Transport faolyatining asosiy ko‘rsatkichlari
Umum foydalaniladigan yo‘llar uzunligi (ming km)
|
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
Temir yo‘llar
|
3,5
|
3,9
|
4,0
|
4,0
|
Avtomobil yo‘llari
|
42,1
|
42,2
|
42,3
|
42,3
|
Tramvay yo‘llari
|
138,9
|
137,2
|
116,6
|
113,4
|
Trolleybus yo‘llari
|
408,5
|
423,7
|
406,5
|
394,8
|
quvurlar uzinligi
|
29,5
|
36,1
|
13,2
|
36,1
|
|
|
|
|
|
Transportning keltirilgan mahsuloti qiymati keltirilgan tonna-kilometrda quyidagicha topiladi:
, t.km ,
bunda k-yo‘lovchi-kilometrni tonna-kilometrga o‘tkazish koeffitsienti; odatda kq1 olinadi.
Temir yo‘llarning yuklanganligi (Yu) 1 kilometr foydalaniladigan (Lf) uzunlikka to‘g‘ri keladigan bajarilgan tonna-kilometr yoki keltirilgan tonna-kilometr bilan ifodalanadi.
yoki .
Temir yo‘lning foydalaniladigan uzunligi stansiyalar orasidagi yo‘llarning ikkinchi bosh yo‘l, stansiya yo‘llari va boshqa yo‘llarni hisobga olmagan holdagi uzunligini ifodalaydi.
Temir yo‘llarning barcha asosiy xizmat sohalari, bo‘limlari va korxonalari ishining sifat ko‘rsatkichi tariqasida vagon aylanmasi (oboroti) qabul qilingan.
Vagon aylanmasi deb vagonni yuklash boshlanishidan keyingi yuklashgacha bo‘lgan vaqt oralig‘iga aytiladi.
Temir yo‘llarning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari mehnat unumdorligi, tashish tannarxi va daromad kabilardan iborat bo‘ladi.
Transport turlari va ularning xususiyatlari. Yo‘lovchi va yuklarni tashish yagona maqsad yo‘lida birlashib, o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadigan turli xil transport turlari bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga mo‘ljallangan chuqur va keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan xozirgi davrda transport sohalari alohida ahamiyat kasb etadi.
Rasm 1.2. Transport vositalari tizimi
Transport, ayniqsa, temir yo‘l transportining har qanday jamiyat hayotidagi o‘rni juda katta bo‘lib, uning davlat chegaralarini, ichki va tashqi bozorini shakllantirishda asosiy omillardan biri bo‘lib qoladi. Transport xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini, ishlab chiqarish va iqtisodiy masxablarini birlashtiradi.
Rasm 1.3. Transport turlarining yuk tashishdagi ulushlari
Transportning asosiy vazifasi aholining va xalq xo‘jaligi sub’ektlarining tashishga bo‘lgan barcha ehtiyojlarini to‘liq qondirish, tashishni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, transport tizimining samarali va muntazam ishlashini ta’minlashdir
Ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga qarab transport ikki xil bo‘lishi mumkin:
- ishlab chiqarish ichidagi yoki sanoat transporti, asosan ishlab chiqarish sohalarining ichki texnologik tashishlari uchun xizmat qiladi (korxona hududidagi tashishlar, xomashyo va yoqilg‘i tashishlar, materiallarni magistral yo‘llardan olib kelish, tayyor maxsulotlarni olib chiqish va h.k.).
- tashqi yoki magistral transporti ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar orasidagi iqtisodiy aloqalarni va yo‘lovchilar tashishni ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy magistral transporti temir yo‘llar, suv (daryo va dengiz), avtomobil, havo yo‘llari va quvur (neft va neft mahsulotlari, gaz quvurlari) transporti turlaridan iborat bo‘lib, yagona transport tizimi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini ham o‘z ichiga oladi.
Tashish ishlarining transport turlari orasida taqsimlanishi juda ko‘p omillarga, ushbu transport turining nohiya va hududlarda mavjudligi va ularning texnik-iqtisodiy samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bunda tashish tannarxi, kapital mablag‘larga ehtiyoj, tashish sifati, tezligi, muntazamligi, qulayligi, yuklar holatining saqlanishi, tashish qobiliyati, mehnat unumdorligi, metall va yoqilg‘i sarfi kabilarning ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |