Ziyonet doc



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/76
Sana18.02.2022
Hajmi0,76 Mb.
#450442
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
Bog'liq
tarix falsafasi va metodologiyasi

Tarix fanining predmeti
Har qanday fanning tadqiqot maydoni, o’rganish manbai bo’ladi. Jumladan, 
tarix fanining ham. Tarix fanining predmetini belgilash tarixiy bilim nazariyasidagi 
eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Uning echimini to’g’ri, ilmiy 
asoslangan, nazariy jihatdan pishiq-puxta, hayotiy va amaliy jihatdan asosli 
bo’lgan holatda yaratish bevosita fan taraqqiyotini belgilaydi. Bu esa o’z-o’zidan 
tarixiy bilim tabiatini, uning o’ziga xosligini belgilashdan iborat. Ana shu ilmiy 
mezon va me’yor bevosita tarixiy ma’lumotga erishish yo’llari va vositalarini qay 
darajada to’g’ri va aniq belgilashni taqozo etadi. 
Bunday qaraganda tarix fani predmetini belgilash osonday tuyuladi. Biroq, 
mutaxassislarning fikricha, tarix tushunchasi haqida 30 ga yaqin yondashuv va 
tadqiq etish usullari mavjud ekan. Ana shu fikrlar xilma-xilligi, yondashuvlar 
turlichaligi, tarix faniga bo’lgan munosabatlarning har xilligi uning predmetini 
aniqlashni birmuncha murakkablashtiradi. 
Tarixshunos N. Doroshenko tarix fani predmetini «Tarixiy ongda o’z 
aksini topgan, turli tarixiy yo’nalishlarga asoslangan, turli tarixiy rolni bajaruvi 
odamlarning tarixiy turmushidan tarkib topgan real qonuniy, tarixiy jarayon 
muhim elementlardan biri deb hisoblangan tizim» sifatida tushunadi. V.Ivanov 
tarix fani predmeti haqida gapirar ekan, «Tarix ommaviy hayot qonuniyatlarining 
konkret shakllarini o’rganishni predmet» deb xisoblaydi. 
B. Mogilnitskiy esa «Tarix odamlar faoliyati, shuningdek, ushbu faoliyat 
oqibatlari bilan bog’liq bo’lgan konkret ommaviy taraqqiyot qonuniyatlarini 
tadqiq qiladi», deydi. Atoqli tarixchi I. Kovalchenko o’ziga xos fikr yuritadi va 
«Tarixiy taraqqiyot o’z maqsadiga ega bo’lgan odam faoliyatini o’zida aks 
ettiradi, bu esa ilg’or qonuniy hamda ichki shartlarga ega bo’lgan jarayondir. Bu 
jarayonning konkret yo’nalishida organik ravishda moddiylik va ma’naviylik, 
ob’ektivlik va individuallik uyg’unlashadi. Bu uyg’unlikning o’zi esa tarkibiy 
shakl va sifat birligi holatida namoyon bo’ladi», degan fikrni ilgari suradi. 
O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, qarashlar turlicha, yondashuvlar xilma-
xil. Biroq barchasining mohiyatida inson, uning o’tmishi, buguni va istiqboli 
yotadi. Tarixning muallifi, yaratuvchisi, ishtirokchisi inson va faqat inson 
degan g’oya ilgari suriladi. Demak, tarix fanining predmeti insonshunoslik, 
inson olami va xatti-harakati, qarashlari va manfaatlar to’qnashuvidagi fe’l-
atvorining tadqiqotidir. 
Tarix fanining predmeti atrofidagi munozaralar faqat shugina emas. Ingliz 
tarixchisi R. Kollingvud «Qandaydir tarixiy jarayon va uni anglashning aniq yo’li 
yo’q. Tarixiy jarayon o’z-o’zidan ong jarayoni hisoblanadi», desa, M. Oukshot 
tarix fanining predmeti bu shunchaki «Tarixchining tadqiqot olami, uning 
konstruktsiyasi. Tarix – bu tarixchi g’oyalarining spetsifik olami» deydi. Bu bilan u 
tarix fani predmetini birmuncha bo’shashtirganday ko’rinadi. Uning bunday 


23 
g’oyasida tarixchi tarixni qanday xohlasa shunday tadqiq qilaveradi. Har bir 
kishining o’z olami bo’lganiday, tarixchining ham o’z olami mavjud. U o’tmishni 
qanday tushunsa shunday ifodalayveradi, degan xulosa ham bor. Biroq tarix fani 
metodologiyasi fanga jiddiy yondashishni va asosli xulosalar chiqarishni taqozo 
etadi. U insoniyat tarixining butun moxiyatini, sevinchu iztiroblarini, shukuxli va 
sitamli dam-larini yaxlitligicha ifoda etmog’i lozim. 
Hozirgi zamon Amerika tarixchisi G. Kommadjer tarixiy bilim predmeti 
haqida fikr yuritar ekan, u tadqiqot ob’ektiga idealistik nuqtai nazardan 
yondashadi va fan moxiyatini quyidagicha ifoda etadi: «Tarix amalda atom, 
kimyoviy vositalar singari o’zini namoyon etolmaydi. Ushbu vositalar tabiatda 
mavjud. Ular inson yo’q qilguniga qadar mavjud bo’ladi. Tarix esa tabiatda 
yashamaydi. Balki inson tasavvurida, xotirasida yashaydi». 
Demak tarix uzluksiz va yashovchan. Inson, insoniyat mavjud ekan, uning 
shajarasi davom etar ekan, tarix xotiralarda qaysidir darajada yashayveradi. 
Vorisiylik, avlodlar shajarasi tarixning tadrijiyligini, davomiyligini saqlab qoladi. 
Ana shu holatning o’zi tarixiy bilim manbai, tarix fani predmeti masalasiga 
aniqlik kiritadi. Inson xotirasi va ajdodlar hayotini o’rganish ehtiyoji orqali yaxlit 
insoniyat tarixini tadqiq etish, uni shakllangan fan qonuniyatlari asosida 
rivojlantirish muammosini kun tartibiga qo’yadi. 
Darhaqiqat, tarix buyum yoki boylik ham emas. Shuningdek, hayot uchun, 
yashash uchun kurashmaydi. U o’zini ximoya qilolmaydi, amaliy faoliyat 
ko’rsatolmaydi. Bularning hammasi insonda mujassam. U beqiyos boylik va 
ne’matlar yaratadi, kurashadi, inkor etadi, qo’llab-quvvatlaydi, munosabat 
bildiradi. Natijada o’zi ham iztirob chekadi, quvonadi. Amaliy faoliyat, xatti-
harakatlar natijasini baholaydi. Asta-sekinlik bilan uning o’tayotgan har bir kuni 
tarixga aylanib boraveradi. Bu albatta, individual voqelik. Bitta shaxsga bog’liq 
bo’lgan jarayon. Yakka-yakka shaxslarning birligidan tashkil topgan jamiyatda 
ushbu amaliy faoliyatlar yig’indisi – kollektiv mohiyat kasb etadi va shu tarzda 
jamiyat, xalq tarixi vujudga keladi. Demak, tarix fani kishilik jamiyatining 
o’tmishini o’rganar ekan, u tom ma’noda insonshunoslikdir. Ana shu xulosadan 
kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining predmeti – insondir. 
Umuman olganda yuqorida keltirilgan iqtiboslardan ko’rinib turibdiki, ular 
asosida tarixni idealistik yoki materialistik nuqgai nazardan o’rganish uchun turli 
metodologiyalar tavsiya etiladi. Biroq tavsiyalar, yondashuvlar, tadqiqot usullari 
qanchalik xilma-xil bo’lmasin, tarix fani predmeti insondir, insonshunoslikdir. 
Voqelik inson orqali yuzaga kelar ekan, har qanday tarixiy jarayon inson fe’l-
atvorining, ma’naviy-ma’rifiy darajasining, ruhiy va axloqiy imkoniyatlarining 
hamda manfaatlarining in’ikosi ekan, o’tmishga inson orqali nazar tashlash, inson 
mohiyatini ochish orqali tarix moxiyatini ochish ilmiy haqiqatga yaqinroq, deb 
o’ylaymiz. 
Tarixni yaxlitligicha, bir butunligicha anglash uchun tarix predmetining 
butun moxiyatini anglamoq zarur. Ana shu fikrdan kelib chiqib aytish mumkinki, 
tarixchining 
vazifasi 
tarixiy 
jarayonning 
asosiy 
belgilovchi 
hukmron 
tendentsiyasini ifoda etishdir. Chunki ma’lum bir davrda yuz bergan har qanday 
voqea-hodisa tagida turli-tuman bir-birini rad qiladigan, bir-birini inkor eta-digan 


24 
qarashlar ham yotadi. Yuz bergan voqeani tan olmaydigan, uni tushunishni 
xohlamaydigan yoki umuman tushunmaydigan odamlar guruhi hamma vaqg 
hamma davrda bo’lishi tabiiy. Tarixni to’g’ri belgilash, to’g’ri baholash va 
to’g’ri tushunishning murakkabligi ham ana shunda.
Nemis faylasufi Edmund Gusserlning fenomenologik falsafasida aqliy 
intuitsiya tushunchasi ustuvorlik qiladi. Jumladan, u har qanday his qilish 
qobiliyatini aql-idrok orqali amalga oshirishni, mohiyatga asoslangan jarayon 
ekanligini aytadi. Natijada, «intuitsiya bu ilohiy his-tuyg’u, qalb ovozi emas, 
balki aql ovozidir» degan xulosaga keladi. Bizningcha, bunday ta’rif va 
yondashuv ko’pincha ilmiy tadqiqot ishlarida, xususan, tarixni anglash, 
tushunish va ifoda etishda yana ham ko’proq qo’l keladi va aniq xulosalar 
chiqarishga yordam beradi. Zotan, har qanday fan aql orqali namoyon bo’ladigan 
fikr, mulohaza, mushohada natijasidir. Jumladan, o’tmish haqidagi tasavvurlar 
aql orqali quyuqlashib, yaxlit mohiyat kasb etadi. Yuzaki va siyqa qarashlardan 
farqli holda o’z ilmiy asosi va nazariy isbotini topadi. Darhaqiqat, ong keng 
miqyosli, ziddiyatli va rang-barang olam, har qanday ong tushunchalar va 
tasavvurlar jamuljami. Uning tayanchi esa yolg’iz aql, idrok. Aqlga tayangan, 
vdrok ustuvor bo’lgan onggina o’zining ma’rifiy qudratini, fikriy salohiyatini 
to’la namoyon eta oladi. Aqlga tayanmagan har qanday ong zararli va 
g’ayriinsoniydir. Ana shu holatdan kelib chiqib Gusserl masalaning to’rt jihatiga 
alohida e’tibor beradi: 
—fikrlar go’zalligi va mukammalligi; 
—fikrlarning o’zaro aloqadorligi, uzviyligi va o’zaro hamkorligi; 
—fikrlarning mohiyati va ularning mantiqiy tushunchalar orqali aks 
etgirilishi; 
–mazkur fikrlar oqimini o’rganuvchi fenomenolog olimning his-
tuyg’ulari. Bu his-tuyg’ularning fikrlar oqimiga ta’sir qilishi. 
Ko’rinib turibdiki, Gusserl falsafasida har qanday intuitsiya, his-tuyg’u 
aqlga tayanadi va u asosli fikrlash, jo’yali xulosalar chiqarish imkonini beradi. 
Tarixni o’rganish, insoniyat o’tmishini tadqiq etishga fenomenolog yondashuv 
har bir davr fenomenini, o’sha davr odamlarining o’ziga xosligini va yaxlit 
qiyofasini o’rganishni taqozo etadi. 
Hozirgi zamon tarixni anglash hodisasi falsafiy germenevtikaning ana 
shunday keng miqyosli, inson olami orqali u yashagan davrga baho berish, uni 
talqin etish va etarli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Falsafadagi tushunihdan 
oldingi anglash holati tarixni o’rganishdan oldin o’sha o’rganiladigan davr tarixi 
to’g’risida birmuncha to’laroq hayotiy, tarixiy, ilmiy tayyorgarlikka ega bo’lish, 
ma’lum bir tushunchaga asoslanib, tadqiq etish orqali intuitiv talqin etish va 
tushuntirish imkoniyatlaridan keng foydalanishda ham alohida ahamiyatga ega. 
Bu bevosita tarixiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotining o’ziga xos oqimi sifatida 
o’zining yangidan-yangi imkoniyatlarini ko’rsatmoqtsa. 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish