Тemirbeton va uning mohiyati. Beton anizotrop, turli xil yo’nalish bo’yicha xossalari har xil bo’lgan materialdir. Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi. Beton cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatganligi sababli armaturasiz to’sin ko’p yuk ko’tara olmaydi.
Agar to’sinning cho’zilish zonasiga armatura joylansa, to’sinning yuk ko’tarish qobiliyati ancha (taxminan 20 marotaba) ortadi. Siqilishga ishlaydigan temirbeton elementlari ham po’lat sterjenlar bilan armaturalanadi. Po’lat siqilishga ham, cho’zilishga ham yaxshi qarshilik ko’rsatganligi tufayli siqiluvchi elementning yuk ko’tarish qobiliyatini ancha oshiradi. Po’lat armatura joylashgan beton temirbeton deb ataladi. Тemirbetondan ishlangan qurilish konstruksiyasi temirbeton konstruksiyasi deb yuritiladi.
Quyidagi sabablar beton bilan po’lat armaturaning birgalikda ishlashiga sharoit yaratadi:
1. Beton qotish jarayonida po’lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlanadi);
1.6-rasm. Yassi payvandlangan karkaslar
2. Zich beton po’lat armaturani zanglashdan va yong’indan asraydi;
3. Po’lat bilan betonning harorat ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqin (beton uchun b= (1…1,5)10–5 ; armatura uchun esa s= 1,2.10–5).
Ana shu uchta muhim xossa tufayli temirbeton konstruksiyalarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lindi. Ammo temirbetonning afzalliklari ham, nuqsonlari ham mavjud.
Тemirbetonning quyidagi afzalliklari uning qurilishda keng tarqalishiga imkon yaratdi: o’ta mustahkamligi, ko’pga chidamliligi, olovbardoshligi, zilzilabardoshligi, mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati, konstruksiyaga istalgan shakl berish imkoniyati.
Quyidagilar temirbetonning nuqsonlariga kiradi: vaznining og’irligi; issiqlik va tovushni oson o’tkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqazilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va hokazo.
Konstruktiv va montaj armaturalar konstruktiv va texnologik mulohazalarga ko’ra o’rnatiladi (1.7-rasm): konstruktiv – hisoblashda e’tiborga olinmaydigan kuchlanishlarni qabul qiladi, montaj armatura esa ishchi armaturalarni loyihaviy holatini ta’minlaydi va ularni karkaslarga birlashtiradi. Hamma armaturalar payvandlangan armaturali buyumlarga birlashtiriladi – payvandlangan yoki to’qilgan sim to’r va karkaslarga.
1.7-rasm. Тemirbeton elementlarining armaturasi: 1 – bo’ylama armatura;
2 – xomutlar; 3 – bukma sterjenlar; 4 – montaj armatura;
5 – montaj ilgak; 6 – quyma detal; 7 – to’sin; 8 – ustun
Тemirbeton konstruksiyalar tayyorlanish usullariga qarab yig’ma, yaxlit va yig’ma-yaxlit bo’ladi. Yig’ma konstruksiyalar zavodda tayyorlanib, qurilish maydonida yig’iladi, yaxlit konstruksiyalar bevosita qurilish maydonining o’zida ko’tariladi, yig’ma-yaxlit konstruksiyalar esa ikkalasining qo’shilishidan hosil bo’ladi, ya’ni bir qismi zavodda tayyorlanib, qolgan qismi monolit beton bilan qurilish maydonida yaxlitlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |