2.Narxsiz ravishda. Bunda narx asosiy darajadan tushib, o’ziga boshqa unsurlarga, masalan, reklamaga o’z o’rnini bo’shatadi. Yana tovarning narxi emas, balki uning sifati va ishlab chiqaruvchi kompaniya servis xizmati bu paytda birinchi planga chiqadi. Va bir misol orqali yanada tushunarli qilamiz. Artel kompaniyasi o’ziga xos reklamalari bilan ajralib turadi, faqat bugina emas balki mahsulotini olganidan keyin 3 yillik tekin serviz hizmati bilan xaridorlar oldida ajoyib tanlov sifatida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o’rgangan va iste’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondirgan korxonalar raqobatga qarshi kuchli qurollangan bo’lishadi.
Yuqorida ko’rib chiqqan raqobat tushunchalaridan bilgan narsamiz shuki, sof raqobat davlat iqtisodi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin buning teskarisi bo’lgan monopoliya jamiyatning rivojlanishiga bo’lgan to’siq vazifasida ish ko’rsatadi. Monopoliya so’zining asosiga nazar tashlaydigan bo’lsak, “monopoliya” bozorga oid tushunchalardan biri bo’lib, “mono” – yagona, “poleo” – sotaman, degan ma’nolarni beruvchi so’zlardan tashkil topgan topgan.
Monopoliya - monopol yuqori narxlarni o’rnatish, hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit mikroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar) ning birlashmalari.8
Bozorni o’z qamroviga olish orqali monopoliya yizaga kelar ekan, uning shu qamrov darajasiga qarab nir nechta turlari bor. Bular: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.9
Sof monopoliya. Bu tarmoqda ma’lum bir korxona yoki firma ishlab chiqarish yoki narx ustida bemalol hukmronlik qila olishidir. Bunga misol tariqasida “O’zbekiston havo yo’llari” DAK, “O’zbekiston temir yo’llari” ni keltirishimiz mumkin. Chunki ularga mamlakatimiz bo’ylab birorta ham raqobatchi yo’q. Sof monopolist bo’lishning asosiy sharti - narx va bozorning taklif hajmini o’zi belgilash deganidir.
Oligopolya. Tarmoqda oz sonly yirik ishlab chiqaruvchilar bo’lib, bozorning narx va ishlab chiqarish hajmini hukmronlik tarzida boshqarib turishiga aytiladi. Bunga misol tariqasida sement, shifer, tunuka kabi narsalar ishlab chiqaruvchi zavodalrni berishimiz mumkin. Bular narxni o’zaro maslahatlashib, bemalol o’zgartirishi mumkin.
Monopsoniya. Tarmoqda ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar ko’p, ularning xaridori yoki istemolchisi yagona bo’lgan vaziyatda yuzaga keladi. Bunga misol tariqasida “GM Uzbekistan” korxonasini keltirishimiz mumkin. Ya’ni, mashina ishlab chiqaruvchi kompaniya yagona, unga esa kerakli narsalarni: ehtiyoj va butlovchi narsalarni olib keluvchilar esa ko’plichikni tashkil etadi. Bu yerda korxona ehtiyojiy narsalarini harid qilishda monosponiya yuzaga kelsa, korxona mashina ishlab chiqarib bo’lganidan keyin, xalqqa sotayotgan payt sof monopoliya vujudga keladi.
Yuqorida berilgan ta’riflar monopoliyaning kelib chiqishi va turlari bo’lsa, endi uning jamiyatda tutgan o’rni va jamiyat uchun ahamiyatini ko’rib chiqamiz. Monopoliyaning o’ziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari bor.
Yaxshi jihati. 1. U amal qilayotgan tarmoqning harajatlarini kamaytirish bilan, uni foydali isha koeffitsentini ko’taradi.
2.Bu yerda yaratuvchi odamlar o’z foydalarini olishi raqobatli bozordan ko’ra aniq bo’ladi. Ma’lum bir narsa raqobatli bozorda yaratilsa, uni boshqa kompaniyalar ham ishlab chiqarishni boshlaydi va uni yaratgan odamning mualliflik huquqi yo’qqa chiqish holatlari vujudga keladi. Va yana monopol kompaniyalar nisbatan so’nggi texnikalar bilan jihizlangan bo’ladi va bu ish samaradorligini oshiradi. Va ma’lim bir sohaga ortiqcha ko’p harajat qilinishini oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |