3.Yangi mavzubayoni: bunda o‘quvchilar bilan “aqliy hujum” o‘tkaziladi, ya’ni o‘qituvchi 2ta bir xil sig‘imli 150 ml bo‘lgan relyef chiziqlar bilan darajalangan stakan olib bir xi ya’ni 100ml balandlikgacha birinchisiga o‘simlik yog‘i ,ikkinchisiga suv quyib ularning massasini elektron tarozida o‘lchaydi va natijalar turlicha ekanligiga o‘quvchilar diqqatini qaratib savollar bilan murojaat qiladi.(slayd-7)
Nima uchun bir xil idishdag suv va yog‘ massasi bir xil emas?
O‘quvchilar javoblari tinglanib ,shundan so‘ng zichlik tushunchasi og‘zaki bayon qilinadi. Oldingi darslarimizdan yaxshi ma’lumki moddani tashkil etgan zarralar bir-biridan ma’lum masofada joylashadi.Ayrim moddalarda zarrachalar yaqin joylashsa, ayrimlarida esa uzoqroq joylashadi. Bundan tashqari ,turl moddalarning zarrachalarining massasi turlicha bo‘ladi. Moddaning bu xususiyati zichlik deb ataluvchi fizik kattalik orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |