Bosimning ta’siri
Bosim kattaligi ikki omil bilan xarakterlanadi:
etilenni o‘z parsial bosimi bilan;
suv bug‘larining kondensatlanishi boshlanishi bilan. Etilen parsial bosimining ortishi bilan reaksiya tezligi ortadi.
Katalizning faol boshlanishi sifatida yoyuvchi yuzida suyuq ag- regat holatda joylashgan va konsentratsiyasi katalizator yuzida suv bug‘ining tarangligiga bog‘liq holida bo‘lgan erkin fosfat kislotasi- dir.
2
Оdatda, fosfat kislotaning konsentratsiyasi 83–85% oralig‘ida bo‘ladi. Аgar suv bug‘ining tarangligi katalizator yuzida kuchli ortsa–suv bug‘lari kondensatlanadi va fosfat kislotani suyultiradi. Natijada spirtning salmog‘i keskin pasayadi. Shuning uchun sistema- ning umumiy bosimi (P) 70–75 atmosfera. Suv bug‘ining parsial bo- simi Ph O = 27 – 30 atmosfera. Etilenning parsial bosimi atmosfera.
2 4
PC H 30 38
Suvning etilenga nisbatini ta’siri
Jarayonni belgilab beruvchi zarur omil – suvni etilenga nisbatan molli nisbatlaridir.
Аmalda suvning etilenga molli nisbatlari 0,6–0,7:1 ga teng qilib ushlab turiladi. Bunday nisbatlarni tanlash fosfat kislotasi konsen- tratsiyasini 83–85% da saqlab turish bilan bog‘liq.
Boshqa omillar ta’siri
Kontakt vaqti (hajmiy tezlikka teskari kattalik) – 1820 sek, uning qiymatini orttirish etilenning konversiyasini oshirsada, reaksi- ya yonaki mahsulotlari miqdorini ham oshishiga olib keladi.
Etilenning hajmiy tezligi 1800–2000–soat–1, bir o‘tishda etilen konversiyasi 4–6%.
Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya qilish qurilmasi ish rejimi quyidagicha:
Umumiy bosim, 70–75 atmosfera. Temperatura, 280–300ºC.
Molli nisbat, H2О/C2h4=0,7:1. Kontakt vaqti, 18÷20 sek.
Etilen hajmiy tezligi , 1800–2000 soat–1.
1m3 katalizatorda olingan spirt miqdori, 190–200 kg/soat.
Katalizator 500 soat ishlaydi, undan so‘ng fosfat kislota tez ketib qolishi oqibatida uning faolligi tushib ketadi, shu sababli jarayon paytida katalizatorga yangi H3PО4 qo‘shib turiladi va uni regenerat- siyasiz xizmatini 900 soatgacha uzaytiriladi. Reaksiyaning yonaki mahsulotlari quyidagilardir: dietil efiri (C2h5–О–C2h5)–2%; atsetal- degid –1%; polimerlar –2%.
Etilen konversiyasining quyiligi va shu bois etilenning ko‘p mar- ta sirkulatsiyasi – jarayonning jiddiy kamchiligidir. Ushbu kamchilik tozaligi 98% dan kam bo‘lmagan konsentrlangan etilenni majburan ishlatishni taqozo etadi.
Suyuq fazada etilenni suv bilan 250–300ºC haroratda va 300 at- mosfera bosimi ostida gidratatsiya qilish jarayoni ishlab chiqilgan. Katalizator sifatida silikagelda W2O3(15–20%) ishlatiladi.
Usulning afzalliklari: katalizator apparaturani korroziyaga uch- ratmaydi; suvni bug‘latishga va suv bug‘ini o‘ta qizdirishga katta miqdorda issiqlik sarfi talab qilinmaydi. Katalizator bug‘ fazadagi gidratatsiya uchun yaroqsizdir, chunki bu sharoitda u kam faoldir.
Usulning kamchiligi – katalizator narxining yuqoriligidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |