Foydalilik koeffitsenti
|
=
|
Kо‘zda tutilgan daromadlar summasi
|
(3)
|
Kо‘zda tutilmagan xarajatlar summasi
|
Kо‘zda tutilgan daromadlar summasi bu investitsiyalashtirilayotgan mazkur loyihani amalga oshirish evaziga kelgusida olina-digan foyda hajmidir. Lekin u kelgusida kutilayotgan absolyut miqdorlarda emas, balki yuqorida ta’kidlanganidek, diskontlash koeffitsiyentlari bilan tо‘g‘rilangan holda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, formulaning suratida sо‘mning bugungi qiymatida ifodalangan daromadlar summasi aks etadi.
Kо‘rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan barcha xarajatlar hajmi ham xuddi shunday hisob-lanadi. Bu hisob-kitoblar bir necha yildagi investitsiya loyihala-rini amalga oshirishga qaratilgandir, agar investitsiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy, 6 oy yoki 1 yilga) mо‘ljallangan bо‘lsa, bun-day holda xarajatlar va daromadlarni diskontlashning hojati yо‘q.
Foydalilik koeffitsiyentiga asoslanib, agar koeffitsiyent 1,00 dan yuqori yoki unga teng bо‘lgan taqdirdagina investitsiyalash-tirilayotgan loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Ammo bu hisob-kitob ham yetarli emas. Chunki, mablag‘ bilan ta’minlash taqchilligi yuqori bо‘lgan sharoitlarda foydalilik koeffitsiyentlari yuqoriroq bо‘lgan loyihalarni qо‘llash afzaldir. Buni quyidagi misolda kо‘rib chiqaylik. Deylik, ikkita investitsion loyiha taqdim qilingan bо‘lsin.
Birinchi loyiha bо‘yicha xarajatlar hajmi 200 ming sо‘mni tashkil etib va bu jami 1 mln. sо‘m miqdorda diskontlangan daromad keltirishi kо‘zda tutilgan. Bunda sof daromad 800 ming sо‘mni tashkil etadi.
Ikkinchi loyiha bо‘yicha esa jami xarajatlar hajmi 50 ming sо‘mni talab yetgan holda, diskontlangan daromadlar hajmi esa 450 ming sо‘mni tashkil etadi. Bunda sof daromad 400 ming sо‘mga tengdir, ya’ni birinchi loyihadan 2 marta kamdir.
Sizdagi mavjud mablag‘ esa 200 ming sо‘mni tashkil etib, birinchi loyihani investitsiyalashtirish imkoniyatiga egasiz. Xо‘sh, bu maqsadga muvofiqmi?
Albatta, yо‘q. Chunki, birinchi loyiha uchun foydalilik koeffi-siyenti 5 ga (1 mln. sо‘m : 200 ming sо‘m), ikkinchi loyiha uchun esa 9 ga (450 ming sо‘m: 50 ming sо‘m) teng yekanligini hisoblab chiqish uncha-lik qiyin emas. Demak, agar 200 ming sо‘m mablag‘ingizni foydali-lik koeffitsiyenti 9 ga yaqin bо‘lgan bir nechta kichik loyihalarga sarf qilsangiz, natijada siz 1,6 mln. sо‘mga yaqin sof daromadga ega bо‘la-siz. Bu esa birinchi loyiha daromadiga nisbatan 2 martaga kо‘pdir.
Biroq hayotda foydalilik koeffitsiyentlari bir xil bо‘lgan bir nechta loyihalar bir vaqtning о‘zida kamdan-kam xollardagina uchraydi. Bu koeffitsiyentlar kо‘pincha bir-biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun qaysi loyihani tanlash masalasi hal qilinayotganda, avvalo, ularning foydalilik koeffitsiyentlari kattaliklari bо‘yicha, ya’ni ushbu koeffitsiyentlar miqdorining kamayib borish tartibini kо‘rsatuvchi sxema tuzib, kuzatib borish maqsadga muvofiqdir. Buni xarajatlar va daromadlar miqdoriga qarab quyidagi jadval tarzida ham ifodalash mumkin (7-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |