Zekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-qurilish instituti



Download 0,63 Mb.
bet7/15
Sana25.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#704476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Suyundikov Farruh.35-18

1.2- jadval.
Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” Davlat dasturi to‘g‘risida gi qishloq aholi punktlari ichimlik suvi tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2021 yilda Respublika bo‘yicha bajarilgan ishlar



Bajariladigan ishlar



o‘lchov
birligi

Yillik
reja

Shu jumladan
amalda
bajarilishi

%

1

Aholi punktlar soni

dona

304

366

120

2

Aholi soni

kishi

429248.0

494793

115

3

Suv tarmoqlarini qurish

km

354.8

490.2

138

4

Suv tarmoqlarini ta’mirlash

km

254.3

183.4

725

5

Suv quduqlarini qazish

dona

109

63

58

6

Suv quduqlarini ta’mirlash

dona

151

117

77

7

Nasos o ‘matish

dona

301

316

105

8

Suv minorasi va
rezervuarlarni ta’mirlash

dona

64

31

48

9

Transformatorlarni o‘rnatish

dona

77

40

52

10

Elektr tarmoqlarini qurish

km

37

18.0

49

11

Ajratilgan umumiy mablag4

mln.so‘m

20500.0

19019.2

93




Shu jumladan:
















mahalliy budjet

mln.so‘m

5267.0

4523.7

86




homiylar hisobidan

mln.so‘m

15233.0

14495.5

95

12

O'zlashtirilgan mablag'

mln.so‘m

20500.0

19709.3

96

Oqova-quvur tarmog‘i ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari, uy-joy fondi, kommunal, ijtimoiy va boshqa barcha turdagi binolar, inshootlardan maishiy foydalanilgan oqova suvlarni, shuningdek shahar yuza qatlamidan yog‘ingarchilik va boshqa sabablarga ko‘ra hosil bo‘luvchi suvlarni hududdan chiqarishni ta’minlaydi va ulami tozalash, qayta ishlash vazifasini bajaradi.


Oqova-quvur tarmog‘ining ishlashining asosiy ko‘rsatkichlari: oqova suvlarni bosh kollektor orqali o‘tkazish va ularni tozalovchi inshootlarda qayta ishlashdir. Kollektorlar va tozalovchi inshootlar orqali o ‘tkazilayotgan oqova suvlar miqdori har bir iste’molchi
uchun ular foydalanayotgan suv miqdoriga teng deb qabul qilinadi.
Suvdan xomashyo sifatida foydalanayotgan korxonalar uchun yoki suvni aylanish siklida ishlatuvchi korxonalar uchun oqova suvlar miqdori tarmoqqa chiqarilayotgan suv miqdorini hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Aholi turar joylari oqova-quvur tarmoqlari holati ko‘rsatkichlariga, ko‘chalarda yotqizilgan quvur uzunligiga ko‘chalarninig umumiy soniga nisbatan foiz hisobida, suv o‘tkazish qobiliyati oqova suv hajmiga nisbatan foiz hisobida, oqova suvlarni mexanik va to‘liq biologik tozalanganligi kanalizatsiya tarmog‘ining suv o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan qayta tozalangan suv miqdorining nisbati foiz hisobida belgilanadi.
Oqova-quvur xizmatini tashkil etishning texnik iqtisodiy murakkablik tomonlari shundan iboratki, har bir shaharda oqova quvur tarmog‘i tuzilishi oqova suvlaming hosil bo‘lish manbalaridan kelib chiqib turlicha bo‘ladi.
Oqova suvlar hosil bo‘lish manbalaridan kelib chiqib quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
— Maishiy (xo‘jalik) oqova suvlari;

  • Ishlab chiqarish jarayoni (texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan, tarkibi murakkab, zaharli) oqova suvlari;

— Atmosfera orqali keluvchi oqova suvlar (yog‘ingarchiliklar).
Oqova-quvur tarmog‘i tizimini tanlashda albatta har bir hududning mahalliy shart-sharoiti (relef tuzilishi va geodezik ko‘rsatkichlar) maksimal darajada hisobga olinishi shart. Tizimning samarali faoliyati o‘z navbatida, oqova suvlarni tozalash inshootlarini joylashuvi, quwati, suv havzalarning joylashishi, oqova suvlarni tabiiy kamayish ko‘rsatkichi va chiqitga chiqariladigan hajmiga bog‘liq.
Asosan oqova-quvur tizimi suv ta’minoti tizimiga teskari joylashadi, ya’ni suv ta’minoti tizimi hududning yer relefi baland tomonidan boshlanib pastga tomon yo‘naltirilsa, oqova quvur tizimi relefning pastki tomoniga to‘planib boradi.
Katta va industrial shaharlarda qo‘shimcha oqova-quvur tarmog‘i tashkil etiladi. Qo‘shimcha oqova quvur tarmog‘i to‘liq va qisman parallel yoki qisman maxsus (shaharning ishlab chiqarish kuchlari joylashgan qismida) o‘tkazilgan bo'lishi mumkin. Pararllel quvur o'tkazishdan maqsad oqova suvlarni murakkablik darajasidan kelib chiqib alohida ajratishdir.
Asosan ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari texnologik jihatdan murakkab, ularni qayta ishlash va tozalash alohida murakkab texnologiyalami talab etadi. O‘ta murakkab oqova suvi chiqaruvchi korxonalar alohida yopiq tozalash tizimiga ega boishlari talab etiladi.
Ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlarni aralash holda yagona quvurdan chiqarish iqtisodiy jihatdan qulay hisoblanadi. Bunday oqava suvlarni ham biologik ham kimyoviy qayta ishlab, tozalangan suvdan texnik suv sifatida, ishlab chiqarish jarayonida foydalansa bo'ladi.
Hozirgi kunda, dunyodagi ko'pgina mamlakatlarda sanoatning jadal rivojlanib borayotganligi, shaharlar hududining kengayib borayotganligi sababli oqova-quvur xo‘jaligining quwati o ‘sib borayotgan talabga to‘la javob bermayapti. Natijada shaharlar
atrofldagi ekologik muhitga sezilarli zarar yetkazilmoqda.
Nazariy qaraganda ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirish bilan bir qatorda oqova suvi tarmoqlarini rivojlantirish, mavjud inshootlar quvvatlarini oshirish va ochiq havzalarga tashlanayotgan oqova suvlar sifatini oshirish masalalarini hal etish lozim. Hozirgi kunda, oqova quvur xizmati ko‘rsatuvchi korxonalari hamda atrof muhitni muhofaza qilish organlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri oqova suvni asosan biologik usulda tozalash mo‘ljallangan kommunal oqova suv tozalash inshootlariga sanoat oqova suvlarini tashlagani uchun sanoat korxonalaridan haq olishni joriy etish. Ayni paytda, bir vaqtning o‘zida, sanoat oqova suvlarini kommunal oqova suv tozalash inshootlariga tashlash va tozalash ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda mavjud tozalash inshootlarini zamon talablariga moslashtirish masalalarini ham hal qilish zarur.
Respublika bo‘yicha oqova suv tozalash inshootlarining quvvati sutkasiga 4493.7 mln m3 ni tashkil etadi, bundan 94,3 % shaharlarga to‘g‘ri keladi. Hamon tozalash inshootlarining sutkalik tozalash quwatlari Jizzax viloyatida 69,2 ming m3 ni, Qashqadaryoda 59 ming m3 ni, Surxondaryoda 48,2 ming m3 ni, Sirdaryoda 71,5 ming m3 ni va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 87,6 ming m3 ni tashkil etib, pastligicha qolmoqda.
Tarmoqlarining umumiy uzunligi 4314.7 km ga yetdi. Tozalash inshootlari orqali
oqova suvlarning o'rtacha yillik o'tkazilishi 835 mln. m3 ni tashkil etadi.
Toshkent shahrida oqova quvurlar uzunligi 1539,1 km.dan ortiq bo‘lib oqova suvlarni qayta ishlash inshootlari quvvati bir sutkada 1945 ming m3 ni tashkil etadi. Oqova-quvur tarmoqlarining respublikamiz bo‘yicha eskirish darajasi 31 % ni, Toshkent
shahrida esa 22 %ni tashkil etadi.
Oqova suvlarni qayta ishlash inshootlarining eskirish darajasi quvurlarnikiga nisbatan yuqori bo‘lib, yaqin kelajakda mazkur sohaga qo‘shimcha investitsiyalar kiritishni talab etadi.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish