Ўзбекистон респупликаси


Nimani o‘qitilishi lozimligi to‘g‘risidagi ta’lim mazmuni



Download 378,5 Kb.
bet11/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

Nimani o‘qitilishi lozimligi to‘g‘risidagi ta’lim mazmuni o‘quvchilarga beriladigan bilim va singdiriladigan amaliy ko‘nikmalar direktiv hujjatlar, darslik hamda qo‘llanmalarda aks ettiriladi. Ta’lim mazmuni konsepsiya, o‘quv dasturi, standart, darslik va qo‘llanmalarda eks etadi.
2. Konsepsiya va DTS.
Konsepsiyada adabiyot o‘qitishning umumiy yo‘nalishi aniqlab olinadi. Belgilangan konsepsiyaga ko‘ra ta’limning tamoyillari tanlanadi, o‘rganiladigan adabiy siymolar, badiiy asarlar belgilanadi. Masalan, sho‘rolar davrida adabiyot o‘qitishda o‘quvchilarda kommunistik ong va tushunchani shakllantirish, ularni partiyaviylik va sinfiylik ruhida tarbiyalash asosiy yo‘nalishni tashkil etardi. Shunga ko‘ra asarlar tanlanar edi. Endilikda esa adabiy ta’lim konsepsiyasida tarbiyalanuvchilarda yuksak ma’naviyatni, estetik did, badiiy zavqni shakllantirish asosiy mezon sanaladi.
Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat ta’lim standarti o‘quvchi-talabalar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajasini belgilab beradi. Standart asosida o‘quv rejalari, fan dasturlari tuziladi.
3. O‘quv rejalari. Dasturning tarkibi va mazmuni.
O‘quv rejasi muhim davlat hujjati va metodik tadqiqotlarning raqamlarda aks etgan ko‘rinishidir. O‘quv rejasida muayyan ta’lim bosqichidagi u yoki bu sinf (bosqich)da qaysi fanlar o‘qitiladi, har bir fanga yil davomida qancha-yu, haftada necha soat ajratiladi - shu kabi tafsilotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Dastur o‘qituvchining ish faoliyatidagi eng asosiy manbadir. Unda amaliy harakatga ko‘rsatma ham, eng muhim ma’lumotnoma ham mujassamlashgan. Dastur eng muhim davlat hujjati bo‘lib, uni bajarish majburiydir. U har bir sinfda qaysi asarlar qancha vaqt mobaynida qanday talqin bilan o‘qitilishini belgilab beradi. Shuning uchun o‘qituvchi u yoki bu asarni qanday o‘tishni bilmasa yoki ikkilansa, albatta, dasturga murojaat qilishi lozim. Joriy adabiyot dasturlarida ruknlarga hamda xronologiyaga asoslangan o‘qitish tamoyili kuzatiladi. 5-7 sinflarda tanlangan asarlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ruknlarga biriktirilib o‘qitilmoqda. Bir rukndagi asarlar tarbiyalanuvchilarda u yoki bu ma’naviy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Masalan, 5-sinfda "Hikmat durdonalari", "Ertaklarning sehrli olami", "Mumtoz adabiyotga sayohat", "Bolalikning beg‘ubor olami", "Vatanni sevmoq iymondandir" ruknlari mavjud. Dasturga juz'iy o‘zgartirish ya’ni bir-ikki asar o‘rniga boshqasini o‘tish ruxsati beriladi. Lekin almashtirilgan asar ko‘zlangan badiiy-estetik hamda didaktik talablarga javob berilishi lozim.
O‘qituvchi dasturni o‘rganishda uch asosiy masalaga diqqat qilishi lozim:
1) dasturning materiali;
2) materialni o‘rganish tartibi;
3) adabiyot mashg‘uloti tizimi.
Dasturni tuzuvchilar adabiy material tanlashda uch asosiy masalaga:
1) dastur materiallari maktabning ta’lim-tarbiyaviy talablariga muvofiq bo‘lishiga, 2) materiallarning o‘quvchilar yoshi, qiziqishlariga mos tushunarli va oson bo‘lishiga, 3) badiiy va g‘oyaviy tomondan eng yaxshi sara asarlar dasturga kiritilishiga diqqat qilganlar.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish