MAVZU : O‘RTOQ BO‘LISH ODOBI
Maqsad : Bolalarga ahil bo‘lib o‘ynash, o‘zaro yordam berish ko‘maklashish, xamjixat bo‘lib mehnat qilishga bir-biriga mehribon, ahil, g‘amxo‘r bo‘lishlariga tengdosh o‘rtoqlari bilan yonma-yon o‘ynay olishi, o‘iynchoqlarni boshqa bolalar bilan o‘rtoqlashish, tengdoshlarining kayfiyatini xursand yoki xafa ekanligini anglashga o'rgatish.
KERAKLI JIHOZLAR : Mavzu buyyicha mazmunli rasmlar,
SUHBATNING borishi :
Tarbiyachi : Bolalar men sizlarga hozir maqol aytaman diqqat bilan tinglang.
Maqollar :
Yaxshini yomon kunda sina
Do‘stlik sinovda bilinadi
Do‘st boshiga ish tushganda bilinadi .
Do‘sting ming bo‘lsa ham oz,
Dushman bir bo‘lsa ham kup .
Tarbiyachi : Bolalar bu maqoldan siz nimani tushundiz ? (bolalar javobi)
Tarbiyachi : Bolalar maqolni mag‘zini yaxshilab tushunib oling.
Tarbiyachi : Bolalarga rasmni kursatadi.
O‘rtoq bo‘lish odobi deganda nimani tushunasiz ? (bolalar javobi)
Tarbiyachi : O‘rtoq bo‘lish odobi , bir-biriga yordam berish, birga o'ynash , ahil inoq, g‘amxur, hamda tengdoshlarini hurmat qilishdir.
Tarbiyachi : Men hozir sizlarga bir Hiqoya o‘qib beraman. Diqqat bilan tinglang !
“YAXSHILIK YERDA QOLMAS”
Bir ari, suv ustida uchib borar edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. Qanotlari xul bo‘lib ucharga kuchi yetmadi. Buni kabutar kurib, ariga rahmi keldi. Darxol chupni tashlab suvga tashladi. Bechora ari bu chupni kema qilib, suv bosmidan qutildi .Bu oradan kup vaqt utmadi. Bir bola tuzoq quyib kabutarni tutmoqchi bo‘ldi. Ari buni ko'rgan zamon kelib, bolaning qulog‘ini chaqdi . Bola qulog‘ini alamidan tuzoqni tashlab qulog‘ini ushladi. Kabutar vaqtni g‘animat bilib, uchib ketib tutqunlikdan qutildi.
“YOLG‘ON DO‘ST”
Bir vaqt ikki qishi do‘st bo‘lib, safarga chiqishar edi. Bir toq ichidan, Ketib borayotganlarida uzoqdan bir yulbarsni ko‘rmishlar. Do‘stlarning biri darhol yugurib, bir daraht ustiga chiqibdi. Ikkinchisi shoshilib qolib nima qilishini bilmay yerga chuzilib o‘zini o‘lganga uxshatib yotibdi. Yulbars kelib iskab-iskab o‘lik gumon qilib, qaytib ketibti. O‘rtog‘i daraxtdan tushib :
-Birodar yulbars qulog‘ingga nima deb so'zlab ketdi, -deb so‘rabdi.
Yuldoshi :-Oh do‘stim, oh do‘stim shodligingda o‘rtoq bo‘lib, g‘am vaqtingda tashlab qochadigan nomard qishilar ila, yuldosh bo‘lma ! deb so‘zlab ketdi,-deb javob beribdi.
Tarbiyachi : Bolalar, do‘stlik haqida kim she’r biladi.
Hosiyat :
Do‘stlar jam bo‘lib,
Bayramga bordik
Quvnab o'ynash ib
Zavqlarga tuldik .
Zarina :
Bor bo‘lsin doim
Diyor, Dilnoza
Do‘stlar bo‘lib jam
Qildik xo‘p mazza .
Tarbiyachi : Barakalla bolalar sizlarning she’ringiz menga juda yoqdi. juda chiroyli she’r ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |