Ўзбекистон респупликаси


Badiiy asarning o‘quv tahlili tamoyillari



Download 378,5 Kb.
bet34/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

4. Badiiy asarning o‘quv tahlili tamoyillari.
O‘quv tahlili muayyan sharoitlarga ko‘ra amal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator tamoyillarga asoslanadi.
Shu tamoyillardan biri yaxlitlikdir. Badiiy asarni o‘quvchilar tomonidan yaxlitligicha, butunligicha ham aqliy, ham hissiy idrok etish va qabul qilinishiga erishish lozim. Bunda sharoitga ko‘ra bir asarni birin-ketin ikki soatda o‘rganishni yo‘lga qo‘yish yaxshi natija beradi.
Didaktik tahlilda amal qilinishi zarur bo‘lgan tamoyillardan yana biri tizimlilikdir. Mazkur tizimlilik tamoyili yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo‘lib, badiiy asarni tashkil etgan qismlarning muayyan tizimiy ko‘rinishga ega ekanligini ko‘zda tutadi va tahlilda shu holatni hisobga olish kerakligini talab qiladi.
Maktabda o‘rganiladigan badiiy asarni tahlil etishda hamisha suyaniladigan tamoyillardan biri tarixiylik tamoyilidir. Tahlilga tortilgan har qanday asarning yaratilgan davrini va imkoni bo‘lsa, bu asarni yaratilishiga sabab bo‘lgan asl sabablarni tushuntirish tahlilning to‘laqonli bo‘lishiga yordam beradi. Ayni paytda asar yaratilgan davr, undagi estetik yo‘nalishlar, shuningdek, yoritilgan tarixiy davr talqini ham mazkur tamoyil asosida yorqinroq oydinlashadi.
Adabiy asarni didaktik tahlil qilishdagi asosiy tamoyillardan biri estetik asoslarning ustivorligi tamoyilidir. Badiiy asar tahlilidan asosan go‘zallik, nafosat va ezgulik qirralarini topa bilish yetakchi mavqe tutishi lozim.
Adabiy asarlarni ta’limiy tahlil qilishda individuallik tamoyili ham katta o‘rin tutadi. Badiiy asar - ijod mahsuli. Har qanday ijod hamisha ham alohida shaxsning alohida faoliyati natijasidir. Binobarin, alohida shaxsning alohida o‘ziga xos, individual faoliyati mahsuli bo‘lmish badiiy asarni sinfdagi barcha o‘quvchiga birvarakayiga, yoppasiga berish, yetkazish mumkin emas. Ijodkor yurakdan chiqqan hosilani yosh yurakka yetkazish orqali o‘quvchi shaxsini shakllantirish adabiy ta’lim oldidagi maqsad hisoblanar ekan, yurakning umumiy bo‘la olmasligini, sinfdagi har bir o‘quvchining o‘ziga xos ruhiyati, kechinmalar tizimi, ta’sirchanlik xususiyatlari, estetik tajribasi borligini hisobga olish yo‘li bilangina maqsadga erishish mumkin ekanligi ayon bo‘ladi.
Didaktik tahlilni samara bilan amalga oshirishda hissiylik tamoyili ham katta o‘rin tutadi. Badiiy adabiyotning o‘zi hissiyotga asoslangan hodisa ekan, uni o‘rganish jarayoni ham hissiyotga yo‘g‘rilgan bo‘lishi tabiiy va zaruriy bir holatdir.
Didaktik tahlil o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilganligi uchun ham unda pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyilining muhim o‘rin tutishi anglashilarlidir. Shu jihati bilan u filologik tahlildan keskin ajralib turadi. Ya’ni didaktik tahlildagi har bir faoliyat o‘quvchilarda ma’naviy fazilatlarni shakllantirishni ko‘zda tutishga qaratiladi.
Adabiyotlar:
1. Dolimov S, Ubaydullaev H., Ahmedov Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: "O‘qituvchi", 1967.
2. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T.: 1996.
3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: 2007.
4. Kan Kalik I.V, Xazan A.V. Pedagogiko-psixologicheskie osnovi prepodovaniya literaturi v shkole. Moskva.: 1983.
5. Qodirov V. Mumtoz adabiyot: o‘qitish muammolari va yechimlar. T.: 2009.



Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish