1.Narx vositasida. Bunday usul kurashishning asosiy usuli hisoblanib, bu kompaniya bozorda o’z o’rniga ega bo’lishi uchun raqiblaridan ko’ra narxini pasaytirishi, ba’zi hollarda tannarxdan ham past mahsulotini narxlashi mumkin. Oxirgi berilgan ta’rifga asosan bozorga endi kirib kelayotgan, o’z o’rnini qidirib yurgan firmalar qo’l uradi. Va narxga bog’liq ravishda raqobatlashish turlaridan mashxuri- demping narxlarini qo’llashdir. Bunda kompaniya o’z mamlakatidan ko’ra eksport narxlarini pasaytirib yuboradi. Bu o’z navbatida yangi bozorga kirib boorish, u yerda faoliyatini yuritish va ichki bozordagi ortiqcha tovarlarni yo’qotish kabi ishlarni bajaradi. Lekin bu ma’lum bir ma’noda to’g’ri usul deb bo’lmaydi. Chunki bir kompaniya narxni tushirib yuborsa, unga mos ravishda boshqa kompaniyalar ham shu ishni qaytarishadi. Bu esa shu tarmoqning qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |