Ma'naviyat insonning ulg’ayishi va beqiyos kuch manbaidir



Download 27,44 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi27,44 Kb.
#787060
  1   2
Bog'liq
KHD.Manaviyat


Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
I bob. Ma'naviyat oiladan boshlanadi.
1.1. Ma'naviyat oiladan boshlanadi.
1.2. Ma'naviyat insonning ulg’ayishi va beqiyos kuch manbaidir.

II bob. Ma'naviyat beqiyos kuch.


2.1. Ma’naviyat bor joyda jaholat bo'lmaydi.
2.2. Ma’naviyat beqiyos kuch.
Xulosa.

KIRISH
Milliy istiqlol mafkurasining ma'no-mohiyatini chuqur anglab yetish uchun bu manfaatlarning har biri haqida tasav-vurga ega bo'lish lozim. Bu manfaatlar, tili, dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning hayotiy intilishlarini aks ettiradi. Ularning har biri xalqimizning bosh maqsadi bo'lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g'oyasi bilan chambarchas bog'liq.


Masalan, bosh g'oyamiz tarkibidagi «ozod» so'zi musta-qillik ma'nosini ham ifoda etadi. jMustaqillik tufayli odamlar tinch mehnat va ijod bilan shug'ullanmoqda, o'z mehnat natijalariga o'zlari egalik qilmoqda. Mustaqillik sharofati bilan milliy boyliklarimiz faqat o'zimizning manfaatimiz uchun xizmat qilmoqda. Ongimiz, tafakkurimiz erkin rivojlanyapti. Yurtdoshlarimizga mutelik va qaramlik hissi begona. Yurtimiz mustaqil bo'lib, o'z tanlagan yo'lidan olg'a boraversa, uning qudrati, obro'-e'tibori yanada ortadi./ Buni bilib oling. Hududiy yaxlitlik deb, mamlakat hududi-ning xalq xohish-irodasi asosida yagona va bo'Iinmas ekanini ifoda etadigan tamoyi Mamlakatimiz hududining yaxlitligi tamoyili o'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida belgilab qo'yilgan. Hududiy yaxlitlik yurtdoshlarimizning butun mamlakatimiz bo'ylab erkin harakat qilishi, yagona xalq bo'lib, umumiy maqsad sari intilib yashashini, mamlakat tinchligi va barqarorligini, hokimiyat idoralarining samarali faoliyat yuritishini ta'minlaydi, yurtimiz boyliklarining talon-toroj bo'lib ketishiga, boshboshdoqlikka yo'1 qo'ymaydi.
Buni bilib oling. Sarhadlar daxlsiziigi deganda, tarixan shakllangan, dunyo miqyosida tan olingan davlat chegaralari-ning qonun asosida muhofazalanishi tushuniladi.
Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi tamoyili o'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida belgilab qo'yilgan. Sarhadlarimiz daxlsizligi ham davlatimiz mustaqilligi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligining muhim shartlaridan biridir.
Oila muqaddas dargoh. Biz ana shu oilada kamol topamiz, ulg‘ayamiz va mustaqqil hayotga qadam qo‘yamiz. Har bir millat o‘z istiqbolini kamolga yetayotgan yoshlari timsolida ko‘radi. Shuning uchun ham jamiyatning tayanchi — oila sanaladi. 
O‘zbek xalqi qadim zamonlardan oilani muqaddas bilgan. Oiladagi tarbiya oilaviy hayotni kuzatish, o‘rnak olish va yaxshi o‘gitlar eshitish orqali shakllanadi.
Hozirgidek murakkab sharoitda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan xurujlar, ularning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani har birimizdan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni talab etmoqda. Oq-qorani ajrata olmagan g‘o‘r yoshlarni bunday oqimlar domiga tushib qolishdan asrash ta’lim-tarbiya ishiga mas’ul bo‘lgan ota–onaga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Ulug‘ ma’rifatparvar Abdulla Avloniy aytganlaridek, “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. 
Nazarimda oilaviy qadriyatlar asta-sekin zavol topayotgandek. Ayniqsa, bu vaziyat aholining yarmini tashkil etadigan poytaxtda avj olmoqda. Buni bir qancha dalilar bilan isbotlash mumkin. To‘g‘ri, shaharda raqobat kuchli, yaxshining o‘rnini zo‘r, zo‘rning o‘rnini undan ham uddaburoni bosaveradi. Demakki, tuzukroq ishga joylashib, to‘rt so‘m pul topishing, biringni ikki qilishing uchun jon-jahding bilan kurashmog‘ing kerak. 
Shu sabablimi, bugun birovning haqidan hazar qilish, halollik va mehnatsevarlik kabi oliy sifatlarni butkul unutib yuborgan oilalar ko‘paysa ko‘payyaptiki, aslo kamayayotgani yo‘q. Ayanchlisi, o‘zni o‘ylash, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yish, g‘irromlik kabi illatlar faqat bir avlodni zaharlayotgani yo‘q. Ular tarbiya asnosida keyingi avlodlarga ham meros bo‘lib qolmoqda.
Yana bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Hozirgi zamonda ma’naviy qadriyatlar o‘z joyini nafs, hirs, xoyu-havasga bo‘shatib berayotgani va ko‘p jihatdan aynan shu holat yoshlarimiz orzu-intilishlariga tamal toshi qo‘yayotganini ko‘rib-bilib turibmiz.
O‘zi uyini kitob o‘rniga, turli keraksiz buyumlar bilan to‘ldirib, vaqt topildi deguncha internet va televizordan bosh ko‘tarmaydigan, topganini to‘y uchun sariflaydigan, farzandlarini ham shunday yashashga o‘rgatayotgan ota-onalar afsuski oramizda bor. 
Ma’naviy qashshoq insongina o‘ziga berilgan shu qisqagina umrini boylik to‘plash, shon-shuhrat va mansabga intilishga sariflaydi. Ba’zida omi odamlar emas ziyolilar orasida ham shunday insonlar borligidan hafa bo‘lib ketaman. Bunday insonlar el koriga yarashga, yurt taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishga qodir emas! Afsuski, ularning zurriyodlari ham, ota-onasidan qolishmagan holda, hayot yo‘lini davom ettiradi. Bunday kelajak bilan uzoqqa borib bo‘larmidi? 
Ba’zi ota-onalar farzand tarbiyasiga beparvo bo‘lmoqda. Ayrim yoshlarning yengil-elpi hayotga moyilligi sezilmoqda. Erta va qarindoshlar o‘rtasida nikoh holatlari, oilaviy ajralishlar uchrab turibdi. Ijtimoiy-ma’naviy muhiti qoniqarli bo‘lmagan oilalarda yuzaga kelayotgan bu muammolarga yechim topish, ular yurt ravnaqi, yoshlar tarbiyasida to‘siq bo‘lmasligi uchun nima qilmoq kerak?
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar hokimligi va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Xalqaro oila kuniga bag‘ishlab Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kollejida tashkil etgan «Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish: muammo va yechimlar» mavzuidagi konferensiyada bu savolga Yashnobod tumani mahallalari faollari, namunali oilalar, olim va tadqiqotchilar, tibbiyot xodimlari, yoshlar birgalikda javob izladi.
Anjuman muhokamasida yosh avlod tarbiyasida oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilikning o‘rni masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Partiyaning Toshkent shahar kengashi raisi H.Boboxonov, yuridik fanlari doktori, professor B.Toshev va boshqalar bu masala yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi.
Ma’ruzalarda oilaviy ajrimlarning oldini olish profilaktikasi, globallashuv sharoitida oila farovonligini ta’minlashda axborot xavfsizligi kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.
...Hali kollejni tamomlamagan o‘quvchi qiz onaning qistovi bilan xolasining o‘g‘liga turmushga chiqadi. Yaqin qarindoshlar qurgan nikohdan nogiron farzand tug‘iladi. Ota-onasi tomonidan haddan ortiq taltaytirib yuborilgan farzand giyohvandlik domiga ilinadi...
Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji o‘quvchilari tayyorlagan sahna ko‘rinishlarida ba’zi oilalar hayotida uchrab turgan shu kabi voqealar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
– Mamlakatimizda har bir oilaning erkin, farovon yashashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda, – deydi O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari N.Yo‘ldosheva. – Bugungi tadbirimizning mazmun-mohiyati oila jamiyat ravnaqida muhim ahamiyatga egaligi, oila boshliqlari va a’zolariga o‘z huquq, burch va mas’uliyatlari, farzandlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishi lozimligini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Inson shunday yaralganki, u tabiat va jamiyatda paydo bo'ladigan ko'pdan-ko'p rnuammolarga yoshligidanoq javob izlaydi, Hayotdagi turli voqea-hodisalarning mohiyatini tushunishga intiladi. Dunyoning sir-asrorini sodda va aniq qilib izohlab beradigan biiimlar, tasavvur va tushunchalarga qiziqadi. Shu tariqa u doimo haqiqatni bilishga intilib, nimanidir kashf qilib, yangiliklarni qidirib yashaydi. Odamzodning qadim-qadimdan o'z intilishlariga mos g'oya va mafkurani yaratish yo'lidagi urinishlari ham uning asl haqiqatni bilish, olg'a qarab intilish, o'zining orzulariga munosib bo'lib yashash zaruratidan kelib chiqqan, Chunki g'oya va mafkura maqsadni ravshanlash-tiradi, insonning, xalq va millatning ruhi va tafakkuriga mos tarzda ifodalab, bu yo'ldagi harakatlarni knchaytiradi. Maqsad aniq bo'lsa, oldinga qarab intilish ham, hayotning ma'nosini tushunish ham, haqiqatni anglash ham oson kechadi.
G'oya va mafkura harakat manbai bo'lib xizmat qiladi. Shu bois inson o'z orzu-intilishlari, qiziqish va ehtiyojlarini amalga oshirish borasida dasturilamal bo'ladigan g'oya va mafkuraga doimo ehtiyoj sezadi. Bashariyatning ko'p asrlik tarixi, xalqimizning ko'hna tajribalari, mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo'Ii ham inson va jamiyat hech qachon g'oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko'rsatadi. Chunki tabiatda, jamiyatda bo'shliq bo'lmagani kabi, inson qalbi va ongida ham bo'shliq bo'lmaydi. Agar bunday bo'shliqqa yo'1 qo'yilsa, odamlar o'z orzu-intilishlari va hayotiy manfaatlariga mos qadriyatlarga emas, balki soxta g'oya hamda mafkuralarga ishonib, to'g'ri yo'ldan adashishi, yaxshilik o'rniga yomonlik, ezgulik o'rniga yovuzlik ortidan ergashib ketishi mumkin. Chunki soxta g'oya va maf-kuralar tajovuzkor bo'ladi. Tajovuz birovning hayoti, haq-huquqiga hujum qilib, uiarni izdan chiqarish, egallab olishga bo'lgan urinishni bildiradi. Tajovuzkor kuch bo*sh joyni tez egallaydi, zaif odamlarni tez bo'ysundiradi. U buzg'unchilik va vayronkorlikning asosidir. Shuning uchun dunyodagi aksariyat vayronkor kuchlar tajovuzkor g'oya va mafkuralardan kuch oladi. XX asrning 30-yillarida Germaniyada hukmronlik qilgan rashizm, o'tgan yuzyillik oxiri va XXI asr boshida Afg'onistonda ildiz otgan «Tolibon» harakatining kirdikorlari bunga misol bo'la oladi.
Bunyodkor g'oya va mafkuralar esa o'z ta'sirini ma'rifat asosida yoyishga intiladi. Prezident Islom Karimov aytganidek, ular jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash olib boradi. Chunki bunday g'oya va mafkuralar o'z haq-huquqini chuqur anglab etgan millat yoki xalqning ezgu orzu-intilishlarini ifoda etadi. Bunday g'oya va mafkuraga ega bo'lgan xalq hech qachon tajovuzkor kuchlar ta'siriga tushmaydi. Chunki uning qalbi va ongida bo'shliq bo'lmaydi, u har qanday vaziyatda ham o'zini kuchli va g'olib his qiladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida sobiq kommunistik mafkura hukmronligi barham topib, bu hududdagi yosh mustaqil davlatlar mustaqil rivojlana boshlagach, odamlarda yangicha qadriyat, yangicha g'oya va mafkuraga ehtiyoj paydo bo'ldi. Chunki istiqloldan keyin vujudga kelgan yangicha hayot imkoniyatlari yangicha orzu-intilishlarni yuzaga chiqarayotgan edi. Bu orzu-intilishlarni xalqning rulii va tafakkuri, turmush tarziga mos g'oya va rnafkuralarda aks ettirish zarurati tug'ildi. Shu bois Prezident Islom Karimov yurtimizda yangi jamiyat barpo etishning yo'1-yo'riq va tamoyillarini, xalqimizning bu boradagi niaqsad va vazifalarini asoslab berdi. Yangi jamiyat qurishning ana shu dasturi asosida islohotlar strategiyasi belgilab olindi, milliy davlatchiligimiz asoslari, ko'hna qadriyatlarimiz tiklandi, ma'naviyatga, milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasini shakllantirishga, yosh avlodni ma'rifiy asosda tarbiyalashga e'tibor kuchaydi.
Har qanday o'tish davrida, jamiyat hayotida bo'lgani kabi, odamlarning qalbi va ongida ham yangilanish jarayoni yuz beradi. Ular o'z umrini o'tab bo'lgan eski qadriyatlar, g'oya va mafkuralardan voz kechib, taraqqiyot talabi bilan shakllana boshlagan yangi g'oya va mafkuralarga, hayotiy qadriyatlarga ishona boshlaydi. Mana shu jarayonda ayrim tajovuzkor mafkuralar ham chiroyli va go'zal g'oyalar bilan niqoblanib, odamlarning qalbiga yo'1 topmoqchi bo'ladi. Bizning mintaqamizda ildiz otishga urinib ko'rgan ayrim tajovuzkor g'oya va mafkuralar ham ana shu jarayondan foydalanib, odamlarning qalbi va ongiga o'rnashib olishga urindi. Ular ayniqsa hayotda yuz berayotgan ijtimoiy o'zgarishlarni hali yaxshi anglab etmagan ayrim yoshlarni o'z ta'siriga tushirishga harakat qildi.
Odamlarning qalbi va ongida bo'shliq paydo bo'lishi va ularning zararli, tajovuzkor g'oya va mafkuralar ta'siriga berilishiga yo'l qo'ymaslik, istiqlol yo'Iidagi maqsadlarimizni xalqimizga singdirish maqsadida yurtimizda milliy mafkurani shakllantirishga alohida e'tibor berildi. Bu mafkuraning asosiy tushuncha va tamoyillari Prezident Islom Karimov asarlarida o'z aksini topgan. Shuning uchun yurtboshimizning asarlari asosida milliy istiqlol g'oyasi asosiy tushuncha va tamoyillari ishlab chiqildi va risola holida chop etildi.
Milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari shakllanib kelayotgan milliy mafkuramizning negizini tashkil etadi, uning ma'no-mazmunini ifodalaydi. Bu tushuncha va tamoyillar xalqimizning yangi jamiyat qurish borasidagi orzu-intilishlarini, istiqlol yillarida orttirilgan boy tajribalarni, milliy va urnumbashariy qadriyatlar uyg'unligi, g'oya va mafkuralar tarixi, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi bilan bog'liq bilim hamda tasawurlarni mujassam etadi.
Buni bilib oling. Milliy istiqlol g'oyasi bilan bog'iiq bilim va tasawurlarni bosqichma-bosqich o'rganib borish yoshlarda yuksak dunyoqarash, mustahkam e'tiqod va mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun mamlakatimizda «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» alohida fan sifatida o'qitilmoqda. U Prezidentimiz Islom Karimovning 2001-yiI 18-yanvardagi farmoyishiga asosan ta'lim tizimiga joriy etildi. Siz o'rganayotgan «MilIiy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» ham ana shu fanning tarkibiy qismidir.
Bu fan nimalarni o'rgatadi? V nega aynan «Miiliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» deb ataladi?
Bu fan milliy istiqlol g'oyasi bilan bog'liq bilim va tushunchalarni, xalqimizning boy ma'naviyatidagi bugungi zamonga mos eng zarur tamoyillar, urf-odat va an'analarni o'rgatadi.
Buni bilib oling. G'oya va ma'naviyat shaklianishi, ijtimoiy hayotdagi o'rni va vazifasi, tarbiyaviy ahamiyatiga ko'ra bir-biriga g'oyat yaqin. G'oya bilan bog'liq bilimlar ma'naviyat bilan bog'liq bilimlarni ham taqozo etadi. G'oya ham, ma'naviyat ham insonning qalbi va ongidagi o'zgarishlarni jamiyat hayotidagi voqealar bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Shularning barchasini inobatga olgan hoicia, bu fan «Milliy isliqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» deb ataladi.
Mazkur fanni o'rganishda yuqorida qayd etilgan «Milliy istiqlpl g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi, Prezident Islom Karimovning milliy g'oya va mafkura, ma'naviyatga oid asarlari, ajdodlarimizning boy merosi, miHiy va umumbashariy qadriyatlar asosiy manba, metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.
Bu fanning asosiy maqsadi mustaqil taraqqiyot jarayonida insonning e'tiqodi, dunyoqarashi, tafakkuri, xarakteri va fazilatlarini shakllantiradigan, ularga ta'sir etadigan ma'naviy-mafkuraviy asoslarni o'rganish hamda yosh avlod ongiga singdirishdan iborat.
Milliy istiqlol g'oyasimng asosiy tushuncha va tamoyillari, mustaqillik yillarida orttirilgan bilim va tajriba, xaiqimizning ma'naviy boyliklari, milliy va umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy taraqqiyot yutuqlari bu ma'naviy-mafkuraviy asoslarni tashkil etadi.
Milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyiliari deganda, biz mustaqillik yillarida yangi mafkurani shakllantirish borasida olib borilgan izlanishlar natijasida yuzaga keigan g'oyalar, qoida va taYiflar majmuini, tuyg'u va tushunchalar tizirnini tushunamiz.
«Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fanining 9-sinf uchun mo'ljallangan bu o'quv qo'llanmasida komil inson va ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjiViatlik va dinlararo bag'rikenglik kabi, o'zbekiston -- yagona Vatan», «ona tili -- millat ruhi», «Jaholatga qarshi ma'rifat» singari tushuncha va tamoyiilar haqida keng ma'lumot beriladi. Shuningdek, uncla «ma'naviyat» tushunchasi haqida atrotlicha fikr yuritiladi, xalqi-mizning ma'naviy qiyofasini belgilaydigan ko'pdan-ko'p mil-liy urf-odatlarimiz, an'ana va qadriyatlarimizning shakllanish tarixi, mohiyati, ulaming sobiq mustabidchilik zamonida qanday taqiqSangani, istiqlol yillarida qayta tiklanib, yangicha ma'no-mazmun bilan to'ldirilgani hayotiy misollar asosida tushuntiriladi. Vatanga muhabbat oiladan boshlanishmi inobatga olib hamda sizning quyi sinflarda «Odobnoma», Watan tuyg'usi» hamda «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fanlari bo'yicha olgan bilimlaringizni hayotiy asosda boyitishni nazarda tutib, ushbu qo'llanmada oila ma'naviyatiga doir tushuncha va tasavvurlarga ko'proq o'rin berilgan.
Bugungi milliy va umumbashariy taraqqiyot, inson ma'naviyati va tafakkurini kamol toptirish, unda mustahkam e'tiqod va dunyoqarash, mafkuraviy immunitet asoslarini shakllantirish bilan bog'liq bilimlarni ourgatuvchi bu fan ijtimoiy ianlarning deyarli barchasidan, ayniqsa, falsafa, tarix, adabiyotdan oziqlanadi, ularga suyanadi.
I. MILLIY ISTIQLOL G'OYASI
Ona Vatanimiz -- o'zbekiston mustaqillikka erishgach, o-'z xalqining orzu-intilishlari va manfaatSari asosida yangi jamiyat barpo etishga kirishdi.
Buni bilib oling. Jamiyat deb, odamlarning uyushib, jamoa va xa!q bo'lib yashashiga aytiladi.
Yangi jamiyat qurish deganda, xalqning asriy tnaqsad-nmddaolari va manfaatiariga javob beradigan, uning xohish-irodasiga mos zamonaviy ijtimoiy tuzumni shakllantirish jarayoni tushuniladi.
o'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning ma'no-mazmunini Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha ifodalab bergan: «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat'iy va o'zgarmas bo'lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat»1.
Xalqimizning yangi jamiyat barpo etish yo'lidagi orzu-intilishlari uning milliy g'oyasi va mafkurasini shakllantirishni hayotiy zaruratga aylantirdi. Yurtboshimiz bu zaruratni sharhlab, shunday degan edi: «Chunki milliy g'oya bo'lsa, maqsad oydinlashadi. Ezgu maqsad esa har bir kishini safarbarlikka da'vat etadi, jamiyatni yanada biriashtiradi. o'z milliy g'oyasi, milliy mafkurasiga ega bo'igan davlat mustahkam, qudratli va obod" bocladi»2.
o'zbekiston xalqi milliy istiqlol g'oyasi asosida yangi jamiyat barpo etmoqda.
Buni yodda tuting. Milliy istiqiol g'oyasi xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo'Hdagi maqsad-muddaolarini ifoda etadigan, uiarni amalga oshirish yo'lida barcha yurtdoshlarimizni uyushtirib, bunyodkorlik ishlariga safarbar qiiadigan, milliy istiqlol maikurasiga asos bo'ladigan g'oya va tushunchalar tizimidir.
Aslida, ma'naviyat minglab yillarda paydo bo'ladi, shakllanadi, mustahkamlanadi. Ammo johillar birlashib, uni qisqa fursatda mahv etishi ham mumkin. Ma'naviyatga qanchalik kuchli e'tibor qaratilsa, shunchalik yuksalib boraveradi. U odamlarning har bir hatti-harakati, fikrlash tarzi, o'y-hayollari so'zga aylanganida namoyon bo'ladi.
Bugun ma'naviyat masalasi ayrim kimsalar tomonidan o'zaro muloqotdan tortib, saytlaru, feysbuklardagi “Ma'naviyat kerakmi?” degan iddaoli chiqishida, turli rolik va ahmoqona videolavhalarda o'zligini ko'rsatmoqda.
Avvalo bunday savolning o'zi g'irt be'manilik. Chunki ma'naviyat masalasi har bir davrda, hammakga kerak bo'lgan va bo'ladi ham. Kuni kecha davlatimiz rahbari ma'naviyat masalasi haqida ochiq haqiqatni aytdi. Bu bugun haqiqatlar yashirmay aytilayotganidan muammolarning tag zamiriga etib borilayotganidan dalolat bermoqda.
“Ma'naviyat” kalimasiga istiqlol tufayli zarurat kuchaydi. Zero, milliy, diniy qadriyatlarimizga, xalqimizga xos urflarga qaratilgan turfa ta'sir, tazyiq shunga majbur qildi bizni. O'tgan davr mobaynida qaysidir tahdid barham topdi, boshqasi, aksincha, kuchaydi. Bunda har birimiz yo tomoshabin bo'ldik, yoki bevosita ishtirokchiga aylandik.
Bugun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ayrimlari ma'naviyat yoshini yashab bo'lganini, undan voz kechish vaqti etganini da'vo qildilar... (?) Shunday bo'lishi mumkinmi? Ma'naviyat eskiradimi? U keraksiz matohga aylanishi mumkinmi? Agar shunday bo'lsa, ajdodlarimiz ming yillar davomida 20-30 yillik o'tkinchi davrga hozirlik ko'rgan ekan-da?
U o'zgaruvchanmi? Uning muqobili nima? Balki “ommaviy madaniyat” yo turli ko'rinishdagi ekstremizmdir? Yoki bo'lmasa, uning o'rniga har qanday vayronkor g'oyalar urchishi uchun imkoniyat eshiklarini ochuvchi mutlaq erkinlik taklif etilmoqdami?
Qo'yilgan savollar noto'g'ri tuyular, ammo unutmaslik lozim, ma'naviyat – ehtiyoj. Kechaning, bugunning, ertaning ehtiyoji, zarurati. Undan yuz o'girish qaysidir soha ravnaqiga xizmat qilishi mumkindir balki. Lekin bu taraqqiyotning to'lovi og'ir bo'lishi aniq.

Download 27,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish