Zulfiyaxonim kechasi uchun ssenariy
Maktab sahnasi.Atrof gullar o`rik novdalari maketi bilan chiroyli qilib bezatilgan.O`rtada shoiraning portreti.Bir burchakda esa shoir Hamid Olimjon va shoira Zulfiya hayotiga doir taqdimot uchun monitor va proyektor hozirlangan.Sahna uzra “Bahor valsi” kuyi yangraydi.Mayin kuy ohangi ostida sahnaga boshlovchi qizlar tashrif buyurishadi.
boshlovchi:
Tabiatni bezab asta
Kirib keldi go`zal bahor.
Menga yasab u guldasta,
Sog`inchini qildi izhor.
boshlovchi:
O`rik gulin yaprog`iga,
Yozib qo`ydi “Tinchlik” so`zin.
Ona yurtning quchog`iga,
Takror urdi yana o`zin.
boshlovchi: Assalom-u alaykum kechamizga tashrif buyurgan aziz mehmonlar va muhtaram ustozlar!
boshlovchi: Assalom-u alaykum dillari bilimga tashna ,ko`zlari porlab turgan qadrli o`quvchilar!
boshlovchi: Mana bugun o`lkamizda bahorning ilk kuni.
boshlovchi: Barchamizga ma`lumki, bahor yangilanish ,yasharish fasli.
boshlovchi: Darhaqiqat, bahor bayramlar,tantanalar va sayllar fasli hamdir.Shu bilan birgalikda mamlakatimizda bahorning ilk kunida ulug` shoiramiz Zulfiyaxonim tavalludi ham keng nishonlanadi.
boshlovchi: To`g`ri aytasiz ,aynan shu kunda hukumatimiz 14 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan iqtidorli qizlarni “Zulfiya ” mukofoti bilan taqdirlash marosimini ham o`tkazadi.
1-boshlovchi: Ayolini asragan, ulug`lagan xalq — buyuk xalq. Ayollari baxtli elning esa farzandlari barkamol, kelajagi nurafshondir. Zotan, ayol baxtli bo`lsa, oila sog`lom bo`ladi, oila sog`lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Biz ardoqlamoqchi bo`lgan ayol, buyuk ona, vafo va sadokat timsoli shoira Zulfiya Isroilovadir.
2-boshlovchi:- O`zbekiston xalq shoirasi,taniqli jamoat va davlat arbobi, Zulfiya tavalludiga bu yil 107 yil to`ladi . Shu munosabat bilan Zulfiya hayoti va ijodiga bir qur nazar tashlab, she'rlarini o`qib, ruhini shod etish niyatida ushbu adabiy kechamizni tayyorladik.Kechamizni ochib berish uchun so`zni ...........ga beramiz.
1- boshlovchi-O`zbek she'riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror she'rini yod olmagan o`quvchi oramizda topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o`z she'rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda.
2-boshlovchi: Atoqli shoir Rasul Hamzatov: Agar Zulfiya Armanistonda tug'ilganda - Silva, Leningradda tug'ilgan - Berggols, Bulg'oriyada tug'ilganda - Bagryana, Yugoslaviyada tug'ilganda ham Desanka Maksimovichdek mashhur shoira bo'la olar edi- degan edi
Do'stlaringiz bilan baham: |