Maslahat xizmatlarining mohiyati va bosqichlari. Ma’lum bir sohada о‘z mutaxassisligi bо‘yicha yо‘l-yо‘riq kо‘rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. Chet ellarda boshqaruv bо‘yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bо‘yicha Yevropa Federatsiyasi Maslahatchilar Assotsiatsiyasining ta’rificha menejment-konsalting boshqaruv bо‘yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda yordam kо‘rsatishdir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag‘larni maslahatli xizmat shaklida intellektual kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg‘or texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag‘lar bilan tengdir. Mablag‘lar ishlatishning ushbu kо‘rinishi bizning mamlakatimizda endi amalga oshirilmoqda. Bu yо‘nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida tо‘laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Kо‘p korxonalar о‘zlarining intellektual imkoniyatlaridan tо‘la va samarali foydalana olmasliklari sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin ahvolga tushib qolgan. О‘z vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan rahbarlar moliyaviy-xо‘jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar.
Germaniyaning mashxur «Porshe» avtomobil firmasi 1991 yilga kelib tanazzulga uchrash arafasida edi. Korxona rahbarlari ahvolni tuzatish uchun Yaponiyaning «Sin gidzyusu» (bu «Yangi texnologiya» ma’nosini bildiradi) konsalting firmasiga murojaat qilishdi. Firma «Toyota»ning malakali mutaxassislarini yig‘ib, ishga kirishdi. Chet ellik maslahatchilar sharoitni obdon о‘rganib chiqib, «Porshe» zavodida konveyer ish usulini joriy etdi. Ishlab chiqarishning barcha bо‘g‘inlarida xarajatlar keskin ravishda kamaytirildi. Konveyer tizimi о‘zgartirilmasada mahalliy tajriba va an’analar hisobga olinmadi. Faqat yapon maslahatchilari taklif qilgan tizim ishlay boshladi.
Yaponiya texnologiyasi joriy etishdan uch yildan keyin «Porshe»da birinchi real natijalar yuzaga keldi: kompaniya kam xarajat qilib, kо‘proq avtomobil ishlab chiqara boshladi. 19% ga kamaytirilgan ishchilar tezroq va sifatliroq ishni bajara boshladi. Yapon maslahatchilarining tavsiyalari tufayli yig‘uv konveyer uzunligi qisqardi, kо‘p miqdordagi yordamchi omborxo-nalarga hojat qolmadi, natijada zavod hududi 30% ga qisqardi. Ishlab chiqarishdagi kamchiliklar ikki barobar kamaydi. Avtomo-bil yig‘ish tezligi 40% ga oshdi. Bu ishning barchasini о‘sha eski jihozlarda, shu zavodda ishlab kelgan ishchi va muhandislar amalga oshirdi. Ular ixtiro sohasida ham faollashib, har oyda ishlab chiqarishni yaxshilashga qaratilgan ikki yarim mingdan ortiq yangi takliflar bermoqda.
Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bо‘lishi mumkin. Lekin ular konsalting loyiha shaklida bо‘lib quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi:
- muammolarni aniqlash (diagnostika);
- loyihani ishlab chiqish;
- loyihani amalga oshirish.
Loyihaning hajmiga qarab yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha chо‘zilishi mumkin. Ba’zida mijozlar bilan ish olib borish kо‘p yillar davom etadi.