MAVZU: ROSTGO‘YLIK.
Reja:
Rostgo‘ylik haqida tushuncha.
Boshga qilich kelsa ham rost so‘zla.
Yolg‘onchilikning oqibati.
Maqsad: Bolalarni rostgo‘y va kamtar bo‘lishga o‘rgatish. Rost so‘zlash insonlarni murod – maqsadiga yetkazishni, uning mardlik va xaqgo‘ylik hislarini shakllantirishda hissasi katta ekanligi, rostgo‘ylik yaxshi fazilat ekanligi, rost so‘zlamasdan, yolg‘on so‘zlash bu yomon odat ekanligi, yolg‘on so‘z insonlarni ranjitishi, o‘rtadagi ishonchning yo‘qolishini, yolg‘onchi degan nom olishini, rostgo‘ylik esa insonlarning qalbida ishonch hurmat va e’tiqodini oshirishini bolalar ongiga singdirish. Bolalarning nutqini rivojlantirish to‘g‘risidagi bilimlarini boyitish. Bolalarni tez fikrlashga, zukkolik, chaqqonlik va his qilish qobiliyatlarini shakillantirish, xotira va tafakkurini rivojlantirishga ko‘maklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |