Nafas olish organlari. Lansetnik halqumi ikki yoni bo‘ylab juda
ko‘p tirqishsimon jabra teshiklari joylashgan. Jabra teshiklarini tash-
qi tomondan qoplab turadigan teri burmalari jabraoldi bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Jabra teshiklari devori juda ko‘p mayda qon tomirlari
– ka
pillyarlar bilan qoplangan. Kapillyarlar devorida qon bilan suv
o‘r
tasida gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Teri bur
ma
lari jabralarga
qum kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Qon aylanish sistemasi hamma xordalilarniki singari yopiq bo‘la-
di. Lekin qon yagona qon aylanish sistemasi bo‘ylab harakatlanadi.
Asosiy qon tomirlari qorin va orqa aortalardan iborat. Karbonat
angidrid bilan to‘yingan qon qorin qon aortasi orqali ol
dinga, jabra
kapillyarlariga oqadi. Jabralarda qon karbonat angidridni suvga berib,
kislorod bilan to‘yinadi va orqa aortaga chiqadi. Bu tomirdan qon
kichikroq tomirlar orqali tanaga tarqaladi. To‘qi
malarda karbonat
angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi. Lansetnik-
ning yuragi bo‘lmaydi. Yirik tomirlar devorining qisqarishi tufayli
tomirlarda qon oqib turadi.