6.3. Kredit stavkasini aniqlash
Kreditning asosiy sharti – bu qarz uchun haq tо‘lash. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Qarz foizi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bо‘ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq, qarz pulining narxi – bu uning ma’lum tо‘lov ehtiyojini qondirish xossasidagi foydalanganlik uchun beriladigan haq bо‘ladi. Qarz puli kapital sifatida yoki odatdagi tо‘lov yoki harid vositasida ishlatiladi.
Mana shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stvakasini tо‘laydi. Foiz stavkasi oldindan belgilanadi.
Kreditning foiz stavkasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
KFS = KF / KM * 100;
Bu yerda, KFS – kreditning foiz stavkasi, %;
KF – qarz foizi, sо‘m;
KM – qarz miqdori, sо‘m.
Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Halqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu-York, Frankfurt, Parij va Bryussel shaharlarida joylashgan.
Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida о‘zgarib turadi. Bu omillarning asosiylari quyidagilardir:
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday mikdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday mikdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u kamayadi.
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, aniqrog‘i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun kо‘p foyda keltirsa yoki iste’molchi ehtiyojini tо‘laroq qondirsa, foiz yuqori bо‘ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi.
Qarzni tо‘lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta, kichik-kichik qismlarga bо‘lib, bemalol qaytarish mumkin bо‘lsa, qarzdor yuqori foizga rozi bо‘ladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yо‘la tо‘lash shart bо‘lsa, qarzdor past foizni ma’qul kо‘radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad kо‘rish mumkin va shu hisobdan foiz tо‘lash yengil bо‘ladi.
Qarzning qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyuta berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valyutada berilsa, foiz nisbatan past о‘rnatiladi. Konver-tirlangan pul obrо‘-e’tiborli bо‘lganidan uni ishlatish oson, undan tezda daromad kо‘rish mumkin.
Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga qaytib kelgunicha о‘z qadrini qisman yо‘qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Shu sababli foiz inflyatsiyani hisobga olib о‘rna-tiladi. Foiz inflyatsiya shiddatiga nisbatan tо‘g‘ri mutanosiblikda о‘zgaradi.
Pulni qarz berishdan kо‘ra boshqa yо‘sinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal kо‘rish prinsipi amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bо‘lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aksiyaga 15% dividend berilsa, foiz undan yuqori bо‘lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal kо‘radi.
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bо‘lib, qarz qaytishi shubhali bо‘lsa, foiz yuqori bо‘ladi. Odatda, moliyaviy baqquvvt va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz о‘rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz xatarini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bо‘lishi bilan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |