Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qilish, berilgan matn, kichik hikoyalarni o‘qish, she’r, hikmatli so‘zlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta olish, matn tarkibidagi so‘zlarni bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratib ko‘chira olish.
39-40-mavzu. Sport va salomatlik. (2 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: sport, sport turlari, suzish, yugurish, badiiy gimnastika, kurash, mashq qilish, chiniqish, sport anjomlari, shug‘ullanish, sog‘lom bo‘ladi, toza havo, sog‘lik, boylik kabi tayanch so‘zlar (1 soat).
-ish qo‘shimchasi bilan yasalgan sport turlari hamda harakatni bildiruvchi so‘zlar (1 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |