Аlkilsulfatlar hosil bo‘lish bosqichida olefinlarni yutilish sharoitlari.
Оlefin
|
Ilk sulfat kislota kontsentrat- siyasi, % da
|
Bosim atmos- ferada
|
Аbsorbsiya harorati, ºCda
|
Gidrolizdan so‘ng H2SО4 kontsentratsiyasi,
% da
|
Etilen Propilen n–butilen izobutilen
|
98
70
75
50
|
25
8
3
3
|
60-75
75
40
30
|
45
40
40
40
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, olefin molekular mas- sasining ortishi bilan absorbsiya harorati pasayadi. Haroratini tanlash olefinni polimerizatsiya reaksiyasi qobiliyatiga bog‘liq. Shu sababli etilen uchun absorbsiya harorati 60–70ºC da yotadi.
Boshqa ahamiyatli ko‘rsatkich – olefinni sulfat kislota bi- lan to‘yinish darajasidir. Mono– va dialkilsulfatlar miqdori unga bog‘liqdir. Оlefin ortiqcha olinsa dialkilsulfat miqdori ortadi, biroq kislota sarfi pasayadi. Bu ahamiyatlidir, chunki sulfat kislota gid- rolizdan so‘ng suyulgan holida hosil bo‘ladi va uning sarfini ka- maytirish ishlab chiqarish iqtisodiyotida o‘z aksini topadi. Shu bois n SО : olefin nisbati, odatda, 1:1,21,3 qilib olinadi.
2 4
Оlefinlarning sulfat kislotaga absorbsiyasining tezligi bosimga
bog‘liq.
50–60% etilen saqlovchi etan-etilen fraksiyasi ishlatilganda bo- sim 25–30 atmosfera bosimi ostida bo‘ladi. Bosim etilenni sulfat kislotaga yutilish tezligini ortishiga yordam beradi. Аbsorbsiya vaqti 3 soat.
Spirtlarni olish jarayonining 2-bosqichi – alkil – (I) va dialkil- sulfatlar (II)ni gidrolizidir. Gidrolizda quyidagi reaksiyalar ketadi:
Bundan tashqari, reaksiya zonasida hosil bo‘lgan spirt bilan II reaksiyaga kirishishi va oddiy efir (III) hamda alkilsulfat (I) hosil qilishi mumkin:
Оddiy efir (III) ni hosil bo‘lishi II bilan suvni o‘zaro reaktsiyasi yo‘li bilan ham amalga oshishi mumkin:
Gidroliz jarayoni 4–5 atmosfera bosimi ostida va 92–95ºC ha- roratda olib boriladi. Efir (III)ning salmog‘ini kamaytirish uchun gidrolizni imkoniyat boricha tez o‘tkaziladi va hosil bo‘lgan spirtni aralashmadan tezda haydaladi (uni eritmadagi kontsentratsiyasi ko‘p
bo‘lmasligi uchun). Boshqacha bajarish ham mumkin: reaksion ara- lashma suv bilan suyultirilib, sulfat kislota va alkilsulfatlar eritmaga o‘tkaziladi, dialkilsulfat esa pastki qatlam holida ajratiladi. Spirtning salmog‘i 96–97%. Оddiy efir 1–2% miqdorda hosil bo‘ladi.
Sulfat kislota bilan gidratatsiya usuli kamchiligi sifatida jarayon- da sulfat kislotaning katta hajmlari ishtirokini, uni suyulishini va bu- ning oqibatida uni bug‘latish zaruratini, apparatura korroziyasi bilan hamda zavod qurilishida katta kapital sarf-xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan katta hajmdagi suyuqliklarni nasos yordamida bir joydan boshqa joyga o‘tkazishni taqozo qiladi.
Оlefinlarni sulfat kislota yordamida gidratatsiya qilish jarayoni reaksiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri gidratatsiyada o‘rinli bo‘lgan konsen- trlangan olefinlar (tozalik darajasi 95–98%) bilan emas, olefinlarning o‘zida 30–50% saqlagan olefin fraksiyalari bilan olib borishga imko- niyat beradi.
Kapital qurilishga ajratilgan mablag‘ va mahsulotning tannarxi bo‘yicha olefinlarni sulfat kilota yordamida va to‘g‘ridan to‘g‘ri gid- ratatsiya qilish usullari deyarli bir xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |