Aim.uz
Zaryadlanish rejimini nazorat qiluvchi asboblar. Spidometrlar.
Reja.
1. Akkumulator batareyasini zaryadlash rejimini nazorat qilish.
2. Spidometrlar, vazifasi va turlari.
3. Elektr yuritmali taxometr.
Akkumulator batareyasini zaryadlash rejimini nazorat qilish, bir paytning o'zida generator va rele-rostlagichlarning sozligini ham nazorat qilishni ta'minlaydi. Zaryadlash tokiga qarab akkumulator batareyasining zaryadlanish darajasi to'g'risida, to'liq zaryadlangan akkumulator batareyasidan o'tayotgan tokka (ortiqcha zaryadlanish toki deb ataluvchi) qarab esa kuchlanish rostlagichning to'g'ri rostlanganligi va bu rostlanganlikni akkumulator batareyasining haroratiga mos tushishi haqida xulosa qilish mumkin.
Avtomobillarda akkumulator batareyasini zaryadlash rejimini nazorat qilish tok ko’rsatkich (ampermetr), kuchlanish ko'rsatgich (voltmctr) yoki zaryadsizlanishni daraklash chirog'i yordamida amalga oshiriladi. Zaryadsizlanishni daraklash chirog'ining qo'llarulishi haydovchiga elektr bilan ta'minlash tizimidagi kutilmagan nosozlik to'g'risidagi signalni teza sezish uchun imkon beradi. Ammo daraklash chirog'i beradigan ma'lumot tok va kuchlanish ko'rsatkichlari beradigan ma'lumotdan kam. Voltmetr eng ko'p ma'lumotga ega bo'lib, uning yordamida generatorning rostlanuvchi kuchlanishi hamda akkumulator batareyasining holati nazorat qilinadi.
Tok ko'rsatkich akkumulator batareyasini zaryadlash zanjiriga ketma-ket qilib o'rnatiladi va zanjirdagi zaryadlash yoki zaryadsizlash tokini ko'rsatadi. Ko'pincha magni-toelektrik turidagi qo'zg'almas magnitli tok ko'rsatkichlar ishlatitadi.
67-chizma. Qo'zg'almas magnitli tok ko'rsatkich (ampermetr):
a-tuzilishi, b-ko'rsatgich yakoriga ta'sir etuvchi kuchlaming vektor diagrammasi; 1-qisqich; 2-strelka; 3-magnitli shunt; 4-magnit; 5-asos; 6-yakor; 7-o'q; 8-tayanch (tovon).
67-chzma a da, shunday tizimli tok ko’rsatkich mexanizmining prinspial tuzilishi ko’rsatilgan. Asbobning qo’zg’aluvchan tizimi strelka (2), o’q (7) va yakordan (6) iborat. Yakor kam uglerodli po’latdan tayyorlangan va unga magnit maydoni ta’sir etganda magnit kuch chiziqlari bo’ylab joylashishga intiladi. Asbobning qo’zg’aluvchan tizimi to’liq muvozanatlangan va asbob zanjirida elektr toki bo’lmaganda yakor muttasil magnitning (4) o’qi bo’ylab joylashadi, bu holatda strelka shkala bo’linmasidagi nolni ko’rsatadi.
Qisqich (1) va asos (5) orqali elektr toki o’tganda yakor zonasida xususiy magnit maydoni hosil bo’ladi, uning kuch chiziqlari perpendikulyar bo’ladi. Shu maydon ta’siri ostida yakor strelka bilan birgalikda boshlang’ich vaziyatidan 900 ga burilishga intiladi, ammo bunga muttasil magnitning maydoni to’sqinlik qiladi.
Spidometrlar
Spidometrning vazifasi - avtomobilning harakatlanish tezligini ko'rsatish va shu bilan bir paytda bosib o'tilgan yo'lni hisoblash. Spidometr umumiy g'ilof va asos bilan birlashtirilgan ikkita mexanizmdan iborat: tezlik ko'rsatkichi va hisoblash ko'rsatkichi. Spidometrlar ishlash prinsipi bo'yicha magnitoinduksion va elektrik; harakatga keltirish usuli bo'yicha egiluvchan val bilan yuritiladigan va elektr bilan yuritiladigan spidometrlarga bo'linadi.
Spidometrlarning tezlik ko'rsatkichlari magnit uyurmali harakat prinsipi bo'yicha ishlaydi (68-chizma, a). Yuritma valiga mahkamlangan magnit shunday magnitlanganki, uning ikkala qutbi yoki bir necha juft qutblari diskning gardishi bo'ylab joylashgan.
68-chizma. Magnitoinduksiyali spidometrning tuzilishi:
a-tezlik ko'rsatgichning chizmasi; b-tashqi ilashmali hisoblagich; d-spidometr yuritmasining chizmasi. 1-ekran; 2-kartushka-qalpoq; 3-yuritma vali; 4-magnit; 5-shkala; 6-strelka; 7-spiralsimon prujina; 8-o'q; 9,11-uzuntishlar; 10-uzunligi bo'yicha qisqartirilgan tish; 12-baraban tishlari; 13,14-barabanlar; 15-boshlang'ich baraban; 16-barabanning ikki tishi; 17-o'yiq, qisqartirilgan tish; 18-spidometr yuritmasining reduktori. I, II, III chervyakli shesternya uzatmalar.
Ikkita podshipnikda erkin aylanadigan alohida o'qqa magnit tortmaydigan materialdan (aluminiydan) yasalgan qalpoq - kartushka mahkamlangan. Kartushka magnitni oz-moz tirqish bilan shunday hisobda qamrab turadiki, magnit jismdan tashqariga taralayotgan magnit maydon kuch chiziqlarining iloji boricha ko'p qismi kartushka materialini teshib o'tsin. Kartushka orqali magnit oqimining ko'p qismi o'tishi uchun, shuningdek, uning tashqi tomoniga oz-moz tirqish bilan magnitli yumshoq materialdan tayyorlangan ekran ham joylashtirilgan. U magnit maydonni ishchi yo'nalishida mujassamlaydi.
Val aylanganda magnitning maydoni kartushka jismida uyurma toklarni yuzaga keltiradi, ular esa o'z navbatida kartushkaning magnit maydonini hosil qiladi. Magnit maydoni va kartushka maydonining o'zaro ta'sirlashuvi natijasida aylantiruvchi lahza (moment) hosil bo'lib, kartushkani magnit aylanayotgan tomonga burishga intiladi, Bu lahza (moment) magnitning aylanishlar chastotasiga proporsionaldir.
Kartushka o'qini burilishga tortuvchi lahza ortganda o'raladigan va burilish burchagiga proporsional ho'lgan aks-ta'sir lahzasini hosil qiladigan spiralsimon prujina to'sqinlik qiladi. Magnitning o'zgarmas aylanishlar chastotasida kartushka ma'lum bir burchakka burilib to'xtaydiki, bu vaziyatda magnit maydonlarning o'zaro ta'sirlashuv payti spiralsimon prujinaning aks ta'sir momentiga teng bo'lib qoladi. Kartushka va u bilan bog'langan strelkaning burilish burchagi magnitning burilish burchagiga proporsionaldir, shuning uchun spidometr shkalasi teng taqsimlangan. Barcha spidometrlar yuritma valida bir kirimli chervyakka (shesterna ega. Shu chervyakli shesternadan hisoblagich harakatga keltiriladi.
Barabanlar ko'rinishidagi hisoblagich yuritma tomonidan gardishi bo'ylab joylashgan 20 ta tishga, ikkinchi tomonidan esa ikkita tishga va ular orasidagi botiqlikka ega. Trib barabanlar bilan ilashadigan oltita tishga ega, vaholanki, tribning barabanni ikki tishi bilan birikadigan tomonidagi oltita tishidan uchtasi bittadan oralatib qisqartirilgan. Barabanlar va triblar o'z o'qlariga erkin o'tkazilgan, o'ng tomondan chekkadagi (boshlang'ich) baraban spidometrning kirish vali bilan bog'langan. Boshlang'ich baraban aylanganda uning ikki tishi tribning qisqartirilgan tishiga tegadi va uni to'la aylanishning 1/3 qismiga buradi-da, yana aylanishini davom ettiradi. Bu paytda trib navbatdagi (keyingi) barabanni ikki tishga, ya'ni uning to'liq aylanishini 1/10 qismiga buradi.
Boshlang'ich barabanning ikki tishi to'la bir marta aylanib kelmaguncha trib aylana olmaydi, chunki uning ikkita uzun tishi barabanning botiqligi bo'lmagan silindrsimon qismi bo'ylab sirpanib turaveradi. Bunday konstruksiya oldingi baraban bir marta to'liq aylanganda keyingi baraban to'liq aylanishning 1/10 qismiga burilishini ta'minlaydi. Olti barabanli (odatda qo'llaruladigan) spidometrlarda boshlang'ich baraban 100000 marta aylangandan so'ng qolgan barcha barabanlar boshlang'ich vaziyatga qaytadi va hisoblagich ko'rsatkichining hisobi yana noldan boshlanadi.
Spidometrga harakat uzatmalar qutisidan egiluvchan val vositasida uzatiladi, uning bir uchi spidometr bilan, ikkinchi uchi esa avtomobil uzatmalar qutisining chiqish vali bilan biriktirilgan bo'ladi. Spidometr yuritrmasi uchun ishlatiladigan egiluvchan val maxsus uchlari bo'lgan trosdan iborat botib, u nippel va gaykasi bo'lgan qobiq ichiga joylashgan. Tros aylanma harakatni uzatadi. Qobiq esa qo'zg'almas qilib mahkamlangan, u trosni shikastlanishdan himoya qiladi hamda tros uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun zarur bo'lgan moylash materiallarini o'zida saqlaydi. Tros va qobiq orasida tirqish bor.
Egiluvchan tros, to'g'ri simdan umumiy ichki o'zagi bo'lgan va bir-birini sim bilan bir nccha qavat qilib o'ragan bir nechta vintsimon ko'p kirimli prujinalardan tashkil topgan. Qavatlardagi o'ramlar yo'nalishi ketma-ket keladi. Spidometrda yuritma vali bilan hisoblagichning boshlang'ich barabani orasida umumiy uzatish soni 624 yoki 1000 (VAZ avtomobili) bo'lgan uchta I, II va III chervyakli uzatmalarni pasaytiruvchi pog'onalari qo'llaruladi.
Spidometrning kirish vali bilan boshlang'ich baraban orasiga bikr bog'lanish o'rnatilgan, shuning uchun avtomobil bosib o'tgan yo'lni ko'rsatish aniqligi spidometr yuritmasidagi reduktorning uzatish soniga va avtomobil shinalarining holatiga bogliq bo'ladi. Spidometr yuritmasining uzatish soni asosiy uzatmaning uzatish soniga va avtomobil g'ildiragining dumalash radiusiga qarab tanlanadi.
Bosib o'tilgan yo'lni o'lchashdagi xatolik g'ildirakning haqiqiy dumalash radiusini hisobiy radiusdan chetga chiqishiga bog'liq bo'ladi. Chunki, protektorlarning yeyilishi, shinalardagi havo hosimining o'zgarishi, g'ildiraklardagi yuklanishlar, g'ildiraklarning shataklanishi, yo'Ining notekisligi va shu kabilar oqibatida g'ildirakning dumalash radiusi o'zgarib ketadi. Bu sabablar umumiy bosib o'tilgan yo'lning 10-15 foizigacha miqdorda xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Hisoblagich hisobga oladigan bosib o'tilgan yo'l avtomobil orqaga harakatlanganda barabanlarning teskari aylanishi natijasida ham kamayadi. Ayrim spidometrlar (masalan, Cn-125) har qanday yo'nalishlardagi ko'rsatkichlarning qo'shilishini ta'minlovchi maxsus yuritmaga ega.
Spidometr yuritmalarini egiluvchan val orqali harakatga keltirish qachonki egiluvchan val yotqiziladigan masofaning (trassaning) uzunligi 3,55 m dan oshmagan taqdirdagina amalga oshiriladi. Masofa (trassa) uzunligi katta bo'lgan, shuningdek, kabinasi ag'dariladigan aviomobillarda elektr yuritmali spidometrlar ishlatiladi, chunki uzun egiluvchan vallarda uning buralishi hisobiga spidometr strelkasining tebranishi kuzatiladi. KaMAZ, MAZ, KrAZ va boshqa avtomobillarda M3307 datchik va 12.3802 ko'rsatkichdan tashkil topgan kontaktsiz elektr yuritmali spidometr o'rnatiladi.
МЭ307 datchigi to’rt qutbli doimiy magnitli rotori bo’lgan uch fazali elektr generatordir. Unga harakat uzatmalar qutisining yetaklanuvchi validan chervyak juftligi va almashtiriladigan silindrsimon to’g’ri tishli shesternalar juftligidan iborat bo’lgan spidometr yuritmasining uzatmasi orqali uzatiladi. Datchik startyori, “yulduzcha” chizmasi bo’yicha ulangan va o’zaro 1200 burchak ostida joylashgan uchta g’altakka ega.
Elektr yuritmali 12.3802 magnitoinduksion ko’rsatkich bitta g’ilofda birlashtirilgan to’rtta qismdan, ya’ni spidometr konstruksiyalari uchun odatiy bo’lgan tezlik ko’rsatkich va hisoblagich hamda sinxron elektronli bloklardan tashkil topgan. Tezlik ko’rsatkich va hisoblagich hamda sinxron elektr dvigatelining rotori bilan biriktirilgan. Elektr dvigatelni tok bilan ta’minlash bosma plataga yig’ilgan va VT1, VT2, VT3 tranzistorlar hamda R1-R6 rezistorlaridan iborat bo’lgan elektron blokdan amalga oshiriladi.
Elektr dvigatel startyori, har birining qarshiligi 220 Om va o’ramlar soni 2300 10 bo’lgan uchta g’altakdan tashkil topgan uch fazali cho’lg’amga ega.
KamAZ, ZIL-133Ya va boshqa avtomobillarda qo’llaniladigan elektr yuritmali taxometr M307 datchik va 121.3813 ko’rsatkichdan iborat. U 121.3802 ko’rsatkichiga o’xshash bo’ladi, ammo uning konstruksiyasida hisoblagich bo’lmaydi va ko’rsatkichning shkalasi birmuncha o’zgartirilgan. Taxometrning MЭ307 datchigi yonilg’I nasosi yuritmasining validan aylanma harakatga keltiriladi. Taxometr ko’rsatkichi chizmadagi diodlar, VC7 stabilitron va R7 rezistorlar xuddi spidometr ko’rsatkichidagi R1-R^ rezistorlar bajargan vazifalarni bajaradi, ya’ni fazaviy cho’lg’amlardagi tranzistorlarni yopilishida ko’rsatkich dvigatel cho’lg’amlarida yuzaga keladigan o’zinduksiya EYKini so’ndiradi. Taxometr KamAZ avtomobiliga o’rnatilganda qisqich (4) startyorni blokirovka (uzib qo’yish) relesini ulash uchun xizmat qiladi. Bu rele dvigatel ishlayotganda startyorni ulanib qolishiga va shu bilan uning yuritmalarini sinib qolishiga chek qo’yadi, shuningdek dvigatel yurishi bilanoq startyorni avtomatik tarzda uzib qo’yadi, bu albatta, startyor resursini sezilarli darajada oshiradi.
Dizel dvigatelli yangi ZIL avtomobillarida taxometr ta’minlash tokini generatorning cho’lg’amlaridan oladi. Generatorning aylanishlar chastotasi, albatta, dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasiga bog’liq bo’ladi.
Elektron TX 193 taxometrning (VAZ-2103) ishlash prinsipini uzgich kontaktlari ajralganda o’t oldirish tizimining birlamchi zanjirida yuzaga keladigan impulslarni o’zgartirish va ularni magnitoelektrik asbob bilan o’lchashga asoslangan.
Xalqaro yuk tashish ishlarini bajaradigan avtomobillarda spidometrlar o’rniga taxograflar o’rnatiladi. Taxograf diagramma disklarda harakatlanish tezligini, belgilangan tezlikni oshirib yuborishni, harakatlanish vaqtini soat va daqiqalarda, sutka davomida avtomobil bosib o’tgan yo’lni, sarflangan yonilg’I miqdorini, haydovchilarning rul boshqargandagi ta’mirlash ishlarini o’tkazgandagi va dam olgandagi faoliyat turlari va uning davomiyligini o’lchaydi va qayd qiladi. Taxograflarda bir kunlik diagramma disklarni avtomatik ravshda aimashtirish mumkin bo’ladi. Bu esa yetti kun mobaynida parametrlarni uzluksiz tarzda qayd etilishini ta’minlashga imkon beradi.
Tayanch iboralar: akkumlyator batareyasi, zaryadlanish toki, ortiqcha zaryadlanish, kuchlanish rostlagichi, ampermetr, voltmetr, daraklash chirog’I, magnetoelektrik, spidometr, magnitoinduksion, elektrik, aluminiy, barabanlar ko’rinishidagi hisoblagich, spidometr yuritmalari, datchik, taxometr, taxograf.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Zaryadlash rejimini nazorat qilish yana qanday vazifalarni bajaradi?
2. Tok kuchi va kuchlanishlari qanday o’lchanadi?
3. Tok ko’rsatkich mexanizmining tuzilishini aytib bering.
4. Spidometrning vazifasi nima?
5. Spidometrning qanday turlarini bilasiz?
6. Barabanli ko’rsatkichdagi hisoblagich qanday tuzilgan?
7. Taxometr qanday tuzilgan va qanday ishni bajaradi?
8. Xalqaro yuk tashish avtomobillarida spidometr o’rnida qanday asbob qo’llanadi?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |