Ўзбкистон республикаси


Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish asoslari



Download 2,55 Mb.
bet57/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

4.5. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish asoslari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag‘ bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bо‘lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag‘larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bо‘lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib bo­radi. Chunki, bu muddat ichida bozor konyunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi tо‘lovlari ham zimdan oshib boradi. Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bо‘lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakat uchun xos bо‘lsa) xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag‘ sarflash maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashish ilmiy-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori bо‘lgan va yangi texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investitsiyalarni tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bо‘lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bun­dan tashqari, pulni oluvchi yetarli obrо‘ga ega bо‘lmasa va mablag‘ egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag‘ning о‘zini qoplash muddatiga qarab ish kо‘riladi.
Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag‘ bilan ta’minlanish va uni о‘zlashtirish tartibini kо‘rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida о‘zlashtirish uchun 120 ming sо‘mlik xom ashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming sо‘m daromad olishni kо‘zda tutmoqda. Shu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalash-tirilgan. Xо‘sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi?
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz.
Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi for­mula orqali hisoblanadi:

Xarajatlarni qoplash muddati

=



Boshlang‘ich investitsiyalar

=

120000

=

3,4yil

(1)

Har yilgi pul daromadlari

35000



Mazkur hisob-kitobdan kо‘rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investitsiya ajratishning ushbu varianti qulaydir.
Ammo amalda pul daromadlari har yili har xil bо‘ladi. Odatda, ular ish boshida kamroq bо‘lib, keyinchalik о‘sib borishi mumkin (agar loyiha biror bir aniq maqsadni kо‘zlagan bо‘lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot haridorgir bо‘lsa). Bunday holatda xarajat-larni qoplash muddati ancha boshqacha bо‘ladi.
Faraz kilaylik, investitsiya miqdori misolimizdagi kabi bо‘lib, yillar bо‘yicha kо‘zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bо‘lsin:
birinchi yilda – 25 ming sо‘m;
ikkinchi yilda – 35 ming sо‘m;
uchinchi yilda – 48 ming sо‘m;
tо‘rtinchi yilda – 54 ming sо‘m.
Bulardan kо‘rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming sо‘mni tashkil etadi. Demak, investitsiyaning tо‘liq qoplanishi uchun tо‘rtinchi yili davomida atigi 12 ming sо‘m talab etiladi. Bu summani tо‘rtinchi yilda kо‘zda tutilgan daromad­lar summasi (54 ming sо‘m) ga teng bо‘lib, shu yil uchun xarajat­larni qoplanish muddatiga – 0,22 yilga ega bо‘lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi.
Investitsiyalarni tahlil qilishning bunday usuli soddaligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investitsiya yо‘l qо‘yiladigan muddatda qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investitsiyaning qaltisligi haqida ham aniq tasavvurga ega bо‘lishga yordam beradi. Shu boisdan, bunday hisob-kitob investitsiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qо‘shimcha bо‘la oladi. Chunki, ular, kо‘pincha, kutilishi mumkin bо‘lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik yaqqol ifodalay olmaydi.
Bu usulning ham о‘ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta. Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat о‘zgarishini hisobga olmaydi. Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investitsiya tо‘liq qoplangandan keyin tushadigan daromadlar ham kо‘rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hech bо‘lmaganda qisman bartaraf etish uchun, xarajatlarni qoplash muddatini sо‘mning bugungi va kechagi qiymati о‘rtasidagi farqni hisobga olgan holda qо‘llash maqsadga muvofiqdir.
Pullarning yoki sarflangan mablag‘larning bugungi va kechagi qiymatlari о‘rtasidagi farqni hisobga olish uchun investitsiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffitsiyentlariga kо‘paytiriladi. Diskont koeffitsiyentlari quyidagi formu­la orqali hisoblanadi:



Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish