Bunda:
Nf — suvdan nooqilona foydalanish ko'rsatkichi;
Us— umumiy suv sarfi;
Fs— foydali suv sarfi.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida suvdan nooqilona foydalanish ko'rsatkichidan ijaraga berilgan va noturaijoy fondi sifatida foydalanilayotgan xonalarga va bino atrofidagi hududlarni sug'orish uchun sarflangan suv miqdorini ayirish orqali samarasiz suv sarfi Ss aniqlanadi.
Ss = Nf - Sim. – Ssug’ Nf — suvdan nooqilona foydalanish ko'rsatkichi;
Sim— ijaraga berilgan va noturarjoy xonalardagi suv sarfi;
Ssug’— bino atrofidagi hududlarni sug'orish uchun sarflangan suv miqdori.
Samarasiz suv sarfi texnik m e ’yor bo'yicha yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan yo'qotishlar, suv ta ’minoti tizimidagi nosozliklar va tizimda me ’yordan ortiq bosim hosil qilish natijasida yuzaga keladigan yo'qotishlardan tashkil topib uning miqdori shirkat uchun muhim hisoblanadi.
Aynan samarasiz suv sarfi uchun to'lov shirkat tomonidan amalga oshiriladi. Shirkat tomonidan noturarjoy fond sifatida foydalaniladigan inaydon va bino atrofidagi yerlarni sug'orish uchun sarflangan suv uchun to'lov h am amalga oshiriladi. Ammo, noturarjoy fondidan foydalanayotgan ijarachilardan ularga tegishli suv sarfi shirkat tomonidan alohida undiriladi.
Shinamlik darajasi past bo'lgan uy-joy fondida yashovchi aholi uchun suv iste’moli me’yorlari xonadon ichida suvquvur yoki ko'cha (hovli) larda kolonkalar (jo'mraklar) borligi hisobiga kam bo'ladi.
Aholining suv iste’mol qilish me ’yorlari uylarning sanitariya texnikasi bilan jihozlanganlik darajasiga qarab shartli tabaqalashtirilgan tarzda belgilanadi.
Respublikamizda xo'jalik hamda iste’mol suvi normalari “Kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash Metodikasi” asosida shakllantiriladi va u O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son Qaroriga muvofiq amaliyotga joriy etilgan.
Mazkur metodika tavsiyanoma tusida bo'lib, aholi tomonidan kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarining ishlab chiqilishi uchun asos hisoblanadi va hozirgi kunda ham amalda bo'lgan mazkur Metodikaga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son Qaroriga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan.
Normativlar — hayot faoliyatini ta’minlash uchun aholi tomonidan xizmatlardan foydalanishning eng kam darajasi turlicha qulaylikdagi va tipdagi uy-joy fondi uchun ishlab chiqiladi. Bular uy-joyning umumiy maydoni doirasida aholi uchun zarur bo'lgan kommunal xizmatlardan foydalanishning joriy davrdagi eng kam hajmini tavsiflovchi ko'rsatkichlar guruhi bo'lib hisoblanadi.
Normativlar darajasi o'zgaruvchan miqdor bo'lib, ijtimoiyiqtisodiy vaziyatga, demografik tusdagi o'zgarishlarga bog'liq bo'ladi va vaqti-vaqti bilan, biroq har chorakda ko'pi bilan bir marta qayta ko'rib chiqilishi kerak.
Davriy normativlar miqdori Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.