Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


–rasm. Banklararo vakillik munosabatlarining xarakteriga ko’ra tasniflanishi4



Download 369,81 Kb.
bet3/5
Sana10.07.2022
Hajmi369,81 Kb.
#771042
1   2   3   4   5
Bog'liq
BANKLARARO VAZIRLIK MUNOSABATLARI . ERGASHOVA M. mustaqil ish

–rasm. Banklararo vakillik munosabatlarining xarakteriga ko’ra tasniflanishi4


Bir tomonlama hisobvaraqlarning ochilish holatida bir bank ikkinchi bankda hisobvarag’ini ochadi, lekin ikkinchi bank esa birinchi bankda o’z hisobvarag’ini ochmaydi.
Agar vakil banklar bir-birida vakillik hisobraqamlarini ochishga qaror qiladigan bo’lsa, unda ikki tomonlama vakillik munosabatlari tashkil qilinishi to’g’risida gap yuritiladi.

  • Banklarning vakillik hisobraqamlarini ochmasdan tashkil qilish. Ma’lumki, ko’p hollarda banklar banklararo hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun boshqa banklarning xizmatidan foydalanishiga to’g’ri keladi. Bunda banklar o’rtasida kelishuv amalga oshirilib, boshqa banklarda tranzit hisobraqamlari ochish ko’zda tutiladi.

Banklar vakillik munosabatlarini tashkil qilish shartnomasida hisob-kitoblarni amalga oshirish shakl va shartlari, axborot almashuv tartibi, o’zaro huquq va majburiyatlari, vakillik hisobraqamidan foydalanish bo’yicha komission to’lov shartlari hamda pochta, telegraf va boshqa xarajatlarni qoplash, shartnoma shartlari buzilish holatida tomonlarning mas’uliyati, shartnomaning muddati va uni muddatidan oldin buzish holati o’z aksini topishi lozim.
Vakillik munosabatlari o’rnatilgandan so’ng birinchi qadam hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hisobvaraqalarni ochish hisoblanadi. Banklarga hisobvaraqlarini ochish bir qancha variantlarni o’z ichiga oladi.


Banklarning vakillik munosabatlari tashkil qilinishida asosan ikkita modeldan foydalaniladi.




    1. –rasm. Banklararo vakillik munosabatlarini tashkil qilish modellari5


Banklarning vertikal vakillik munosabatlarini tashkil qilinishida markazlashgan model namoyon bo’ladi. Bunda Markaziy bank yoki yirik bitta bank banklararo hisob-kitob markazini funktsiyasini bajarilishini ko’rish mumkin.
Markazlashgan model ko’rinishida vakillik munosabatlarni tashkil qilinishi banklarning o’rtasidagi hisob-kitob jarayonlarini nazorat qilish va shaffofligini ta’minlash osonlashadi.
O’zbekiston bank amaliyotida milliy so’mdagi banklararo vakillik munosabalar aynan vertikal ko’rinishda tashkil qilingan, milliy banklarning chet el valyutasida tashkil qilingan vakillik munosabatlari esa gorizontal ko’rinishga ega.
Vakillik munosabatlarning markazlashmagan modelida tijorat banklari bir- birida vakillik hisobvaraqalarini ochishi orqali yoki mustaqil kliring markazlari ko’magida banklararo hisob-kitob jarayonlarini tashkil qiladi.
Tijorat banklari vakillik hisobvaraqalarini bir-birida ochish orqali ikki tomonlama munosabatni o’rnatadi va bu holatda, ularning o’rtasidagi to’lov majburiyatlar teng huquqli asosda amalga oshiriladi.
Banklarning o’rtasidagi vakillik munosabat vakillik munosabatlarni tashkil qilish shartnomasiga muvofiq tartibga solinadi. Bu holatda banklar vakillik
hisobvaraqlarini qoldigini debetlab, yoki kreditlab hisob-kitob jarayonining natijalarini o’zida aks ettiradi va ikki tomonlama kliring funktsiyasini bajaradi.
Tijorat banklarining vakillik munosabatlarini markazlashmagan modelining yana bir ko’rinishini ko’rib chiqamiz. Bunda bir necha tijorat banki kelishgan holda mustaqil kliring institutini tashkil qiladi va unga a’zo bo’lgan banklar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar kliring tartibida amalga oshirilib, banklararo hisob-kitob me’yorlari hamda talablari barcha a’zo banklar ishtirokida ishlab chiqiladi. Ushbu kliring tizimidan bu tizimga a’zo bo’lmagan tijorat banklari ham foydalanishlari mumkin. Ularning ishtiroki faqat institutga a’zo banklar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus qoida, talab va tartiblar asosida amalga oshiriladi. Ushbu qoidalar va talablar banklarning likvidlik holatiga, to’lov intizomiga va boshqa parametrlariga qo’yilgan bo’ladi. Bundan tashqari tizimdan foydalanish ixtiyorini bildirgan banklar tizimdagi barcha shart-sharoitlar va yuzaga keladigan risklar to’g’risida ma’lumotga, shuningdek, tizimning a’zo banklaridan birida vakillik hisobvarag’iga ega bo’lishi lozim. Tizimdan foydalanuvchi banklar uning a’zo banklariga nisbatan to’lov haqini yuqori miqdorda to’lashi lozim.
Jahon bank amaliyotida vertikal hamda gorizontal vakillik munosabatlarni samarali va uyg’un tashkil qilinganligini yaqqol ko’rish mumkin. Bunday yondashuv, banklarning iqtisodiy imkoniyatlarini, ularning vakillik munosabatlarning kengayishiga zamin yaratib beradi.
Masalan, AQShda “Fedwire” tizimi bo’yicha banklarning vakillik munosabatlari markazlashgan model asosida tashkil qilingan bo’lsa, davlat hududida har xil sig’im va ko’rinishdagi hususiy to’lov tizimlari ko’p bo’lib, banklar vakillik munosabatlarini gorizontal tashkil etganini, ya’ni markazlashmagan model asosida banklararo vakillik munosabatlar o’rnatilganligini ko’rish mumkin.
Banklarning vakillik hisobvaraqalarini yuritish bo’yicha “Nostro” va “Vostro” (“Loro”) hisobvaraqalariga ajratish lozim.









Download 369,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish