1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari Reja Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi



Download 302,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.04.2022
Hajmi302,27 Kb.
#526137
  1   2   3   4
Bog'liq
1- mavzu. (2)



1-modul. Sanoat korxonalari bozor iqtisodiyotining sub’ekti sifatida 
1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari 
Reja 
1.
 
Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi 
2.
 
Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari 
3.
 
Korxonalarning ichki va tashqi muhiti. 
 
TAYaNCH SO‘ZLAR 
Korxona 
Tadbirkorlik 
Raqobat 
Xo„jalik mexanizmi
Tadbirkor 
Biznes 
Korxonalar yiriklashuvi
 
Mahsuliyati cheklangan jamiyat – bu 
nizom sarmoyasi ma‟lum tahsis hujjatlariga
Ishlab chiqarish
Mehnat predmeti
Korxona umumiy tuzilishi
Kombinatsiyalash 
Kooperatsiyalash 
 
1.1.Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi 
Insoniyat hayotining va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy borliq bilan 
bog‟liqligi. Inson nimaiki qilmasa, qanday ishga qo„l o„rmasa, o„z maqsadiga erishish yo„lida 
chegaralangan moddiy vositalarga duch keladi. 
Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak, inson o„zining birlamchi ehtiyojini (oziq-ovqat, 
uy, kiyim-kechak) qondirish maqsadida ular yerga ishlov berish, o„rmonlarni kesish, bino qurish, 
chorvachilik bilan shug‟ullanish, kiyim-kechak tikish kabi ishlab chiqarish jarayonlari bilan 
shug‟ullangan. Ushbular bilan bir qatorda insonning ijtimoiy, mahnaviy, mehnat qilish kabi 
ehtiyojlari ham mavjud. Ularni qondirish uchun ham inson moddiy va mahnaviy resurslarga 
duch keladi. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o„z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida 
ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o„z faoliyati doirasida yer, 
kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan foydalanuvchi va ularni yaratuvchi 
korxonalarni tashkil qilgan. 
Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, saqlash, 
sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‟ullanadi. 
SHunday qilib korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan 
jamiyatning birlamchi va asosiy bo„g‟inidir. 
Zamonaviy korxona – murakkab tashkiliy tuzilmaga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
sanoat korxonalarini tashkil etishning uchta asosiy yo„nalishda amalga oshadi: 
ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish (IITE); 
mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE); 
boshqaruvni ilmiy tashkil etish (BITE). 
Ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etishdan maqsad korxonalarda munosib texnik-texnologik 
tizim yaratishdir. Bu ishlab chiqarish jixozlari va texnologiyaning ishonchli va samarali ishlab 
turishi, xodimlarning o„zaro texnik-tashkiliy aloqalarini tartibga solishligini asos qilib oladi. 
Mehnatni ilmiy tashkil etishning (MITE) vazifasi - xizmatchilar jamoasida sog‟ lom 
rasmiy munosabatlarni barpo qilishdir. U, yuqori mahsuldorlikka samarali va ijodiy mehnat 
uchun sharoit yaratish bo„yicha o„lchovlar tizimini o„z ichiga oladi. Ammo, Mehnatni ilmiy 
tashkil etishning imkoniyatlari korxonaning texnik-texnologik holati, uning iqtisodiy va 
moliyaviy holatlari bilan cheklangan. 
Boshqaruvni ilmiy tashkil etish – korxonaning moddiy va insoniy tuzilmasiga maqsadga 
intilma ta‟sirini ta‟minlovchi texnik, iqtisodiy va ijobiy vositalar tizimidir. U, ularning yuqori 
mahnaviy–texnologik 
va iqtisodiy samaraga erishish maqsadidagi o„zaro ta‟siriga 
ko„maklashadi. 


Har qanday tadbirkorlik faoliyati – bu odamlar o„rtasida o„zaro aloqani tashkil etish 
asosida amalga oshiriladi. U qancha puxta bo„lsa va mohirona tartibga solinsa, iqtisodiy 
manfaatga, qilingan harajatlarni foydali to„ldirmoqqa ishonch shuncha katta bo„ladi. 
Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish1 ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan 
mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga bo„linadi. Masalan: og‟ir sanoat, 
yengil sanoat, qishloqxo„jaligi, transport, aloqa, savdo, har xil xizmat ko„rsatish tarmoqlari 
kabilar. Tarmoqlar esa korxonalar va ularni birlashmalarini o„z ichiga oladi. 
Tarmoqlar va sohalarni 4 xil katta guruhlarga bo„lish mumkin. 
Birinchisi - o„z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo„jalik mahsulotlarini, daryolar, 
dengizlar, okeanlar, o„rmon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqarish sanoatlariga 
yetkazuvchi tarmoqlar. 
Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloqxo„jaligi mahsulotlarini daryolar, dengizlar, okeanlar, 
o„rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. 
Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat ko„rsatuvchi tarmoqlar 
(transport, aloqa, kommunal xo„jalik, savdo-sotiq, tijorat, ta‟minot kabilar). 
To„rtinchisi - boshqaruv, yurispriditsiya, sog‟liqni saqlash, ta‟lim va boshqa aholiga xizmat 
ko„rsatuvchi sohalardan iboratdir. 
Milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar majmuasidan iborat bo„lib, ular hududlarda tarixan 
shakllanib, bir-biri bilan maqsad va vazifalari, xo„jalik aloqalari orqali tig‟iz bog‟liq, umumiy 
qonun qoidaga buysinuvchi yagona tizimdir. SHu sababli uni iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy 
ishlab chiqarish sifatida qaraladi. 
Milliy iqtisodiyotni asosini korxonalar tashkil qiladi. Barcha inson uchun zarur bo„lgan 
moddiy, ijtimoiy, mahnaviy borliqlar korxonalarda yaratiladi. Korxonalar, tarmoqlar va sohalarni 
tarkibini, mazmunini, masshtabini, rivojlanish darajasini belgilaydi. Ulardan tarmoq va xududiy 
birlashmalar tashkil topadi, shahar, tuman, viloyatlar tuziladi. 
Aksariyat adabiyotlarda korxonaning maqsadi to„g‟risida so„z yuritilganda, bu masalaga 
bir tomonlama qarashlarni kuzatamiz. Ya‟ni korxonaning maqsadi o„z faoliyatidan foyda 
(daromad) olish deb tahkidlanadi. Masalan: A.A.Sergeev - “Korxona - foyda olish maqsadida 
mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat qilish uchun barpo etilgan mustaqil faoliyat 
yurituvchi subhekt” deb tahriflaydi va “shakllari ko„pligiga qaramay korxonalar foyda olish 
maqsadi orqali bir xil tus oladi” deb takidlaydi1. Aslida korxona o„z mahsulotlariga bo„lgan 
talabni qanchalik to„la qondirsa uning samaradorligi shuncha yuqori bo„ladi. SHu borada 
Amerika avtomobil qurilishini hamda “Amaliyot falsafasini” yaratgan “fordizm” nazariyasini 
asoschisi Genri Fordni aytganlarini keltirish o„rinli deb hisoblaymiz. G.Ford o„zining 
tadbirkorlik faoliyatini maqsadini jamiyatga xizmat qilishda deb tushungan va “Faqat foyda olish 
uchun qilinadigan ish - eng yuqori darajadagi xavf-xatarli faoliyatdir. 
...Korxonaning maqsadi foyda olish yoki chayqovchilik emas, aksincha iste‟mol uchun 
ishlab chiqarishdir. Bordiyu xalq ishlab chiqaruvchi unga xizmat qilinmayotganligini sezib 
qolsa, uning kelajagi uzoqqa bormaydi”2 deb tahkidlagan. (Tarjima darslik avtorlariniki.) 
Taniqli tadbirkor “Bin” firmasini boshlig‟i L.P.Bin firmaning memorandumida, hamma 
ishchi va xizmatchilari bajarishi shart bo„lgan, quyidagi tezisni yozdirib, unga rioya qilishni 
qattiq nazorat qilgan: “Iste‟molchi - bizni shoximiz: Biz iste‟molchidan bog‟liqmiz, iste‟molchi 
bizdan emas. Hech kim, hech qachon o„z iste‟molchisi bilan tortishib, hech narsa yutmagan. 
Iste‟molchi - bu bizga o„z talabini keltiruvchilar. Bizni ishimiz ularni talabini o„zimiz uchun, 
hamda ular uchun ham foyda keltirish orqali qondirishdan iborat”. 
Nemis olimlari F.K.Bea, E.Dixtla, M.SHvaytasralar “Ekonomika predpriyatiya” 
(izdatelsskiy dom “INFRA-M”, 1999.) darsligida korxona faoliyatining samarasi o„z taklifi 
orqali talabni to„la qondirishga bog‟liq degan fikrni olg‟a surishgan. 
Bizning fikrimizcha, korxonaning asosiy maqsadini ikki yo„nalishdan iborat ekanligini 
tahkidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo„lsa, 


ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo„naltirilgan bo„lishi kerak. CHunki bu maqsadlarni 
har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi. 
Korxonaning maqsadi X – darajadagi foyda yoki daromad olish 
Y - darajadagi talab yoki ehtiyojni qondirish 
shbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni amalga oshirishini 
talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologik maqsadlarni kiritish mumkin. Talabga va 
standartga javob beradigan mahsulot yaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish 
programmalarini amalga oshirish uchun texnik maqsadlar qo„yiladi. Ularga eng avvalo tovar 
yoki mahsulotni yaratish va tayyorlash, ularning sifat ko„rsatkichlarini standartga moslash, ishlab 
chiqarish potentsialini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi. 
Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib, korxonaning oldiga 
ijtimoiy maqsadlar qo„yiladi. 
Tabiat va jamiyatni muhofazasini ta‟minlash har xil ko„rinishdagi ofatlarni (yonilg‟i, suv 
toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik maqsadlar amalga oshiriladi. 
Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarishi 
kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko„rsatib o„tamiz. Boshqaruv vazifasi, texnik-
texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo„jalik aloqalar, davlat bilan munosabatlar, 
informatsion ta‟minot, moddiy-texnik ta‟minot, ishchi kuchi ta‟minoti, ijtimoiy, ekologik va 
hokazolar. 
Bu vazifalarni ayrimlarining mazmuni, yechimlari ushbu darslikning keyingi boblarida 
yoritiladi, ayrimlariga javobni tegishli fanlar o„rganadi va boshqa adabiyotlardan topish mumkin. 
Korxona faoliyatida ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish takror ishlab chiqarish va 
muomala jarayonlari ro„y beradi. Ishlab chiqarish doirasi ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko„rish 
va mahsulot ishlab chiqishdan iborat. Takror ishlab chiqarish esa ishchi kuchini jalb etish va 
ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarini 
o„z ichiga oladi. Muomala doirasida korxona uchun zarur bo„lgan ishlab chiqarish vositalari 
harid qilinadi va tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar sotiladi. 

Download 302,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish