Endoderma hujayralari, oziqlanishi.
Endoderma qavati soxta
oyoq
lar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bez-
li hujayralardan iborat. Hujayralar hazm shirasi ishlab chiqarish
va hazm qilish vazifasini bajaradi. Gidraning ozig‘i ham bir hu-
jayralilar singari hujayra ichida hazm bo‘ladi. Gidra tutilgan o‘lja-
ni paypaslagichla
riga yopishtirib, og‘ziga olib boradi. Oziq tana
bo‘shlig‘iga tushib, hazm suyuqligi ta’sirida maydalanadi. Xivchinlar
oziqni hujayralarga haydaydi. Hujayralar soxta oyoq
lari yordamida
oziqni qamrab olib, hazm qiladi.
Regeneratsiya.
Ektoderma hujayralari orasida yirik yadroli may
da
oraliq hujayralar bo‘ladi. Gidra tanasi jarohatlanganda bu hujayralar
tez o‘sa boshlaydi va shikastlangan hujayralar o‘rnini to‘ldiradi.
Tananing jarohatlangan yoki yo‘qotilgan qismining tiklanishi regene-
ratsiya deyiladi. Gidra tanasi 200 bo‘lakka ajratilganda ham har
qaysi bo‘lakdan bittadan gidra tiklanishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |