3. Savol va topshiriq, uy vazifalarini berishda o‘quvchilar yoshiga ko‘ra yondashuv.
Savol va topshiriqlar o‘quvchi shaxsini ham aqliy, ham ruhiy va ma’naviy jihatdan yuksalishiga turtki beradigan asoslardan sanaladi. Ular asosan mualliflarni ijodkor sifatida tanishga, matn ustida ishlash, obrazlar tabiatini o‘rganish hamda nazariy ma’lumotlarni mustahkamlashga qaratiladi. 5-,6- sinflarda matn ustida ishlashga undovchi savollar, topshiriqlar bolalarga og‘ir kelmasligi, ularni bezitib qo‘ymasligi, ayni paytda o‘ta sodda, javobi darslikda tayyor bo‘lmasligi darkor. Bu sinflarda izlab topish xarakteridagi savollar, topshiriqlarning ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiq. Masalan, "Uch oqa-ini botirlar" ertagi o‘rganilgach, quyidagicha topshiriqlar berish mumkin: "Qaysi o‘rinda otaning donishmandligi ko‘rinadi?", "Og‘a-inilarning sezgir va hushyorligi nomoyon bo‘lgan lavhalarni toping va sharhlang", "Ertakdagi vazirlarning qanday odamligi qaysi o‘rinlarda aks etgan" va hokazo.
7-sinfda savol va topshiriqlar mohiyati chuqurlashadi. Masalan, "Muhammad Ali ijodiga tegishli asarlar ro‘yxatini tuzing. Asarlarini nima birlashtirib turganligiga diqqat qiling", "Amir Temur buyukligi qay tarzda ifoda etilganligini tushuntiring", "Shonli tarixdan faxr va yorug‘ kelajakka ishonch tuyg‘ulari aks ettirilgan o‘rinlarni toping, ifodasidagi o‘zgachalikni izohlang".
9-sinfda esa quyi sinflarda shakllangan tahlillash tajribalari, matn ustida ishlash malakalari, olam va odam to‘g‘risida teranlashgan qarashlariga suyangan holda asarlarga estetik-falsafiy yo‘sinda yondashiladi. "So‘zning to‘rt sadaf (to‘rt unsur) qutisi, yetti falak burji ekanligini qanday izohlaysiz?", "Navoiyning so‘zga bu qadar ilohiy martaba berishi sababi nimada deb o‘ylaysiz?", "So‘zning buyuk ne'mat ekanligi to‘g‘risidagi fikr ifodada qanday mahorat bilan berilganligini kuzating" va hokazo.
Keyingi bosqich bo‘lmish o‘rta maxsus ta’limda bu yondashuv biroz kengayadi va chuqurlashadi.
Uyga vazifa berishda ham o‘qituvchi tarbiyalanuvchilar yoshini hisobga olishi kerak. Bola toqati va imkoniyati, boshqa fanlardan ham vazifalar berilganligi, keyingi dars qachon bo‘lishi kabi omillarni hisobga olishi lozim.
Adabiyotlar:
1. Dolimov S, Ubaydullaev H., Ahmedov Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: "O‘qituvchi", 1967.
2. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T. 1996.
3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: Yangi asr avlodi", 2006.
4. Qodirov V. Mumtoz adabiyot: o‘qitish muammolari va yechimlar. T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashr., 2009.
5. Qodirov V. Adabiyot darslarida tasavvuf ta’limoti haqida ilk tushuncha berish. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. - Andijon.; AVPXMOI nashriyoti, 1997. -16 6.
6. Yo‘ldoshev Q., Qodirov V. Adabiy sabog‘lar - 7. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -T.: "Sharq", 2005. - 192 b.
7. Yo‘ldoshev Q., Qodirov V. Adabiy sabog‘lar - 9. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -T,: "Yangiyo‘l poligrarh service", 2006. - 160 b.
8. Husanboeva Q, Adabiyot - ma’naviyat va mustaqil fikr shakllartirish omili. T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashr., 2009.
9. Olimov S. va boshqal. Adabiyot - 8. Metodik qo‘llanma. - T.: G‘. G‘ulom nomidagi nash.-matbaa uyi, 2006.
10. Zunnunov A. Maktabda Gulxaniy va Muqimiy ijodini o‘rganish. -T.: "O‘qituvchi", 1965.
11. Jo‘raev K. Maktabda Oybek hayoti va ijodini o‘rganish. -T.: O‘qituvchi, 1974, 1982.
12. Zunnunov A. Maktabda G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini o‘rgatish. -T.: O‘qituvchi, 1977.
13. Ismatov S. Maktabda Abdulla Qahhor hayoti va ijodini o‘rgatish. -T.:O‘qituvchi, 1978.
Do'stlaringiz bilan baham: |