millatlar rivojlanib bordi. Faqat birgina XX asr davomida Er kurrasidagi axoli 1,7 milliarddan 6,2 milliardgacha o‘sgan, yani 3,5 karra oshgan. Demak millatlar yiriklashib xam bormokda. Er yuzasidagi axoli masalalari bilan shugullanuvchi mutaxassislarning xisoblariga ko‘ra xozirgi davrda 2.5minga 7.5mingacha turli millatlar va elatlar mavjud. Raqamlardagi bunday katta tafovutni tushunish mumkin, chunki er yuzining kismlarida xali axoli soni, tarkibi va millati farqlari etarli urganilgan emas. Undan tashkari, axolining qaysi guruxini millat deb atash mumkin, kaysini esa elat deyish ma’qul degan masalada umumqabul qilingan meyor va mezonlar yo‘q va xar bir tadqiqotlar guruxi o‘z qoidalari asosida ish ko‘radi. Ammo, masalani yangilashtirish maqsadida jaxon milliy- ommabop adabiyotlar er yuzidagi millatlar va elatlarning soni 3 mingtaga teng, deyiladi.

Er yuzidagi axoli tarkibi to‘g‘risida so‘zlaganda yana ko‘zda tutilishi lozim bo‘lgan narsa millatlarning er yuzi axolisidagi salmog‘i masalasidir. Mutaxassislarning xisoblariga ko‘ra, er yuzi axolisining 96 foizi u yoki bu darajaga uyushgan millatlar bo‘lib, 4 foizi esa elatlar va kabilalar. Bazi xalqlar o‘zining kamsonligi, tarqoq xolda katta xududlarda istiqomat kilishi kabi sabablar ko‘ra millat bo‘lib uyusha olmaganlar. Ular elat holida qolib, o‘z atrofidagi yirik millatlar bilan xamkorlik yo‘lidan bormoqdalar. Bunday elatlar er yuzida anchagina bo‘lib, kamsonliklari va tarqoqliklari sababli insoniyat xayotiga sezilarli tasir ko‘rsatmaydilar, ammo ximoyaga muxtojlar.

Millatlarni son jixatdan shartli ravishda besh guruxga buladilar.

1)        Buyuk millatlar (xar bir 100 mln-dan ortiq millatlar: Xitoylar , Xindistonlar, Indonezlar, YAponlar, Amerkaliklar, Ruslar va boshqalar);

2)        Katta millatlar (xar bir 50 mln.dan yuz milliongacha: Inglizlar, Fransuzlar, Ispanlar, Olmonlar, Turklar, V’etnamlar, Meksikanlar va boshqalar);

3)        Yirik millatlar (xar biri 10 mln.dan 50 mln.gacha: O‘zbeklar, Kozoklar, Portugallar, Greklar, CHexlar, Argentinalar va boshqalar);

4)        O‘rta miyona millatlar (xar biri 1 mln.dan 10 mln.gacha: Kirgizlar, Turkmanlar, Tojiklar, Finlar, SHvedlar,Albanlar, Boshkirdlar, Latishlar, Bolgarlar va boshqalar);

5)        Kichik millatlar (xar biri bir necha un mingdan bir milliongacha: CHechenlar, Ingushlar, osetinlar, Kalmoklar, komilar, Buryatlar, Korakalpoklar va boshqalar).

Millatlarni bunday farqlash kundalik munosabat, savdo-sotiq va umumiy malumot uchun qo‘laniladi, chunki mamlakatlarning import yoki eksport imkoniyatlari axolining soniga xam bog‘liqdir. Ammo bunday farqlash davlatlarning, millatlarning siyosiy huquqlariga ta’sir ko‘rsata olmaydi . Masalan, turli xalqlar Tashkilotlarda 1 mlrd 260 mln axoliga ega Xitoy xalq Respublikasi va Xind okeani bag‘rida joylashgan Seyshel orollari davlati, bor-yugi 80ming kishidan iborat axoliga ega bo‘lsada, teng ovozga egalar.

Millatlarningi tengligi va teng huquqliligi tamoyili xalqaro munosabatlarning eng asosiy tamal toshlaridan biri xisoblanadi. Teng huquqlilik tamoyili buzilgan xolda bo‘ladi. Millatlarning teng huquqliligi teng olish millatlararo munosabatlarning asosidir. O‘z kuchi, salobati, xarbiy saloxiyati va kushinining soniga suyanib ish ko‘rish, manmanlarga, kalondimog‘lik bilan o‘zidan kichik, mayda millatlarga muomalaga bo‘lish, birinchiadan, xalqaro millatlar xamjamiyatining millatlarning tengligi to‘g‘risidagi tamoyillariga ziddir va ikkinchidan, kamsitilgan kichik millatlarga ichki norozilik va g‘azab xissini uyg‘otib, qonli to‘qnashuvlarga sababchi bo‘lishi mumkin.

Millatlararo totuvlik – millatlararo ahillik, xalqaro do‘stlik; milliy mafkuraning asosiy g‘oyalaridan biri; muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Er yuzidagi 1600 dan ortiq millatdan bor-yo‘g‘i 200ga yaqini o‘z davlatchiligiga ega, xolos. Bunday sharoitda butun dunyoda millatlararo totuvlikni ta’minlash uchun ularning manfaatlari, ruhiyati, intilishlarini muntazam o‘rganib borish, siyosiy-ijtimoiy hayotda buni doimo e’tiborga olish zarur. Jahon tajribasi millatlararo totuvlikni ta’minlashga biryoqlama, yuzaki yondashuv jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Xususan, davlatga o‘z nomini bergan millat bilan usha joyda yashaydigan boshqa mil¬lat va elat vakillari o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy e’tiborni talab qiladi. Aks holda, jamiyat hayotidagi tinchlik va barqarorlik izdan chiqishi mumkin. Bu masala bizning mamlakatimiz uchun ham juda muhim.

O‘zbekiston hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagani xalqimizning azaldan bag‘rikengligini ko‘rsatadi. Millatlararo munosabatlarda uyg‘unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko‘p millatlilik jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. Millatlararo totuvlik g‘oyasi umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik hamda barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda Er yuzida 6 mlrd.dan ziyod aholi mavjud. O‘zbekiston hududida esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda. Har bir millat YAratganning mo‘‘jizasi bo‘lib, o‘z tili, dini, maslagi, qadriyatlari, an’analariga ega. SHu bois mazkur ma’naviy omillarning amal qilishi millatlararo totuvlikning muhim shartlaridan sanaladi.

Davlatlar bu borada ko‘p millatli (polietnik) va bir millatli (monoetnik) tarkibga ega bo‘lib, har biri o‘ziga xosligi bilan bir-biridan farq qiladi. Har bir mamlakatda turli millat vakillarining mavjudligi azal-azaldan unga o‘ziga xos tabiiy rang-baranglik baxsh etib kelgan. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o‘ziga xos qadriyatlari ham bor. Umumiy qadriyat va xususiy manfaatlar bir-biriga zid kelib qolishi yoki uyg‘un bo‘lishi mumkin. Bunda muayyan mamlakatdagi milliy siyosat muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, butun jahondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog‘likdir.

Butun dunyoda, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan etnoslar o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, hamkorlik, hamjihatlik, teng huquqli munosabat bo‘lmasa, ulardan hech biri o‘zining porloq istiqbolini ta’minlay olmaydi. SHu bilan birga, bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng qondirish, ular rivojini ta’min¬lash juda murakkab masala ekanini ham anglamog‘imiz darkor. Millatlararo totuvlik g‘oyasi ana shu masalani to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Bu g‘oya – bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir. Bu g‘oya - har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to‘la ruyobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.

Mamlakatimizda ushbu g‘oyani amalga oshirishga katta e’tibor berilmokda. Birinchi Prezident I.A.Karimov O‘zbekistonning bu boradagi o‘ziga xos siyosatini bayon etib, ta’kidlaganidek: «Respublika aholisi o‘rtasida ko‘pchilikni tashkil qiladigan o‘zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‘z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdnri uchun, ularning o‘ziga xos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‘zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas’ul bo‘lishdan ham iboratdir»[1]. Bunday muhit millatlararo munosabatlarda turli muammolar tug‘ilishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi va Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, olijanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», deb aniq, belgilab quyilgan. «O‘zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi. YUrtimizda bugungi kunda 130 dan ortiq milliy-madaniy markazlar ishlab turibdi. Ularning turli yo‘nalishlardagi faoliyati, birinchidan, o‘z vakillarini milliy tarix, urf-odatlar va an’analardan xabardor qilishga, ikkinchidan, xalqning o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir etib, millatlararo totuvlikning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.




Download 37,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish