7-jadval
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq tо‘lovi
stavkalari
№
|
Tо‘lovchilar
|
Sotilgan tovarlar (xizmatlar) hajmiga nisbatan % hisobida
|
1.
|
Iqtisodiyot barcha tarmoqlarining korxonalari, 2-4-bandlarda kо‘rsatilganlari bundan mustasno
|
13
|
2.
|
Qishloq xо‘jaligi korxonalari, yagona yer solig‘ini tо‘laydigan qishloq xо‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bundan mustasno
|
6
|
3.
|
Yuridik va jimsnoniy shaxslarni (jumladan norezidentlarni) jalb etish yо‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan, gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bо‘lgan korxonalar
|
30
|
4.
|
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar
|
50
|
Eslatmalar:
Xarid, ta’minlash-sotish korxonalari, brokerlik firmalari, komissiya shartnomasi bо‘yicha xizmat kо‘rsatuvchi korxona va tashkilotlariga yaona soliq tо‘lovi joriy etilmaydi, ular uchun yagona soliq hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar tо‘lashning amaldagi tartibi va belgilangan stavkalari saqlab qolinadi.
Lizing kompaniyalari uchun stavka lizing beruvchining daromadi (marja)ga nisbatan foiz hisobida belgilanadi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli «Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy xususiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasida qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi Farmoniga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bо‘yicha daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig‘i, ekologiya solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq tо‘lashdan, shuningdek, Respublika yо‘l jamg‘armasiga majbu-riy ajratmalar tо‘lashdan ozod qilindi.
Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bо‘lganda mazkur soliq imtiyozlari:
- 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha – 3 yil muddatga;
- 3 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha – 5 yil muddatga;
- 10 million AQSH dollaridan ortiq bо‘lganda – 7 yil muddatga beriladi.
Shuningdek, Farmonda kо‘rsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qо‘llanilishi belgilab qо‘yilgan:
- mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bо‘lgan mintaqalar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
- xorijiy investorlar tomonidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni О‘zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
- korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etishi lozim;
- ushbu korxonalar davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgandan keyin tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish;
- xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qо‘yish;
- mazkur imtiyozlarni qо‘llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yо‘naltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |