Fenol olishning boshqa usullari
Fenol olishning boshqa usullari ham mavjud:
Sulfonat usuli – benzolni sulfurlashga va hosil bo‘lgan benzol- sulfokislotani ishqor bilan eritish orqali fenol hosil qilish bilan;
Хlor usuli – benzolni xlorlash bilan;
Оksidlab xlorlash usuli (Rashig usuli) – benzol, vodorod xlorid va havoning o‘zaro ta’siri va hosil bo‘lgan xlorbenzolni gidrolizi bi- lan.
Birinchi usul sulfat kislotani ko‘proq sarfi bilan, ikkinchisi esa xlorniki bilan bog‘liq. Ushbu nuqtayi nazardan Rashig usuli mukam- malroqdir, chunki vodorod xloridning asosiy massasi regeneratsi- yalanadi. Biroq oxirgi usul ko‘p issiqlik sarfi va apparaturani kuchli korroziyasi bilan bog‘liq.
Ko‘mirni kokslashda 1 t ko‘mirdan 0,3–0,6 kg fenol olinadi. Fe- nol olishning hamma sanoat usullari ichida kumol usuli iqtisodiy jihatdan eng afzal usuldir. Аgar kumol usuli bo‘yicha olingan fenol tannarxini 100% deb olinsa, sulfonatdagisi 103% ni, xlor usullarida- gisi esa 126–128% ni tashkil qiladi.
Fenol yangi usul bo‘lmish toluoldan benzol kislota va fenilbenzo- atlar orqali olinishi ham mumkin.
Naften uglevodorodlardan siklogeksanni oksidlab fenol olish ham ishlab chiqilgan (1963-y.).
Fenolformaldegid smolalar, kaprolaktam, alkilfenollar sintetik yuvish vositalari va polimer materiallar hamda neft distillatlariga prisadkalar olishda ishlatilib, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda fenoldan keng foydalaniladi.
Naften uglevodorodlarni oksidlash
Siklogeksanni oksidlash jarayoni asosan sanoat miqyosida sinte- tik tolalar – kapron va naylon sintez qilish uchun xomashyo olishga yo‘naltirilgan.
1.4.1. Siklogeksanni oksidlab adipin kislota olish jarayonlari
Sanoatda siklogeksanni oksidlash havo yordamida 120–140ºC temperaturada va 10–20 atmosfera bosimi ostida kobalt naftenati (siklogeksan og‘irligiga nisbatan 0,004% da) – katalizator sifatida ishlatilganda olib boriladi. Оksidlashda o‘sha zahotiyoq siklogeksa- nol va siklogeksanonga parchalanib ketuvchi siklogeksan gidrope- roksidi hosil bo‘ladi:
Оdatda, siklogeksanolning siklogeksanonga nisbati=2:1. Jara- yonning selektivligi siklogeksanning konversiya darajasiga bog‘liq: konversiya 5% bo‘lsa reaksiyaga kirishgan siklogeksanga nisbatan siklogeksanol va siklogeksanonlarning umumiy salmog‘i 95% ni, konversiya 15% bo‘lsa–60–65 % ni tashkil qiladi.
Shu bois siklogeksan bir o‘tkazilganda 10–12% konversiyaga uchrashi hisobga olinib, oksidlash jarayoni olib boriladi; reaksiyaga kirishmay qolgan siklogeksan retsirkulatsiya qilinadi.
Siklogeksanol va siklogeksanonni oksidlashning ikkinchi bosqi- chida oksidlash 57% li nitrat kislota bilan 70–100ºC harorat va 2–10
atmosfera bosimi ostida mis–vanadiy katalizatorida kislotaning o‘ta ko‘p miqdori bilan olib boriladi:
Хomashyoga nisbatan adipin kislotaning salmog‘i 90% ga yetadi.
U naylon olish uchun qimmatli xomashyodir.
Kapron olishda ilk xomashyo siklogeksandir. Uni oksidlashning birinchi bosqichidan so‘ng rektifikatsiya yo‘li bilan ajratib olinadi.
Siklogeksanning bir bosqichda oksidlash yo‘li bilan adipin kis- lota olish mumkin. Buning uchun jarayon sirka kislota eritmasida 100–120ºC haroratda va 10 atmosfera bosimi ostida kobalt xloridi ishtirokida olib boriladi:
Biroq adipin kislotaning salmog‘i siklogeksanning ikki bosqichda oksidlashdagi 75–80% o‘rniga bor yo‘g‘i 50% ni tashkil qiladi.
Siklogeksanni oksidlash jarayonini fenolni olish uchun ham ish- latish mumkin. Ushbu usul bo‘yicha siklogeksanni oksidlashning bi- rinchi bosqichida olingan siklogeksanon va siklogeksanollar platina- langan ko‘mirda 250–425ºC haroratda katalitik degidrogenizatsiyaga uchratiladi:
Shunday qilib, siklogeksanni oksidlab qimmatli mahsulot- lar bo‘lgan adipin kislota (neylon olishda monomer), siklogeksa- non (kapron olishda xomashyo), fenol (qo‘llanish sohalari avvalgi bo‘limda ko‘rsatilgan)larni olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |