KO‘P HUJAYRALI HAYVONLAR:
BO‘SHLIQICHLILAR TIPI
Bo‘shliqichlilar tanasi ikki qavat bo‘lib joylashgan hujayralardan
ibo
rat sodda tuzilgan ko‘p hujayrali hayvonlardir. Ularning tana
bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Bu tiðga gidroid poliðlar, ssifoid
meduzalar, korall polið
lar si
nflari kiradi.
6-§. Gidroid poliðlar sinfi: chuchuk suv gidrasi
Tashqi tuzilishi.
Gidra tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmay-
digan chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Uni akva
riumlarda
ham uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 5–7 mm, silindrsimon
shaklda. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Tovonning
qarama-qarshi tomonida paypaslagichlar bilan o‘ralgan og‘iz teshi-
gi bor. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Suv
tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kechiradigan bo‘sh
liqichlilar
polið deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |