Ўзбекистон респупликаси



Download 378,5 Kb.
bet9/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

*Subutoy Dolimov adabiyot o‘qitish metodikasi fanida alohida iz qoldirgan zabardast olimdir. Yuqorida zikr qilingan uning rahbarligida yozilgan qo‘llanma, shuningdek, "8-sinf o‘zbek adabiyoti tarixi darsligi uchun metodik qo‘llanma”si (T.; "O‘qituvchi", 1980) kitoblarining bir talay yutuqlari, fazilatlari to‘g‘risida gapirish mumkin. Lekin eng asosiy jihati shundaki, ular o‘z davrida adabiyot o‘qitish bo‘yicha nisbatan mukammal va ko‘p fikrlari hozirda ham amaliy qimmatga ega bo‘lgan qo‘llanmalar bo‘lganligini, muallif S. Dolimov esa o‘z safdoshlariga nisbatan ancha ilgarilab ketgan, soha nazariyasini puxta o‘zlashtirgan, amaliyotni yaxshi bilgan yetuk metodist olim ekanligini e’tirof etish lozim.
*Qudrat Ahmedov mehnatkash olim, tashabbuskor rahbar va yaxshi tashkilotchi sifatida adabiyot metodikasi ravnaqi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Olimning "Hamza Hakimzodaning "Boy ila xizmatchi" dramasini o‘rganish" degan yirik tadqiqoti bu sohadagi xizmatlarining yaqqol dalilidir.
*"O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi" fani rivoji professor Asqar Zunnunovning nomi bilan bevosita bog‘liq. Asqar Zunnunov O‘zbekistonda ayni shu soha bo‘yicha yetishib chiqqan birinchi fan doktoridir. Uning badiiy asarni tahlil qilish, adabiyot darslarini tashkil etish, asarlarni janr xususiyatlariga ko‘ra tahlil etish usullari, adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganishning ilmiy-metodik xususiyatlariga oid ko‘plab asarlari mavjud. Shuningdek, ayrim ijodkorlarni o‘rganish bo‘yicha ham qo‘llanmalari bor.
4. Mustaqillik va adabiyot o‘qitshi metodikasi fanining rivojlanish xususiyatlari.
Mustaqillik yillari adabiyot o‘qitish metodikasi bo‘yicha bir qator jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Q.Yo‘ldoshev, S.Matchonov, B.To‘xliev, M.Mirkosimova, Q.Husanboeva kabi metodist olimlar soha rivojiga katta hissa qo‘shdilar.
*Qozoqboy Yo‘ldoshev. Adabiyot o‘qitish sohasidagi sifat va mazmun jihatdan jiddiy o‘zgarishlar taniqli metodist va adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshevning ilmiy izlanishlari hamda amaliy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Olimning "Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari" mavzusidagi doktorlik ishi hamda "Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari" nomli monografiyasi1 adabiy ta’lim metodikasida tub burilishlarga asos soldi. Monografiya respublikamizning filolog mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarida, o‘z ishiga vijdonan yondashadigan o‘qituvchilar uchun amaliyotda asosiy qo‘llanma sifatida foydanilmoqda. U "yangilanayotgan pedagogika ilmida hamda adabiy ta’lim metodikasi fanida ro‘y bergan, berayotgan va bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy jihatdan umumlashtirish va pedagogik tajribaga tayangan holda amaliy jihatdan tadbiq qilishni asoslash samarasi o‘laroq vujudga keldi"2. Risolaning umumiy yaxlitlangan holdagi fazilatlari, bizningcha, quyidagilardan iborat:
Ishda maktabda adabiyot o‘qitishning maqsad, vazifalari, mazmuni singari masalalarga alohida e’tibor qaratilgan va bu tushunchalarga ilk bor uzil-kesil aniqlik kiritilgan.
Adabiyot o‘qitish ishini sinfiylik, ijtimoiylik, g‘oyaviylik nuqtai nazaridan tadqiq etilishini tanqid ostiga olinib, endilikda amal qilinishi kerak bo‘lgan sof badiiy-estetik va ma’naviy-pedagogik yondashuv tamoyillari belgilab berilgan.
Metodikada birinchi marta o‘quv tahlili to‘liq umumnazariy tarzda o‘rganilgan va tahlil turlari, ularga qo‘yiladigan talablar, didaktik tahlilning tamoyillari, tahlilni amalga oshirish usullari haqida batafsil fikr yuritilgan.
O‘quvchilar badiiy adabiyotni nima uchun o‘qishlari kerakligi, ularga qanday asarlar tavsiya etilishi lozimligi, bu asarlarni o‘zlashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda qanday sifatlar shakllantirish ko‘zda tutilishi aniq-ravshan belgilab berilgan.
Badiiy adabiyotni o‘rganish mashg‘ulotiga jamiyat tomonidan belgilab berilgan bosh umumiy maqsaddan tashqari har bir o‘qituvchi va o‘quvchining xususiy maqsadi ham bo‘lishi mumkinligi singari butunlay yangicha fikrlar ilgari surilgan.
Mazkur qo‘llanmada, shuningdek, adabiy ta’lim ishtirokchilarining siyosatdan, mafkuradan holi turishi hamda dunyoqarashlar xilma-xilligi sharoitida ish ko‘rishiga moslashish tamoyillari tadqiq qilingan.
Adabiyot o‘qitishda sog‘lom falsafiy asoslarga tayanish, ayni vaqtda, dunyoqarashni shakllantirishda o‘quvchi shaxsi va uning tafakkur tarziga tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi ta'kidlanib, didaktik plyuralizm komil shaxsni shaklantirishning eng maqbul yo‘li ekanligi hisobga olingan holda xulosalar chiqarilgan va tavsiyalar berilgan.
O‘zbek adabiyotini o‘qitishga doir yangicha xulosalarga kelishda o‘tmish tajribasi bilan birga zamonaviy o‘zbek metodika ilmining namoyondalari qarashlari ham atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, qardosh va jahon metodist olimlarining ilg‘or fikrlarini sinchiklab o‘rganilgan va o‘zbek adabiy ta’limi nazariyasi hamda amaliyotiga muvofiq keladigan xulosalar saralangan.
Nazariy va amaliy jihatdan beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan bu risola yaratilgandan buyon adabiy ta’limning davlat ta’lim standartlarini belgilashda, uning konsepsiyasini yaratishda, o‘quv rejalarini tuzishda, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va darsliklar yozishda tayaniladigan sog‘lom ilmiy asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Bayon etilgan ilmiy-nazariy qarashlarni, amaliy natijalarni bevosita, to‘g‘ridan to‘g‘ri mumtoz adabiyot namunalarini o‘qitish jarayoniga tadbiq etish mumkin.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish