84-rasm. Kaptarning hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – jig‘ildon;
3 – qizilo‘ngach; 4 – oshqozon;
5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka;
7 – buyrak; 8 – kekirdak;
9 – o‘pka; 10 – havo xaltasi;
11 – jigar
2 1 5 4 3 8 7 6 11 10 9 Qushlar tanasida haroratning doimiy bo‘lishi va ularning uchi-
shi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez
oziqlanib turadi; hayotining ko‘p qismini oziq topish uchun sarflay-
di. Oziq ularning ichagida tez hazm bo‘ladi.
Qushlar ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organ
larning
chiqarish yo‘li va siydik yo‘li ham ochiladi. Kloakada siydik axlat
bilan aralashib tashqariga chiqariladi.