Menejment tamoyillari. Mehnat taqsimoti tamoyili. Vakolatlar va javobgarlik tamoyili. Intizom tamoyili. Yakka hukmronlik tamoyili. Harakatlar birligi tamoyili. SHaxsiy manfaatlarni bo’ysindirilishi tamoyili. Xodimlarni mukofatlash tamoyili. Markazlashtirish tamoyili. Qoyali zanjir tamoyili. Tartib tamoyili. Adolat tamoyili. Xodimlarning barqarorligi tamoyili. Tashabbus tamoyili. Korporativ ruh tamoyili.
Boshqaruv usullari. Boshqaruvning iqtisodiy usullari. Boshqaruvning ma’muriy usullari. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari.
Menejment tamoyillari boshqarish tizimiga, strukturasiga va tashkil qilish jarayoniga talablarni belgilaydi.
Menejment tamoyillari barcha darajadagi menejerlarni rahbarlikni amalga oshirishdagi asosiy boshlang‘ich nizomlar, qoidalarni aniqlaydi.
Menejment tamoyillari rahbarlik funksiyasini amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi g‘oyalar, qonuniyatlar va qoidalar tarzida ifodalash mumkin.
Menejmentning asosiy tamoyili boshqarishda markazlashgan va markazlashmagan tamoyilni optimal qo‘shib olib borish bo‘lib u qaror qabul qilishda vakolatlarni optimal taqsimotiga asoslanadi.
Yakkaboshlik va kollegiallik tamoyili. Uning mohiyati konkret darajadagi rahbar va huquq doirasiga kiradigan masalalarni yolg‘iz hal qilishida ifodalanadi.
Kollegiallik aniq qarorlarni ijrochilar hamda turli darajadagi rahbarlar fikri asosida kollektiv qarorlar qabul qilishni ifodalaydi.
Ilmiy asoslanganlik tamoyili. U tashkilotni ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishda vaqt bo‘yicha rejalashtirish, voqealarni oldindan ilmiy ko‘ra bilishni ifodalaydi. Uning asosiy mazmuni shundan iboratki, barcha boshqarish harakatlari ilmiy uslublar va yondashuvlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Rejalilik tamoyili. Istiqbolda tashkilotni rivojlantirish ko‘lamlari va asosiy yo‘nalishlarini rejalashda ifodalanadi.
Erkinlik va qisman avtonomlik tamoyili. Bunda barcha tashabbuslar harakatdagi qonunshunoslik doirasida o‘z xohishi bilan boshqarish funksiyasini bajarayotgan, erkin harakat qilayotgan iqtisodiy subyektlardan chiqishini taqozo qiladi. Masalan: kasbiy erkinlik, raqobat erkinligi, shartnomalar erkinligi.
Iyerarxiya va qayta aloqalar tamoyili. U o‘z organining boshlang‘ich zvenosi keyingi darajadagi rahbarlik organ nazoratida bo‘luvchi ko‘p bosqichli strukturani yaratishda ifodalanadi. Barcha zvenolar faoliyati ustidan doimiy nazorat qayta aloqalar orqali amalga oshiriladi.
Huquq, majburiyat va mas’uliyatni birga qo‘shib olib borish tamoyili. Tashkilotda har bir bo‘ysunuvchi o‘ziga qo‘yilgan topshiriqlarni bajarish va u haqda ma’lum davrda hisobot berib borishi kerak.
Motivlashtirish tamoyili. Agar menejer rag‘batlantirish va jazolash tizimini qunt bilan amalga oshirsa, uni ko‘zda tutilmagan holatlarni hisobga olgan holda qarab chiqsa, tashkiliy elementlarni birga qo‘shib olib borsa motivlashtirish dasturi samarali bo‘ladi.
Boshqarishni demokratiyalash tamoyili.Uning mohiyati, asosan, boshqarishda barcha xodimlar qatnashishini taqozo qiladi. Qatnashish shakli turlicha bo‘lishi mumkin: boshqarishda yagona ma’muriylik, birgalikdagi pul mablag‘lari, boshqarish qarorlarini kollegial hal qilish va hokazo.
Farmoyishlik va javobgarlik tamoyili. Ishlab chiqarish birligi yoki firma tomonidan qabul qilingan rejalar, yo‘riqnomalar, korxonaning yillar davomida to‘plangan an’analariga bo‘ysunishi va ularni bajarilishini ta’minlash farmoyishlik tamoyilining asosini tashkil qilib, kelajakni ta’minlovchi omillardan bo‘lib hisoblanadi.