MAVZU-4. TO‘LOV BALANSINING IQTISODIY TAHLILI
4.1 Ikkiyoqlama yozuv asosida hisobga olish tizimi.
To‘lov balansi hisoblarini tuzishning asosiy maqsadlaridan biri tashqi
muvozanatlikni to‘g‘rilash ehtiyojining paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotga
ega bo‘lishdir. Biroq ikki taraflama yozuv tizimi to‘lov balansida debet va kredit
tengligini nazarda tutadi. Shuning uchun unda ijobiy saldo yoki defitsitni ko‘rsatish
uchun barcha tashqi operatsiyalarni summalash va bu guruh ichidagi operatsiyalarni
moddalardan ajratish kerak (chiziq ostidan yoki ustidan).
Chiziqni tortish erini hal qilish to‘lov balansi bosh ehtiyojining a’lo darajadagi
qaysi operatsiyalar doirasini ko‘rsatish to‘g‘risidagi sub’ektiv nazarni ifodalaydi.
Mustaqil hisoblangan operatsiyalarga bo‘lgan
yondashuvlarning biriga asosan,
avtonom moddalarni kompensatsiyalash uchun ular amalga oshiriladigan
operatsiyalardan ajratilishi kerak. Boshqa yondashuv doirasida asosiy e’tibor
operatsiya xarakterining o‘zgaruvchanligiga qaratiladi:
nostabil deb qaraladigan
operatsiyalar to‘lov balansining umumiy holatini ko‘rish uchun “chiziq ostida”
belgilanadi.
Afsuski, moddalarni farqlash uchun yagona o‘lchov birligi mavjud emas,
chunki bunday bo‘lish sezilarli darajada operatsiyani
amalga oshiruvchi iqtisodiy
agent motivatsiyasiga nisbatan sub’ektiv qarashni ifoda etadi. SHuningdek, qanday
moliyaviy aktivlar yuqori o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanishini aniqlash mumkin.
Balans tushunchasiga bir qator turli yondashuvlar birligi ham bejiz emas.
To‘lov balansining tor ma’nosi savdo balansi, ya’ni FOV asosida ekspert va
import saldosini ifodalash uchun ishlatiladi. Biroq iqtisodiy nuqtai nazardan
qaraganda tovarlar va xizmatlar oqimi orasidagi farq sub’ektiv hisoblanadi. Xizmat
eksportidan tushgan
chet el valyutasi birligi, tovar eksportidan tushgan chet el
valyutasi birligidan maqsadi tashqi savdo balansining ahvolini yaxshilashdir. Savdo
balansidan asosan bojxona hisobotlaridan foydalanib tovar savdosi bo‘yicha
ma’lumotlarga nisbatan tezroq ega bo‘lish mumkinligi sababli foydalaniladi.
Nazariy nuqtai nazardan joriy operatsiyalar hisobi
tushunchasi ahamiyatga
ega. Mavjud nuqtai nazarlarning biriga asosan, bu hisob o‘z ichiga tovar savdosi,
xizmat va daromadlar, boshqasiga ko‘ra esa bundan tashqari, xususiy yoki umuman
bir yoqli transfertlarni oladi. Xususiy bir yoqli transfertlar to‘lov balansini to‘g‘rilash
nuqtai nazaridan qaralganda tarkibga kirishi mumkin.
U holda boshqa hech qaysi
tarkibga kirmaydigan mehnat daromadi ko‘rsatkichni chiziq ustiga,
chet eldan
kelgan imigrant xizmatchilarni esa chiziq ostiga joylashtiriladi. Ba’zan rasmiy
transfertlar
joriy oqim esa, balansni kapital oqimi bo‘lganligi uchun hisobga
olinmaydi. Biroq bir yoqli transfertlarni chiziq ostida hisobga olishda muammolar
paydo bo‘ladi: