1.1-jadval.
O‘zbekiston Respublikasida suv ta’minoti (yil yakunida)
|
2019
|
2020
|
2021
|
2022
|
Suv ta’minoti tarmog‘i mavjud aholi punktlari:
Shaharlar
|
120
|
120
|
120
|
120
|
Shahar tipidagi posyolkalar
|
112
|
112
|
112
|
112
|
Qishloqlar
|
8544
|
9213
|
9323
|
9346
|
Bir tarmoqli ko‘cha suv tarmoqlari (ming km.)
|
47.2
|
48.8
|
49.5
|
51.3
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
Shaharlarda
|
16.2
|
16.1
|
16.1
|
16.2
|
qishloq joylarda
|
31.0
|
32.7
|
33.4
|
35.1
|
Suv tarmoqlari quvvati
(mln.kub.metr sutkada)
|
13.6
|
12.7
|
12.4
|
13.1
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
Shaharlarda
|
7.9
|
7.7
|
7.5
|
7.6
|
qishloq joylarda
|
5.8
|
5.0
|
4.9
|
5.5
|
Aholiga va kommunal uy-joy xo‘jaligi ehtiyojlariga suv ta’minoti (mlrd. kub.metr.)
|
1.8
|
1.7
|
1.7
|
1.9
|
Aholiga va kommunal uy-joy xo‘jaligi ehtiyojlari uchun bir sutkalik suv ta’minoti bir kishi hisobiga
(litr.)
|
189.8
|
178.9
|
167.4
|
193.2
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
Shaharlarda
|
317.0
|
325.7
|
324.4
|
322.4
|
qishloq joylarda
|
115.6
|
114.8
|
113.2
|
116.2
|
Respublikamizda so‘nggi yillarda suv ta’minoti tizimida olib borilgan ishlar va suvdan tejamli foydalanishni tashkil etish natijasida suv sarfi me’yorlarini sezilarli darajada kamaytirilishiga erishildi. Masalan, Toshkent shahrida turar joy binolarida aholi jon boshiga sarflanadigan suv me’yori 330 litrni tashkil etmoqda.
Orol dengizining qurishi oqibatida ekologik muhit ta’sirining kuchayib borayotganligi, yer osti suvlari tarkibining yomonlashib borishi respublikamizda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasida hal qilininshi lozim bo‘lgan katta vazifalarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli aholining salomatligini mustahkamlash, sog'lom avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu sohada aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning misoli sifatida respublikamizda oxirgi o‘n yillikda ichimlik suvi ta’minoti masalasida amalga oshirilgan ishlarni keltirish mumkin. Shu jumladan, respublikamizdagi 120 shaharda to‘liq suv ta’minoti, tizimining shakllantirilganligi va doimiy takomillashtirib borilayotganligini, qishloq joylarining bir tarmoqli quvurlar bilan qamrab olish darajasi 70%dan oshganini keltirish mumkin.
2009-yilda respublikamizda suv tarmoqlari qurilishiga 118,3 mlrd. so‘m miqdorda investitsiya kiritilib, shundan 53,9 mlrd. so‘m (umumiy insevtitsiyalar hajmiga nisbatan 45,6%) xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan, 40,4 mlrd. so‘m davlat budjeti (34,2%) mablag‘ lari va 11,3 mlrd so‘m aholi mablag‘lari (9,6%) tashkil etdi.
2009-yil «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» yili deb e’lon qilinib, qishloq joylari infratuzilmasini rivojlantirish davlat dasturi qabul qilindi.
Dasturda 2009-yilda qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha 1836 km uzunlikdaga suv quvurlarini qurib ishga tushurish, yuzlab quduqdari va suv ta’minoti inshootlarini ta’mirlash ishlari rejalashtirildi. Mazkur dasturda qishloq infratuzilmasini 2015-yilgacha bo‘lgan davrda rivojlashtirish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. 2009-yilda qishloq aholi punktlarida
ichimlik suvi ta’minoti masalasida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot 1.2-jadvalda keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |