tasniflanishi2 Milliy (ichki) banklararo vakillik munosabatlar davlat hududida banklarning o’zaro majburiyatlarni bajarish uchun tashkil qilinadigan munosabatlar hisoblanadi.
Xalqaro banklararo vakillik munosabatlar xalqaro doirada hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan banklararo munosabatni o’z ichiga oladi.
Banklararo vakillik munosabatlar davlat hududi doirasida va asosan milliy valyutada munosabatlar namoyon bo’lsa, quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilangan:
ikki bank hamkorligining barcha ko’rinishdagi munosabatlarni o’zida mujassamlashtiradi;
vakillik hisob operatsiyalari mavjud bo’lgan mablag’lar chegarasida amalga oshiriladi;
to’lov tizimi tashkilotlarida bevosita ishtirok etish yoki ularning ustidan nazorat o’rnatish Markaziy bankining vazifalaridan hisoblanadi;
tijorat banklariga chet el valyutalaridagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun boshqa banklarda vakillik hisobraqamlarini ochishlariga ruxsat etiladi.
Operatsiyalar turlari bo’yicha banklarning vakillik munosabatlarini mijozlarga xizmat ko’rsatish va banklarning operatsiyalariga ajratish lozim.
–rasm.
Banklararo vakillik munosabatlarining operatsiya turlariga ko’ratasniflanishi3 Mijozlargaxizmatko’rsatishiuchun. Ushbu turda banklarning vakillik munosabatlari asosan mijozlari talabiga va istagiga binoan tashkil qilinadi. Ular mijozlarining tijorat kelishuvlarini, ularning trast va qimmatli qog’ozlari bo’yicha operatsiyalarini amalga oshirishi hamda ularni kafolatlash va boshqa xizmatlarini bajarish uchun zarur.
Banklarning banklararo operatsiyalari uchun. Bu asosan banklarning pul, valyuta va kapital bozorlarida faol ishtirok etishi uchun mo’ljallangan bo’lib, qimmatli qog’ozlarni, valyutalarni sotish va sotib olish, kredit olish va depozitlarini joylashtirish kabi operatsiyalari bajarilishini ta’minlaydi. Bir so’z bilan aytganda, bunda faqatgina banklar va ularning resurslari bilan bog’liq hisob- kitob operatsiyalari amalga oshiriladi.
Banklarning vakillik munosabatlari xarakteriga ko’ra, banklarning vakillik hisobraqamlarini ochib yoki ochmay tashkil qilinishi mumkin.
Banklarningvakillikhisobraqamlariniochishorqalitashkilqilish. Banklarning bu turdagi vakillik munosabatlari tashkil qilinishi uchun vakillik hisobvarag’ini ochish taqozo etiladi, hisobvaraqlar banklar kelishuvi asosida bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin.