Natural ko‘rinishdagi davlat importi, barter bitimlari, bir yoqli transfertlar va chet
eldagi moliyaviy aktiv va passivlar hajmining o‘zgarishi yordamida bevosita amalga
oshirilgan operatsiyalar valyuta almashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga kiritiladigan
moddalar qatoriga tegishlidir.
Bojxona hisoboti ma’lumotini korreksiya misoli tariqasida mamlakatdagi
kemalar va dengiz ovchilari ochiq dengizdan tutgan ovini chet elda realizatsiya
qilishlarini olish mumkin.
Turli moddalarni kategoriyalarga bo‘lish bilan bog‘liq tuzatishlar bo‘yicha
hamma eksport FOB asosida o‘tkazilishi kerak. Bunda ma’lum o‘zgartirishlar
“Transportatsiya” moddasiga kiritilishi lozim. Operatsiyani amalga oshirish vaqti
bilan bog‘liq bo‘lgan tuzatish tovar oqimi hajmi o‘zgarishida shuningdek, davlat
rezidentlari chet eldagi zahiralarga ega bo‘lganda yoki rezident emaslar –
quriladigan davlatdagi zahiralarga ega bo‘lganida muhim bo‘lishi mumkin.
Savdo hisobotlarida tovarlarning jismoniy kuchi qayd qilinadi va shuning
uchun bu zahiralar hajmini o‘zgartirishda ularga tuzatishlar kiritish kerak. Valyuta
hisobotlarida operatsiyalarni amalga oshirish vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan tuzatish
kapitallar harakatidagi aktivlar va passiv o‘zgarishni ko‘rsatish uchun kiritiladi.
Qiymat bo‘yicha tuzatishlar asosiy manbalardan olinadigan ma’lumotlar bozor
narxini ifodalamaganda zarur bo‘ladi.
Ba’zi xususiy operatsiyalarni baholashda, valyuta almashuvi ustidan kuchli
nazorat bo‘lmagan davlatlarga tegishli so‘rovnomalar yoki tanlama kuzatishlar olib
borish kerak bo‘lishi mumkin. “Turizm” to‘lov balansi moddasini baholashda ba’zan
davlat redidentlari tomonidan chet elda o‘tkaziladigan sutkaning o‘rtacha summasini
kunlarning umumiy soniga ko‘paytiriladi, shuningdek, ushbu davlatda chet elliklar
tomonidan o‘tkaziladigan kunlar soniga ko‘paytiriladi.
Sutkaning o‘rtacha kattaligini aniqlash uchun sayohat agentligi, banklar,
mehmonxona va do‘konlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish mumkin. CHet
el turistlarining mehmonxonalarda o‘tkazgan kunlari soni to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni to‘plash mumkin. Turizm bo‘yicha ma’lumotlar davlatlararo ba’zi
ma’lumot almashish yo‘li orqali tekshirilishi mumkin. So‘rovnomalardan,
shuningdek kema va aviakompaniyaning yo‘lovchilik chiptasi narxi to‘g‘risidagi
ma’lumot, investitsion foyda va trans milliy kompaniyalarining to‘g‘ri
investitsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishda foydalanish mumkin.
Qisqa muddatli kapital oqimi bo‘yicha ma’lumotlar, odatda, ishonchsiz
hisoblanadi. Valyuta almashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai
sifatida ishlatilishida tijorat, kredit to‘g‘risidagi ma’lumotni, qiyin bo‘lsa,
so‘rovnomalarni qo‘llaganda ma’lumotning kerakli hajmini olishi, shuningdek,
uning ishonchliligini ta’minlash esa murakkabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: