e-qaror.gov.uz
29.01.2022
1
2022 - yil 1 -
yanvar
VI-41-5-8-0-K/22
Surxondaryo viloyati hokimligi
Viloyatda noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning
biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida
boʻlgan voyaga etgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash toʻgʻrisida
Hukumat qarorida viloyatda noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-
onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar
qaramogʻida boʻlgan voyaga etgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash
boʻyicha qator vazifalar belgilab berildi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish boʻyicha uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash,
muammolarini oʻrganish va bartaraf etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash
hamda Toshkent
shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini
yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 6 dekabrdagi 737-son qarori ijrosiga muvofiq
Termiz shahar va tumanlar hokimlarining murojaatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston
Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va
24-moddalariga asosan, xalq deputatlari
viloyat Kengashi
qaror qiladi:
1. Viloyat hokimining oʻrinbosari - Mahalla va oilani qoʻllab- quvvatlash boshqarmasi
boshligʻi F.Tairovning noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki
ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida
boʻlgan voyaga etgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash boʻyicha amalga
oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasinig 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son
qarori bilan har bir viloyatga noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan
ta’minlashga 10 (o’n) milliard soʻmdan, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda
yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga etgan uy-joyga
muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga 5 (besh) milliard soʻmdan mablagʻ ajratilishi
koʻzda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Shahar va tumanlar hokimlarining talabnomalariga muvofiq, hozirda uy-joyga muhtoj
xotin-qizlarni aniqlash va tuman (shahar) komissiyasi tomonidan oʻrganish
jarayoni olib