2015 yil "Keksalarni e’zozlash yili"



Download 207,5 Kb.
bet1/4
Sana23.07.2022
Hajmi207,5 Kb.
#842697
  1   2   3   4
Bog'liq
2015- yil keksalarni e`zozlash yili


2014

2015 yil - "Keksalarni e’zozlash yili"


Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2015 yilga mamlakatimizda "Keksalarni e'zozlash yili" deb nom berildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barcha jabhalardagi keng ko’lamli o’zgarishlar zamirida inson va uning manfaatlari, oilalarimiz farovonligi, farzandlarimizning hech kimdan kam bo’lmay o’sishiga erishishdek ezgu maqsadlar mujassam.
Prezidentimiz Konstitusiyamiz qabul qilinganining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda 2015 yilni mamlakatimizda "Keksalarni e'zozlash yili", deb e'lon qilishi ham inson va uning hayotiga bo’lgan g’amxo’rlik va e'tiborning amaldagi namunasi sifatida yurtimiz tarixi zarvaraqlarida muhrlanib qolishi shubhasiz.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan "o’zbek modeli" samaralari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan o’zgarishlar, xalqimizning hayot darajasi va sifati ortib borayotganida yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Kuchli ijtimoiy siyosat ana shu taraqqiyot modelining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tamoyil asosida o’tgan davrda mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirish, yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlar, kam ta'minlanganlarni manzilli ijtimoiy muhofazalash yuzasidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbarining 2011 yil 30 mayda qabul qilingan "2011-2015 yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori shu maqsad yo’lidagi xayrli ishlardandir. Mazkur qaror asosida yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirish, ularni ijtimoiy ta'minlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari yanada takomillashtirildi.
Qarorga binoan 2011-2015 yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Shunga ko’ra, yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatishning me'yoriy-huquqiy bazasi yanada mustahkamlanib, ijtimoiy xizmatlar turlari kengaytirildi. Ularni aniq manzilli davolash va sog’lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya choralari kuchaytirildi. Nuroniylarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, ularni dori-darmonlar va boshqa vositalar bilan ta'minlash bo’yicha samarali ishlar qilinmoqda.
"Keksalarni e'zozlash yili"da bu boradagi ishlar ko’lami yanada kengayishi shubhasizdir.Bular xalqimizning turmush darajasi va sifati tobora ortib borayotganidan, yoshi ulug’ odamlarimiz yaxshi niyat, ertangi kunimizga katta umid bilan yashayotganidan, ularning qalbi sofligidan dalolatdir.
Prezidentimiz Konstitusiya bayramidagi ma'ruzasida har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e'tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilashini, sodda qilib aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma'naviy hayotimizning tom ma'noda ajralmas qismiga aylanganini alohida ta'kidladi.
Nuroniylarimizning bunday e'tibor va g’amxo’rlikka, bugungi tinch, osuda turmushimizga shukronasi hamda ertangi kunga bo’lgan ishonchlari ularning duo-yu dil so’zlarida o’z aksini topmoqda.
Ha, faxriylarga e'tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, og’irini yengil qilish, qadrlash va e'zozlash har birimizning insoniy, farzandlik burchimiz.



Download 207,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish