Kd = 1 / 1 + K*T ; (2)
bu yerda, Kd – diskont koeffitsiyenti yoki pul qiymatining о‘zgarish sur’ati (odatda, bank kreditlari bо‘yicha о‘rtacha foiz darajasida qо‘llaniladi);
K – foiz stavkasi, %;
T – investitsiya ajratilgandan boshlab о‘tgan vaqt, yil;
Masalan, bank stavkasi 10% ga teng bо‘lsa, uchinchi yil uchun diskontlash koyeffitsenti:
K = 1/ 1 + 0,1*3 = 0,769 ni tashkil etadi.
Bundan foydalanib, yuqorida kо‘rib chiqqan misolimiz uchun investitsiyaning qoplanish muddatini aniqlaymiz. Buning uchun (1) formuladan foydalanib, investitsiyaning qoplanishi kerak bо‘lgan davrda pul qiymatining farqini aniqlab olamiz.
|
Diskontlanish koeffitsenti:
|
Diskontlanish daromadari:
|
|
1-yilda
|
1/ 1+0,1*1 = 0,9091;
|
25000 x 0,9091=22728
|
sо‘mni
|
2-yilda
|
1/ 1+0,1*2 = 0,8333;
|
35000 x 0,8333=29166
|
sо‘mni
|
3-yilda
|
1/ 1+0,1*3 = 0,7692;
|
48000 x 0,7692=36922
|
sо‘mni
|
Shunday qilib, bank stavkasi 10% bо‘lgan holda, tashkil etadi. Jami bо‘lib, uch yilda diskontlangan, ya’ni sо‘mning bugungi kundagi harid qilish qobiliyatida ifodalangan daromadlar hajmi 88816 sо‘m (22728+29166+36922) ni tashkil etadi. Demak, firma bо‘yicha investitsiyaning tо‘liq summasini qoplash uchun firmaga 31184 (120000-88816) sо‘m yetishmayapti. Mana yendi, tо‘rtinchi yilda investitsiya umumiy hajmining yetishmayotgan qismini yanada aniqroq qilib hisoblab chiqishimiz mumkin. Demak, tо‘rtinchi yilda diskontlangan daromadlar:
1 / (1+0,1*4) = 0,7142; 54000x0,7142 = 38567 sо‘mni tashkil etadi.
Endi firma uchun investitsiyaning yetishmayotgan summasini (31184 sо‘m) hisoblab chiqilgan tо‘rtinchi yildagi investitsiya summasi (38567 sо‘m) ga bо‘lib 0,81 ga ega bо‘lamiz. Shunday qilib, firma investitsiyalarining qoplanish muddati 4 yilni emas, balki 3,81 yilni tashkil etar ekan. Vaholanki, firma investitsiya xarajat-larining ma’lum vaqt о‘tishi bilan qiymati (tannarxi) ning о‘zgarib borishini hisobga olmasdan amalga oshirgan oldingi hisob-kitoblarimizdagi muddat 3,22 ni tashkil yetgan edi. Ammo, belgilangan davrlardagi muddatlar ichida barcha omillarni hisobga olib, yanada aniqroq hisoblab chiqqan investitsiyalarni qoplanish kо‘rsatkichi ishlab chiqilayotgan loyiha uchun ajratilgan mablag‘-larning 4 yil muddatga zо‘rg‘a yetishini kо‘rsatdi. Agar, bank kreditla-rining foizlari ham inflyatsiya darajasini hisobga olib borsa, unda ushbu loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun, investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni ishlab chiqish davomida kо‘zda tutilayotgan (iqtisodiy) omillardan tashqari, kо‘zda tutilmagan (tabiiy, ijtimoiy, siyosiy) omillarni e’tiborga olgan holda bir necha variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bunday holatlarda mavjud barcha investitsiyalash variantlarini investitsiyalarning foydalilik darajalarini aniqlash orqali о‘rganib chiqish tavsiya etiladi. Foydalilik kо‘rsatkichi sifatida foydalilik koeffitsiyenti deb ataluvchi kattalikdan foydalanish mumkin. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |