Mashg‘ulotningborishi. Tarbiyachi ko‘k barglari ungan piyozboshni ko‘rsatib «Bu nima» deb so‘raydi. Bolalar javob berishadi. Tarbiyachi to‘g‘rijavobni tasdiqlaydi, agarda bolalar qiynalsalar, o‘zi javob beradi. Piyozning ko‘k barglarini ko‘rsatib, «Piyoz barglarining rangi qanday?»—deb so‘raydi. Har bir bolaga bittadan piyoz beradi. «Piyoz po‘stining rangi qanday?»—deb so‘raydi. So‘ngra piyozni barmoqlari bilan ushlab, uning shaklini aytishni taklif etadi. Shundan so‘ng tarbiyachi piyozboshningtuproqqa eqilishi va ko‘k piyoz unib chiqishini tushuntiradi. Tarbiyachi maslahatiga ko‘ra bolalar piyozboshni stol ustiga qo‘yadilar. Tarbiyachi har bir bola oldiga tuproqli tuvak qo‘yadi, bolalarga o‘z tuvaklari oldiga kelishlarini va undagi chuqurchani topishni aytadi. So‘ngra piyozboshni olib, bolalarga ham piyozboshni qo‘llariga olishlarini taklif etadi. Piyozning dumi va ildizi qaerdaligini ko‘rsatadi. Bolalar o‘z piyozlariga qarab, takrorlaydilar. Tarbiyachi piyozning dum tomonini yuqoriga qilib, tuvakka qo‘yadi, bolalar ham uning bu harakatini takrorlaydilar. So‘ngra topshiriqning qanday bajarilishini tekshiradi. Tarbiyachining maslahatiga ko‘ra bolalar piyozboshni bosadilar va tarbiyachini eqilgan piyoz atrofiga tuproqni qanday solayotganini kuzatadilar va bu harakatni o‘zlari ham takrorlaydilar. Shundan so‘ngtarbiyachi tuproqni barmoqlar bilan yana bosib qo‘yish kerakligini aytib, bolalarning harakatini rag‘batlantiradi.
So‘ngra tarbiyachi har qaysi bolaga qog‘oz varag‘i ustiga bir nechtadan salat va sholg‘om urug‘ini qo‘yib,ularni solishtirib, shakli, katta-kichikligi va rangi jihatidan farqini aytadi. Keyin rediska urug‘i ham shu tarzda solishtiriladi. Bu urug‘lar qaysi jihatdan o‘xshashligi (maydaligi, ulardan sabzavotlar o‘sib chiqishi)ni aniqlaydilar. Tarbiyachi eqishga mo‘ljallangan mayda uruqqa qum aralashtirish kerakligini aytib, qanday aralashtirishni ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi va bolalar yumshoq tuproqli qutiga urug‘ni sepadilar. Sepilgan urug‘ ustidan tuproqni bir tekisda sochadilar. Bolalarga suvquyg‘ichlarni berib, eqilgan urug‘larga suv quyishda yordam berishni iltimos qiladi va bolalarga bundan buyon navbatchilar o‘simliklarni mustaqil parvarish qilishlarini, kuniga urug‘larni unib chiqishi uchun suv quyishlarini aytib tushuntiradi. Oxirida navbatchilarga har qaysi qutilarga sabzavotlar rasmi tushirilgan yorliqlarni biriktirib qo‘yish topshiriladi.
Yakuniy kism:Bolalarni o‘simliklarni parvarish qilish malakalarini rivojlantirish. Bolalarda mehnatsevarlik, kattalarning mehnatiga hurmat bilan qarash singari fazilatlarini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |