Nazorat ishi: diktant. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
Takrorlash. (1 soat)
31-33-mavzu. Bahor keldi. (3 soat, A1+ 4 soat)
Lug‘at: bahorda, dehqon, ko‘m-ko‘k, qip-qizil, bog‘bon, ko‘chat, daraxt kabi tayanch so‘zlar; haydaladi, ekiladi, sug‘oradi, tozalamoq kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar (1 soat).
-da qo‘shimchasi (1 soat), kim? nima? qayerda? so‘roqlari (1 soat); -jon qo‘shimchasi (1 soat).
Nutq namunalari: Bahorda kunlar isiydi, yerlar haydaladi, ekin ekiladi. Atrof ko‘m-ko‘k bo‘ladi. Qip-qizil lolaqizg‘aldoqlar ochiladi. Ko‘chatlar o‘tqaziladi(1 soat).
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: bahor fasli, tabiatdagi o‘zgarishlar, bahorgi ishlarga oid tayanch so‘zlar, berilgan savollarni, shu mavzudagi kichik matnlarni tushunish, she’rlarni yoddan ayta olish, savollarga javob berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |