15
shug’ullanish, xabarkashlik tendentsiyasi vujudga keldi. Bora-bora bu ilmiy
«maktab»ga aylandi. Bu nomaqbul maktabning esa nihoyatda nochoru notavon,
g’oyaviy jihatdan buzuq, mafkuraviy jihatdan aynigan, ilmiy jihatdan
soxtalashgan, siyosiy jihatdan yaroqsiz ilmiy uslubi va hayotdan uzilgan aqidasi
vujudga keldi.
Tarixga munosabatning o’zgarayotganligi va tobora jiddiy tus olayotganligi
ijobiy hodisa. Biroq hamon shoshmashosharlik, masalaga yuzaki yondashish, har
tomonlama puxta o’rganmasdan xulosalar chiqarish illatlari bizni tark etgani
yo’q. Natijada ilmiy haqiqatdan uzoq, tarix haqiqati
buzilgan darsliklar paydo
bo’lmoqda.
Oldinlari bir tomonga og’ib ketgan bo’lsak, endi boshqa tomonga
og’yapmiz. Vaholanki, ilmda muvozanat bo’lmog’i kerak. Endi tariximizni
tiklaymiz degan ehtiroslaru chinakam aql-idroqdan uzoq bo’lgan xissiyotlar jo’sh
urib ketdi. Natijada palapartishlik, tarixiy dalillarning ola-quroqligi, voqealarning
ma’lum bir tizimga solinmaganligi va tarixiy izchillikning yo’qligi ko’zga yaqqol
tashlanmoqda. Ayrim darsliklar nuqul rivoyat va badiiy asarlardan yaxlit
ko’chirmalar holida nashr etilmokda.
Tarixnavisligimizdagi yana bir muammo shundaki, biz hamon mustaqil
fikrga ega bo’lolmayapmiz. Hamon kimlarningdir soxta g’oyalariga tayanyapmiz.
Ma’lumki, sobiq sho’ro tuzumi davrida olimlarimiz har bir fikr-muloxazasini
marksizm-leninizm klassiklari uydirmalaridan ko’chirmalar olib «asoslab»
berishardi. Istiqlol yillarida ham o’zlarining ilmiy jihatdan ojiz va nochor
«fikr»lariga chetdan tirgak izlayotgan tarixchilarimiz yo’q emas. Ayniqsa, bir
paytlar «ilmiy ateizm» fanining darg’alari hisoblangan ayrim olimlarimiz bugun
tariximizni butkul diniy yo’singa burib yuborish bilan ovora bo’lmoqdalar. Ba’zilar
hatto yurtimizga islom dini kirib kelgunga qadar bo’lgan davrni «majusiylik»,
«johiliyat» davri deb atay boshladi. Bobolarimizning islomgacha bo’lgan buyuk
vatanparvarlik jasoratlariga to’la tarixiga,
ulkan bunyodkorlik, yuksak
madaniyatiga nopisand munosabat yaqqol sezilmoqda. «Johiliyat» davri atamasi
zamirida islomgacha bo’lgan davrni kamsitish mazmuni yotmaydimi? Demak,
xalqimiz tarixining o’ziga xos ata-malarini to’g’ri belgilash vazifasini tezroq hal
etmog’imiz kerak.
Bugun biz tariximizning olis-olis qatlamlariga nazar tashlar ekanmiz, hayot
mantig’ini hisobga olmasdan tarix haqiqatini tiklay olmaymiz. Birgina misol
keltiraylik: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz (Kesh), Termiz, Qarshi va
boshqa shaharlarimizning yoshi 2700-3000 yilga borib taqalishini mutaxassislar
e’tirof etishmoqda. Xo’sh, bizning tariximiz, ana shu zamin, ana shu
jannatmakon tuproq tarixi bilan bog’liq bo’lgan shu o’lka
xalqlarining tarixi
shuginamikin? Axir shaharlar yoshi bilan xalqlar tarixi belgilanadigan bo’lsa, biz
yana xato qilmayapmizmikin? Har tomonlama barkamol, dunyo xalqlari
diqqatini o’ziga tortgan, ulkan fan va madaniyat markaziga aylangan
shaharlarning dunyoga kelguniga qadar ham odamlar shu erda yashashgan-ku!
Kishilik hayotining madaniylashish jarayoni, ong va tafakkurning rivojlanishi,
insonning daholik qudrati va zakovati evolyutsiyasini nazarda tutsak, shahar
16
paydo bo’lgunga qadar bir necha ming yillik hayot mavjudligini nega
unutmog’imiz kerak?
1998 yilda buyuk mutafakkir Ahmad al-Farg’oniy tug’ilganining 1200
yilligi nishonlandi. Ulug’ bobokalonimiz tug’ilgan va voyaga etgan ko’hna
Shahriston xarobalaridan miloddan oldingi asrlarda yasalgan shaffof, niliy shisha
idishlar topildi. Bejirimligi bilan ko’zimizni qamashtirayotgan bugungi guldonlaru
billur qadahlar chiroyidan qolishmaydigan bunday
shisha buyumlarini yasash
uchun insoniyat tarixi necha asrlarni bosib o’tgan? Uning texnologiyasini ishlab
chiqish, xom ashyo tarkibi va ranglar jilosini topish uchun qancha vaqt ketgan,
qancha avlod yashab o’tgan?
O’sha paytlarda hozirgidan o’n chandon mustahkam sopol quvurlar ishlab
chiqarilganligi va shaharlar to’la kanalizatsiyalashtirilganligi xalqimiz
tafakkurining buyukligini ko’rsatmaydimi? Ana shu tafakkurning shakllanishi
uchun necha asr kerak bo’lgan? Bunday savollarga javob topganimizdagina tarix
haqiqati tiklanadi. Prezident Islom Karimov tarixga ana shu nuqtai nazardan
qaraydi va xalqimiz o’tmishini tiklashda ana shunday siyosat, ana shunday
mantiq va falsafa lozimligini talab etmoqda.
Tarix – tafakkur mahsuli. O’tmishimizda bo’lgan har bir hodisa ma’lum
ma’naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’sirida yuz bergan. Demak, unga nazar
solganda, voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat, iqtisod,
qo’yingki, har bir davrning o’ziga xos shukuxiyu tashvishlari, sevinchu
iztiroblari ko’zga yaxlitligicha yaqqol tashlansin.
Ongimiz va shuurimizga
mustaxkamroq o’rnashsin. Ana shunda kishini fikrlashga, o’tmishni idrok qilib,
kelajakni aql yo’rig’i bilan belgilashga yordam beradi. Tarixning tafakkur mahsuli
va ulug’ murabbiyligi, oliy qadriyat ekanligi ana shu bilan belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, tarixnavislik bevosita
mantiq, falsafa, iqtisod, huquq, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, ruxshunoslik
va badiiyat bilan uzviy bog’langan hodisa. Bularni bir-biridan ajratish mumkin
emas. Mabodo ana shu unsurlarning biri etishmasa, nomukammallikka yo’l
qo’ygan, tarix haqiqati va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mantig’ini buzgan
bo’lamiz. Faqat, ma’lum bir davr tarixi ustida ishlar ekanmiz, eng avvalo,
tarixnavislik nazaridan ish tutib,
boshqa unsurlardan yordamchi, to’ldiruvchi
vosita sifatida foydalanmog’imiz lozim. Chunki,
Do'stlaringiz bilan baham: