O‟ZBEKISTONDA YARATILIGAN YANGI FAN
SH.Q. Yunusova -1- bosqich magistrant, Sh.M.Qirg‟izov- k.f.n.prof.
Andijon Davlat Universiteti
Respublikamizning mustaqillikka erishishi fanlarning turli yo‗nalishlarda
rivojlanishiga keng yo‗l ochib berdi. Bu jarayonda olimlarimizning mashaqqatli
mehnatlari va ijodiy izlanishlari alohida ahamiyatga ega. Shu ma‘noda,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev hozirgi kunda «...olimlar va
ijodkor xodimlarimizga e‘tiborni kuchaytirish kerak. Chunki ma‘naviy boyliklarni
aynan shular yaratadi. Ularga g‗amxo‗rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha
zarur moddiy-ma‘naviy sharoitlarni yaratib berish davlat hokimiyati va xo‗jalik
tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas‘uliyatli vazifasidir» deb ta‘kidladilar
muxtaram yurtboshimiz [ SH.M.Mirziyoev 1].
Xaqiqatdan ilm – fan rivojlangan mamlakatda yuksalish rivojlanish yuqori
darajada bo‘ladi. Jumladan bizga ma‘lumki aslida fan ijtimoiy taraqqiyot
jarayonida insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‗ldi. Ko‗p
sonli ta‘riflarga ko‗ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon
bo‗ladi. Bilim sifatida fan atrof-borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil
va tadrijiy bilishga qaratilgan [N.A. Shermuhamedova 2].
Dunyoda o‘rganilayotgan fanlar juda ko‘p jumladan tabiiy yo‘nalishdagi
fanlar hayotiyligi, qiziqarliligi, bilan qolgan fanlardan ajralib turadi. Tabiiy fanlar
tarkibidagi kimyo fani ham mo‘jizalarga boy fan bo‘lib, 2017 yilgacha 19 xil
yo‘nalishda o‘rganilib kelingan. [―Tovarlar kimyosi‖ fani o‗quv-uslubiy qo‘lanma
3]. 2017 yilda kimyoning yangi faniga O‘zbekistonlik olimlar asos soldilar.
Ushbu fan yuzaga kelishiga asosiy sabab Respublikamiz mustaqillikka
erishganidan so‘ng turli mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar rivojlanib eksport va
import ishlari ko‘payib ketdi. Bu esa bojhona ishini yanada takomillashtirish
zaruriyatini keltirib chiqardi. Ushbu fan esa Respublikamizga olib kelinayotgan va
ketilayotgan tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash maqsadga muvofiq
ekanligini amalda isbotladi.
O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya
Komissiyasi (OAK) kimyo va farmatsevtika fanlari ekspert kengashi tavsiyasi
asosida OAK Rayosatining 2017 yil 28 sentyabrdagi ¹242/4-qarori bilan 02.00.09-
―Tovarlar kimyosi‖ ixtisosligi va uning yangi pasporti tasdiqlandi. ―Tovarlar
kimyosi‖ fani 2017 yil oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari
ro‘yxatiga kiritilgan. Tovarlarga kimyoviy tarkibiga ko‘ra, Tashqi Iqtisodiy
Faoliyatda Tovarlar Nomenklaturasi (TIFTN) asosida tez va aniq raqamli kodlar
berish, uning sifat ko‘rsatkichi va ekologik xavfsizligini belgilovchi ilg‘or
innovatsion usul hisoblanadi. [S.A.Alimboev, I.R.Asqarov 4].
Maskur fanning ixtirochisi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan
ixtirochi k.f.d.,prof. I.R.Asqarovning sayi harakatlari bilan 2018 yil oxirigacha
―Tovarlar kimyosi‖ fani bo‘yicha 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi, 10
nafarga yaqin kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, texnika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari va 6 nafar professor, 9 nafar dotsent ilmiy
unvonlari berildi. ―Tovarlar kimyosi‖ fani bo‘yicha Toshkent kimyo-texnologiya
117
instituti qoshida, hamda Farg‘ona davlat universiteti qoshida ilmiy kengashlar o‘z
faoliyatini muvaffaqiyatli yuritmoqda. Bu natijalar ―Tovarlar kimyosi‖ ilmiy
maktabining tez rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
―Tovarlar kimyosi‖ fani bo‘yicha 2018 yilga qadar O‘zbekiston
Respublikasida 1 marotaba xalqaro va 4 marotaba Respublika miqyosidagi
konferentsiyalar o‘tkazildi. Ushbu fanga oid 2 ta darslik, o‘quv qo‘llanmalar, 100
dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e‘lon qilingan. ―Tovarlar kimyosi‖ faniga oid 3
ta patent va ixtirolar, 10 dan ortiq yangi tovarlarga xalqaro kod raqamlari berildi va
amaliyotga joriy etildi.
―Tovarlar kimyosi‖ fani Respublikamizdagi barcha kimyo ixtisosliklari
mavjud bo‘lgan Oliy ta‘lim muassasa (OTM)larida alohida fan sohasi sifatida
o‘qitilmoqda. Yangi fan yo‘nalishida mavzular bo‘yicha bakalavrlar tomonidan
Bitiruv-malakaviy ishlari, magistrantlar tomonidan dissertatsiyalar bajarilmoqda.
Toshkent Bojxona institutida, Andijon davlat universitetida, Toshkent kimyo
texnologiya institutida, Farg‘ona davlat universiteti va bir qator OTMlarda alohida
―Tovarlar kimyosi‖ ilmiy laboratoriyalari tashkil etilgan. Bajarilayotgan ilmiy
tadqiqotlar bevosita O‘zbekistonda yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik, sanoat,
farmatsevtika tovarlari, yovvoyi holda o‘sadigan shifobaxsh giyohlar kimyoviy
tarkibini o‘rganish asosida ularga TIFTN asosida yangi kod raqamlarini berish va
eksport uchun tayyorlashda yuksak ahamiyatga ega.
O‘zbekiston o‘zining beqiyos olimlari, avliyolari, bahodir sarkardalari bilan
dunyoga tanilgan. 02.00.09 - ―Tovarlar kimyosi‖ fanining aynan, Mustaqil
O‘zbekistonda, Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasida yaratilib, bu fanning
dunyo kimyo fanlari ro‘yxatidan munosib joy olishi – O‘zbekiston olimlarining
dunyo olimlari qatorida naqadar salohiyatli, izlanuvchan ekanligini, o‘zbek
xalqining yaratuvchilik qudratini namoyon etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodlar
esa ―Tovarlar kimyosi‖ fani yutuqlarni o‘rganish asosida milliy iftixor, ijodkorlik
tuyg‘ularida tarbiya topadilar.
Hozirgi kunda Andijon davlat Universiteti kimyo kafedarasi professori, k.f.d.
I.R.Asqarov ustozimizning boshchiligida kafedramizda ham ushbu fan nomi ostida
juda qizg‘in ilmiy ishlar olib borilmoqda. Jumladan kafedramizning izlanuvchilari
ferrosenning faol moddalari sintez qilinib, ular kimyoviy tarkibi asosida
sinflanmoqda va ayrim shifobaxsh o‘simliklarning kimyoviy tarkibi asosida sintez
qilinib, ular dorivor modda sifatida sinflab amaliyotga taqbiq etilmoqda. Bundan
tashqari biz magistrlarning disertatsiya mavzularimiz ham ushbu fanning negizidan
kelib chiqib tasdiqlandi. Mening disertatsiya mavzuyim ―Glitsirrizin kislotasining
dorivor preparatlari va ularni komplekslarini sinflash‖ bo‘lib, ushbu kislota
mamlakatimizda yetishtiriladigan va tabiiy xolda o‘sadigan dorivor o‘simlik
qizilmiyadan ekstraksiya usuli bilan olinadi [Òîëðòèêîâ À.Ã.,Òîëðòèêîâà Î.Â.
Õëåáìèêîâà 5]. Tibbiyotda esa ushbu kislotaning komplekslari yalig‘lanishga qarshi,
immunitetni oshiruvchi, balga‘m ko‘chiruvchi va yana bir qator kasalliklarni
davolovchi dori vositalari sifatida qo‘lanilib kelinmoqda [Àáñáàêèðîâ Í.Ê., ßòðûì
Â.Ê. 6]. Glitsirrizin kislotasini sintez qilishda hozirgi kunga kelib, ustozlarimiz
tomondan turli usullari ishlab chiqilgan. Disertatsiya mavzuimizda ―Tovarlar
kimyosi‖ fanining yordami bilan sintez qilingan komplekslarini tarkibi asosida
118
sinflarga ajratib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |