Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning kо‘payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog‘ozlarning kopirovkasi о‘tkazi-ladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bо‘limi mutaxassislari birja orqali о‘tayotgan barcha qimmatbaho qog‘ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi. Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aksiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narx-lar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bо‘ladi. Birja faolligi iqtiso-diyotda sodir bо‘layotgan ahvolni о‘ziga xos ravishda aks ettiradi.
Shu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kredit-moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog‘ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligatsiyalarining qimmatbaho qog‘ozlar umumiy hajmidagi salmog‘i oshganligidadir.
Hozirgi vaqtda О‘zbekistonda ham fond birjalari о‘z faoliya-tini amalga oshirib kelmoqda. «Toshkent» respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yopiq aksiyadorlik jamiyati, 1994 yil aprelda «Tosh-kent» respublika universal tovar-fond birjasi tarkibidagi fond bо‘limi asosida tashkil etildi.
Birja qimmatli qog‘ozlarning bir maromda muomalada bо‘lishini ta’minlaydi, ularning bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi. Birjaning 81 brokerlik idorasi bо‘lib, ularda jami 240 broker ishlaydi.
Respublikaning qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish borasida hukumat tomonidan bir qancha tadbirlar kо‘rildi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan ma’lum bо‘lib, 20-30 yillarda veksellar, depozitli sertifikatlar, obligatsiyalar muomalada bо‘lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog‘ozlar «Toshkent» respublika fond birjasi orqali sotila boshlandi.
Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga depozit va jamg‘arma sertifikatlari chiqarildi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini kengaytirish maqsadida fond dо‘konlari tarmog‘i vujudga keltirildi. Ularning soni 55 taga yetdi.
1995 yilda «Toshkent» fond birjasi Yevropa-Osiyo fond birjalari federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.