Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bо‘lishi mumkin. Maslahatning uch turi – ekspertli, jarayon va о‘rgatuvchi maslahatlar keng qо‘llaniladi.
Ekspertli maslahat – konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga kerakli axborot yetkazib berishi zarur bо‘ladi.
Jarayon maslahatida – loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda tahlil qiladi va kerakli takliflar beradi.
О‘rgatuvchi maslahatida – mutaxassislarning asosiy maqsadi g‘oyalarning yuzaga kelishi, yechimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. Shu maqsadda mijozlar uchun ma’ruzalar о‘qiladi, seminarlar о‘tkaziladi, о‘quv qо‘llanmalari ishlab chiqiladi. Umuman olganda mijozlar kerakli nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda qо‘llanilmaydi, ular kombinatsiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati kо‘p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSH da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bо‘lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda maslahatchilar fikrisiz iqtisodiyot va boshqaruvga oid jiddiy qarorlar qabul qilinmaydi.
О‘zbekistonda hozirgi vaqtda xususiy konsalting firmalar soni juda kam (qiyoslash uchun Gollandiyada ularning soni 2000 dan oshiqdir).
Xususiy firmalardan tashqari maslahatli xizmatlarni dav-lat, о‘quv, axborot, ilmiy-tekshirish muassasalar tijorat asosi-da bajaradilar. Mamlakatimizda hozirgi iqtisodiy sharoitni yaxshi biladigan, yuqori salohiyatga ega bо‘lgan, yuqori intellektual, bozor iqtisodiyoti mexanizmini tushunadigan malakali maslahat-chilar soni yildan-yilga kо‘payib bormoqda. Ular chet yel konsal-ting firmalarining vakillari bilan hamkorlikda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ish olib bormoqdalar. Ay-tish lozimki, chet el konsalting firmalarining xizmati juda qimmat. Masalan, chet yel konsalting firmasi xodimining bir kunlik о‘rtacha ish haqi 300 dollarni tashkil qiladi.
Konsalting xizmatlari turli xil bо‘lishi mumkin. Menej-ment bо‘yicha Yevropa maslahatchilar ma’lumot-kо‘rsatikichida 84 turdagi konsalting xizmatlari kо‘rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bо‘lingan: umumiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, moliya-viy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |