Etilenni yuqori bosim ostida polimerlash – radikal mexanizmi bo‘yicha ketuvchi zanjir jarayondir. Reaksiyaning initsiatori kislo- roddir, biroq peroksidlar ham ishlatilishi mumkin. Reaksiya katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi.
Yuqori bosim ostida etilenni polimerlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar
Ushbu omillar quyidagilardan iborat:
Bosim va harorat.
Kislorod miqdori.
Reaksiya vaqti.
Bosim va haroratning ta’siri
Etilenni yuqori bosim ostida polimerlash reaksiyasi 650–700 atmosfera bosimi ostida boshlanadi, chunki bunday quyi bosimda etilen zichligi polimerizatsiyani boshlanishi uchun zarur bo‘lgan zarralarni o‘zaro to‘qnashish soni (boshqacha qilib aytganda, gaz molekulalarini yetarli kontsentrasiyasi)ni ta’minlaydi. Bir harorat va kislorodning doimiy sarfida moddalarni bir-biriga aylanish «chuqur- ligi» bosimga proporsionaldir, chunki faol markazni monomer mo- lekulasi bilan kontakt bo‘lish ehtimoli o‘sadi. Shuning uchun yuqori molekular mahsulotlar olish uchun g‘oyat yuqori bosim qo‘llanilishi
lozim. Masalan, etilenni polimerlashda (bir xil haroratli sharoitlar- da) 1100 atmosfera bosimi ostida molekular og‘irligi 9000 ga yaqin bo‘lgan polimer hosil bo‘ladi. Аgar 1500–2000 atmosfera bosimi ostida qo‘llanilsa molekular og‘irligi 15×103¸20×103 bo‘lgan po- lietilen olish mumkin. 520 atmosfera bosimi ostida va boshqa teng sharoitlarda molekular og‘irligi 2000 bo‘lgan polietilen olinadi. Ja- rayonni olib borishda harorat etilenning konversiyasini ko‘p jihat- dan aniqlab beradi. Harorat ortishi bilan reaksiyaning «chuqurligi» ortadi va o‘sha konversiyaga yetishish uchun reaksiya vaqti kama- yadi. Biroq birinchidan, polietilenning sifati sezilarli yomonlashadi, chunki haroratning 300ºC gacha ko‘tarilishi oqibatida hosil bo‘lgan
«bo‘yalgan polietilen» deb atalgan polietilen parchalanishiga olib keluvchi yonaki jarayonlarni ham tezligi ortadi. Ikkinchidan, 260ºC dan yuqori haroratda polimerizatsiya va parchalanish reaksiyalari- ning tezlashishi natijasida ko‘p miqdorda issiqlik hosil bo‘lib, reaksi- ya zonasidan chiqib ketishga ulgurmay qoladi, jarayonni boshqarish qiyinlashadi va oqibatda u portlashga olib kelishi mumkin. Shu bois harorat 260–270ºC bilan chegaralanadi. Ishlatiladigan haroratning quyi chegarasi peroksidlarni olish va parchalash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunda polimer zanjir o‘sishi hosil bo‘lgan erkin ra- dikallar asosida amalga oshiriladi. Initsiator sifatida molekular kis- lorod ishlatilganda etilen peroksidi 1500 atmosfera bosimi ostida 150ºC haroratda hosil bo‘ladi. Peroksidni parchalash temperatura- ning orttirishni taqozo qiladi.
Jarayonni optimal harorati 100 dan 260ºC gacha hisoblanadi.