Hazm qilish sistemasi. Og‘iz teshigi maxsus chuqurcha – og‘iz
oldi voronkasida joylashgan bo‘lib, paypaslagichlar bilan o‘ralgan.
Paypaslagichlarning harakati tufayli suv og‘iz teshigiga haydaladi.
Juda mayda plankton organizmlar suv oqimi bilan og‘iz orqali
halqumga o‘tadi va uning devoriga ilakishib qoladi. Oziq luqmalari
halqumdan ichakka tushib hazm bo‘ladi. Suv esa halqum devoridagi
jabra teshiklari orqali chiqib ketadi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari
dum suzgich ostida joylashgan orqa chiqarish teshigi orqali tashqa-
riga chiqarib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |