Bir yurtda uning ahliga zarar keltiradigan darajada bashar va hayvonning ozuqasini ehtikor qilish xaromdir. 13
Extikor – turli xil yo’llar bilan, savdo moliga egalik qilib, uni narxini o’zining extiyori bilan oshirishdir. Quyida uning xarom ekanligiga doir hadislar14 berib o’tamiz.
Mu’ammar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiiy (s.a.v): “Kim ehtikor qilsa, o’sha xatokordir”, dedilar”. Muslim Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Bundan ko’rinib turibdiki, ehtikorni hayot yo’lini xato tarzda tanlaganlargina qiladilar.
Ma’mar ibn Abdulloh roziyollohu anhudan Rosululoh solallohu alayhi vasallamning shunday deganlari rivoyat qilinadi: “Faqat xatokor (osiy) kimsagina ixtikor qilur” (Imom Muslim va Ibn Moja rivoyat qilishgan). Hadisi sharifdan biz ehtikorni hato qilishdan tap tortmaydigan insonlargina qila oladi degan ma’noni anglashimiz mumkin.
Abdulloh ibn Umar roziyalohu anxumodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollalohu alayhi va sallam dedilar: “Kim taomni qirq kecha ihtikor qilsa, bas, u imsa Allohdan voz kechgan, Alloh undan voz kechgan bo’ladi”. Shu xadisga suyangan holda ko’pchlik ehtikor faqat ozuq ovqatda bo’ladi deb hisoblashadi. Lekin jumhur ulamolarimiz: “Ehtikor xaqidagi xadislar ko’p, ulardan bittasida taom zikr qilingan, bu esa, ehtikor faqat taomda bo’ladi, deyishga asos bo’lmaydi”, deydilar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg’ambar (s.a.v): “Jalb qiluvchi rizqlantirilgandir. Extikorchi la’natlangandir”, - dedilar”. Ibn Moja rivoyat qilgan. Jalb qiluvchi – boshqa yurtdan tovar olib keluvchi savdogar bo’lib, bu yaxshi kasbligi ta’kidlab o’tilgan. Lekin o’z yurtidagi bozordan omma ehtiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulotni ushlab turib, uning narxini sun’iy ravishda oshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg’ambar (s.a.v): “Kim musulmonlarning narxlariga kirishib ularga qimmatchilik keltirish uchun xarakat qilsa, Alloh uni qiyomat kuni katta o’tga o’tqazmog’i xaq bo’ladi”, - dedilar”. Axmad rivoyat qilgan. O’z yerining mahsuloti va boshqa yurtdan olib kelingan narsa ehtikor bo’lmaydi.15 Ushbu jumladan shuni bilishimiz mumkinki, quyidagi uchta vaziyatda ehtikor sodir bo’lmaydi.
Sotuvchining o’zi mahsulotni yetishtirgan, ishlab chiqargan bo’lsa.
Avval o’zining ehtiyoji uchun olib qo’ygan bo’lib, so’ngra sotayotgan bo’lsa. (albatta bu yerda niyatga bog’liq)
Chet eldan olib kelgan bo’lsa
Albatta ehtikor bo’lishi uchun qilingan ish jamiyatga ataydan zarar yetqazish uchun qilinadi. Ya’ni insanlarning boshqa tanlovi yo’q deya o’zi istagan narxlarni qo’yadi. Lekin yuqoridagi holatlar bundan mustasno. Chunki inson ishlab chiqarishi bilan chiqarmasligida jamiyatni ataydan zarar keltirish degan umidi bo’lmaydi. Chetdan kirib kelgan mahsulotda esa o’sha yerlik aholining haqqi bo’lmaydi. O’ziga chin ma’noda zahiraga olib qo’ygan inson ham istemolchi sifatida shu ishni qilgan bo’ladi. Va keyin ma’lum bir sabablarga ko’ra uni sotishga to’g’ri kelib qoladi. Va albatta bunda niyatga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |